Texnologik xaritasi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə34/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,78 Mb.
#210822
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
portal.guldu.uz-Ona tili(1)

5-ilova

 3- topshiriq. Badiiy asardan murakkab qo‘shma gaplarning turlariga misollar topib yozing, sxemasini chizing va tahlil qiling.


6-ilova

 4 – topshiriq. Murakkab qo‘shma gap bo‘yicha test savollari.





  1. Aralash murakkab qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang.

A)Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir: quyosh lovullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan o‘ralgani uchun qilt etgan shabada yurmaydi.
B)Feruza uning javdirashlariga ko‘pda e`tibor bermaydi, biroq kampir shu qadar sezgirki,suhbatdoshi ne ko‘ydaligini darrov bilib oladi.
C)Mayli, bizga saboq bo‘lmasin, lekin dunyo biz bilan tugamaydi,ortimizda farzandlarimiz bor.
D)barcha javoblar to‘g`ri



  1. Ergashish va bog`lanish yo‘li bilan tuzilgan aralash murakkab qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?

A)Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir:quyosh lovullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan o‘ralgani uchun qilt etgan shabada yurmaydi.
B)Feruza uning javdirashlariga ko‘pda e`tibor bermaydi,biroq kampir shu qadar sezgirki,suhbatdoshi ne ko‘ydaligini darrov bilib oladi.
C)Mayli,bizga saboq bo‘lmasin,lekin dunyo biz bilan tugamaydi,ortimizda farzandlarimiz bor.
D)barcha javoblar to‘g`ri

  1. Teng bog`lanish va bog`lovchisiz yo‘l bilan tuzilgan aralash murakkab qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang.

A)Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir:quyosh lovullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan o‘ralgani uchun qilt etgan shabada yurmaydi.
B)Firuza uning javdirashlariga ko‘pda e`tibor bermaydi,biroq kampir shu qadar sezgirki,suhbatdoshi ne ko‘ydaligini darrov bilib oladi.
C)Shuni unutmangki,siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan.
D)barcha javoblar to‘g`ri



  1. Bir necha ergash gapli qo‘shma gapni toping.

A. Maktab yoshlik gulshani, bolalar esa uning bebaho nihollari, o‘qituvchilar bu boning oqil mirishkor bobonlaridir.
B. Miltiq o‘qi insonning turli joyiga tegishi mumkin, lekin tildan otilgan o‘qning nishoni bitta: u faqat inson qalbiga tegadi.
C. Mansabi va shuhratini ko‘zlab, o‘z xalqining manfaatini o‘zgalarga sotadigan xoindan shu elning iti afzal, chunki u o‘z elatiga vafo qiladi va uni yovuzlardan asraydi.
D. Kim o‘ylasa ona yerini, vatanim deb kim mehnat qilsa, shu baxtiyor xalq taqdirini o‘zi uchun taqdir deb bilsa, unda inson fazilati bor.



  1. Bir necha ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.

A. Hali oftob chiqmagan, ammo osmon bo‘zarib qolgan, yulduzlar mudroq ko‘zlarni yumgan edi.
B. Teraklarning yaproqlari asta shivirlar, ariqlarda suvlar shildirar, soya-salqin boda qushlar chug‘urlashar edi.
C. Men oldinda o‘tirsam, boshqalar doskani ko‘rishmaydi, Shodivoy orqaga o‘tsa, u hech nimani ko‘rolmay qoladi.
D. Quyosh tabiatga jon kiritganidek, yer insonga rizqu ro‘z berganidek, ona ham o‘z farzandiga qalb qo‘rini, mehrini baxshida qiladi.



  1. Aralash qo‘shma gapni aniqlang.

A. Yurak talpinib, quvonchlar cho‘lab, har daqiqani sanayman.
B. Yurak baquvvat bo‘lsa, ish unumli bo‘ladi va kishi charchamaydi.
C. Eshkaklarda suv sachraganda, bola xursand bo‘lib qaqirlaganda, ona behad shodlanardi.
D. Yo‘lchining farishtaday singlisi bor, bir mahsido‘z cholning qo‘lida, qiz ham kosiblikda farang, tikkan mahsullari misoli bir gul.
E. Ishdan charchab kelganingda, tashnaliging bosilsin deya, qimiz berdim kosa to‘ldirib.



  1. Bir necha ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.

A.Tashqari yoruq bo‘lsa-da, eshik yopilgani uchun, uy qoroni edi.
B. Men oldinda o‘tirsam, boshqalar doskani ko‘rishmaydi, Shodivoy orqaga o‘tsa, u hech nimani ko‘rolmay qoladi.
C. Teraklarning yaproqlari asta shivirlar, ariqlarda suvlar shildirar, soya-salqin bolarda qushlar chug‘urlashar edi.
D. Hali oftob chiqmagan, ammo osmon bo‘zarib qolgan, yulduzlar mudroq ko‘zlarni yumgan edi.



  1. Allakim shunaqangi o‘yinga tushib ketdiki, yer larzaga keldi, changi osmonga ko‘tarildi. Ushbu gapda ergash gaplarning qaysi turi mavjud?

A. Daraja-miqdor va natija ergash gaplar.
B. Natija va natija ergash gaplar.
C. O‘xshatish va natija ergash gaplar.
D. Aniqlovchi va natija ergash gaplar.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin