1-ilova 6 - amaliy mashg‘ulot Murakkab qo‘shma gaplar 1. Murakkab gaplarning tasnifiga doir.
2. Murakkab qo‘shma gap qismlarining birikish usullari.
3. Murakkab qo‘shma gaplarning turlari.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Shartlanganlik munosabatli qo‘shma gaplar haqida nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
O‘quv faoliyati natijalari:Murakkab qo‘shma gaplar to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlaydi;
2-ilova
Baholash mezonlari:
Amaliy mashg`ulotda talabalar 5 ballik sistemada baholanadi.
Savollarga to‘liq va mukammal javoblar bergan, javobini misollar asosida dalillagan, qo‘shimcha o‘qish uchun berilgan adabiyotlarga tayangan holda javob bergan talaba 5 ball bilan baholanadi.
Savollarga to‘liq javob bergan, misollar asosida dalillagan, ammo qo‘shimcha adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanmagan talaba 4 ball bilan baholanadi.
Savollarga o‘rtacha javob bergan, javoblarida izchillik bo‘lmagan, tayanch tushunchalar mohiyatini to‘liq ochib bera olmagan talaba 3 ball bilan baholanadi.
Yuqoridagi baho mezonlariga mos kelmaydigan tarzda javob bergan yoki umuman javob bera olmagan talaba qoniqarsiz baho olgan deb topiladi va ogohlantiriladi.
3-ilova 1- topshiriq. Savollarga javob bering.
Murakkab qo‘shma gaplarga xarakteristika bering.
Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar va ularning turlari.
Birgalikda ergashishli murakkab qo‘shma gaplar.
Ketma-ket ergashishli murakkab qo‘shma gaplar.
Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar.
Aralash tipdagi murakkab qo‘shma gaplar.
4-ilova
2-topshiriq. Murakkab qo‘shma gaplarning turlarini aniqlang, sxemasini chizing.
1. Rubobdan chiqayotgan ohanglar qanchalik go‘zal bo‘lmasin, Jannatxon ashula boshlagach, ular ham ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. (P.Q.) 2. Otaquzi kirganda, hali davom etayotgan kulgi, g‘ala-g‘ovur birdan tinib, xona suv quyganday jim-jit bo‘lib qoldi. (O.Yo.) 3. Tog‘ yo‘llari emasmi, mashina har silkinganda, u qalqib-qalqib ketadi. 4. Nazokat uning ovozini eshitmadi, chunki xayoli Po‘latjonda, ko‘zi uzoqlarda yongan chiroqlarda edi. (C.A.) 5. Qizimning yana bir yaxshi tomoni shundaki, qo‘li ochiq, dili pok. 6. Yurak baquvvat bo‘lsa, ish ham unumli bo‘ladi, kishi charchamaydi. 7. Agar siringni asrasang, u sening asiringdir, agar u oshkora bo‘lsa, sen siringning asiri bo‘lib qolasan. (Ibn Sino). 8. Quyosh botgan, biroq atrofdagi bog‘lar, sarvqomat teraklar, uzoqda oqarib turgan tog‘ cho‘qqilari hamon mayin nur pardasi bilan o‘ralgan, go‘yo quyosh butun borliqni nafis bo‘yoqlar bilan bo‘yagan-u, bu bo‘yoq hali qurimagan edi. (O.Yo.) 9. Qush uchganda, kuymas qanoti, Odam o‘tsa, qurimas zoti. (H.O.) 10. Shunday odamlar borki, o‘zi chiroyli-yu, lekin qalbi sovuq. 11. Aql shunday xazinaki, qancha ko‘p ishlatsangiz, shuncha to‘lishib boraveradi. 12. Donolik bilan nodonlik shu qadar yaqinki, odam donolikni qancha ko‘p da’vo qilsa, shuncha nodon bo‘ladi. (O‘.H.) 13. Qaysi yurtda qonunlar hokimlar ustidan hukmron bo‘lsa, hokimlar esa qonunga qul bo‘lsa, o‘sha erga xudoning ne’matlari yog‘ilib turadi. (O‘.H.) 14. Yuzi shu qadar tiniq, qosh-ko‘zi, lablari shu qadar mutanosib, shu qadar jozibali ediki, rahmatli Chingiz Axmarov tirilib qolsa, o‘zbek madonnasini shu ayolga qarab chizgan bo‘lardi. (O‘.H.) 15. Boshimga tashvish tushsa, bir narsadan qattiq siqilsam, onam tushimga kiradi.