1-ilova 5 - amaliy mashg‘ulot Shartlanganlik munosabatli qo‘shma gaplar 1.Shartlanganlik munosabatli qo‘shma gaplarning tasnifiga doir.
2. Shartlanganlik munosabatli qo‘shma gaplarning mazmuniy xususiyatlari haqida.
3. Shartlanganlik munosabatli qo‘shma gaplarning turlari.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Shartlanganlik munosabatli qo‘shma gaplar haqida nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
O‘quv faoliyati natijalari: Shartlanganlik munosabatli qo‘shma gaplar to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlaydi;
2-ilova
Baholash mezonlari:
Amaliy mashg`ulotda talabalar 5 ballik sistemada baholanadi.
Savollarga to‘liq va mukammal javoblar bergan, javobini misollar asosida dalillagan, qo‘shimcha o‘qish uchun berilgan adabiyotlarga tayangan holda javob bergan talaba 5 ball bilan baholanadi.
Savollarga to‘liq javob bergan, misollar asosida dalillagan, ammo qo‘shimcha adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanmagan talaba 4 ball bilan baholanadi.
Savollarga o‘rtacha javob bergan, javoblarida izchillik bo‘lmagan, tayanch tushunchalar mohiyatini to‘liq ochib bera olmagan talaba 3 ball bilan baholanadi.
Yuqoridagi baho mezonlariga mos kelmaydigan tarzda javob bergan yoki umuman javob bera olmagan talaba qoniqarsiz baho olgan deb topiladi va ogohlantiriladi.
1.Sohil bo‘yidagi tepalikka yugurib chiqdim, chunki atrofni yaxshiroq ko‘rmoqchi edim (J.C.). 2.Sening xatlaringga javob yozay deb, kechgacha o‘tirdim. 3.Agar bir kishiga aql bilan shirinso‘zlik yor bo‘lsa, bunday odam har narsa haqida to‘g‘ri fikr yuritishni ixtiyor qiladi (A.N.). 4.O‘yinga shunday berilib ketamizki, ketgim kelmay qoladi (Ch.A.). 5. Bugun norasmiy o‘tirish bo‘lsa ham, baribir, gapirmaganiga qo‘ymadik (C.A.). 6. Davraga o‘zi bosh bo‘lsa, latifalar aytib hammani kuldiradi (C.A.). 7. Barabanchilar barabanga shu darajada urdiki, o‘rmon larzaga keldi (Ch.A.). 8. U o‘z xayollariga shunchalik berilib ketgan ediki, hatto qayerda yotganini ham unutdi (Ch.A.). 9.Bolaga shunday vahimali tuyuldiki, tomog‘idan ovqat o‘tmay qoldi (Ch.A.). 10.Ertalabki g‘avoda aylanib yurgan edim, rais qo‘lida gazeta bilan mashinadan tushdi (S.A.). 11.Xonadon egalarini mushkulingiz oson bo‘lsin, deb duo qilib o‘tib ketadi (S.A.). 12.Qumrining ko‘ngli bir nimani sezdiki, ko‘cha boshiga yetmay mashinadan tushib qoldi (S.A.). 13.Ko‘cha oshi kambag‘allar ovqati deb, uni ta’qiqlab qo‘ygan edilar. (S.A.). 14. Kiyimlariga tumor-u ko‘zmunchoqlar taqib qo‘yardi, toki uni yomon ko‘zdan asrasin (S.A.). 15.Adresni unutib qo‘yganmi, ishqilib shu o‘rischagina xat ham kelmay qo‘ydi (S.A.). 16.Akam birovga tekinga bitta tugma qadab qo‘ydimi, o‘sha kuni joni chiqib ketadi (S.A.). Baxti qaro qizini deb shu ishga qo‘l urdi (Ch.A.).