Texnologik xaritasi


-ilova Mavzu: Hol ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə28/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,78 Mb.
#210822
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
portal.guldu.uz-Ona tili(1)

1-ilova
Mavzu: Hol ergash gapli qo‘shma gaplar
1.Hol ergash gapli qo‘shma gaplarning tasnifiga doir.
2. Hol ergash gapli qo‘shma gaplarda havola bo‘lak haqida.
3. Havola bo‘lakli va havola bo‘laksiz hol ergash gapli qo‘shma gaplarning turlari.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Hol ergash gapli qo‘shma gaplar haqida nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
O‘quv faoliyati natijalari: Hol ergash gapli qo‘shma gaplar to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlaydi.

2-ilova


Baholash mezonlari:
Amaliy mashg`ulotda talabalar 5 ballik sistemada baholanadi.
Savollarga to‘liq va mukammal javoblar bergan, javobini misollar asosida dalillagan, qo‘shimcha o‘qish uchun berilgan adabiyotlarga tayangan holda javob bergan talaba 5 ball bilan baholanadi.
Savollarga to‘liq javob bergan, misollar asosida dalillagan, ammo qo‘shimcha adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanmagan talaba 4 ball bilan baholanadi.
Savollarga o‘rtacha javob bergan, javoblarida izchillik bo‘lmagan, tayanch tushunchalar mohiyatini to‘liq ochib bera olmagan talaba 3 ball bilan baholanadi.
Yuqoridagi baho mezonlariga mos kelmaydigan tarzda javob bergan yoki umuman javob bera olmagan talaba qoniqarsiz baho olgan deb topiladi va ogohlantiriladi.





3-ilova




4-ilova

 3- topshiriq. Berilgan gaplarning turini aniqlang va tahlil qiling.


1. Ganga hali ham uzoqlarda yog‘ayotgan jala suvlariga to‘lib, loyqalanib oqayotgan bo‘lsa-da, yer asta-sekin quriy boshladi (J.Abd.). 2 Tabiat qancha o‘jar bo‘lmasin, ular qaysarlik bilan yana kulba tiklaydilar (C.Ahm.). 3. Saidiyning e’tibori qancha ortsa, daromadi ham shuncha orta bordi. (A.Q.) 4. Chiqsam, soch qo‘ygan, ingichka mo‘ylovli bir yigit turibdi. (C.A.) 5. Bir kun kishilar bir piyola choy ustida sen bilan bizni eslab qo‘yishsa, bas. (J.Abd.) 6. Yo‘l sal o‘ng‘aysiz bo‘lsa, darhol Komilaga ko‘maklashishga tirishar edi. 7. Sening yuraging guli qayda ochilur bo‘lsa, bulbuli shunda sayrar. (H.H.) 8. Kim tirishib ishlasa, o‘sha kishi mehnatda ilg‘or bo‘ladi. 9. Ko‘z tegmasin, xushro‘y yigit ekansiz, deb O‘lmasning boshidan hokandozni uch marta aylantirdi. 10. Asar yozishga o‘tirdimi, tamom, boshqa narsani unutadi (C.A.).11. U qancha ko‘p yursa, shuncha tez charchab qolardi (C.A.). 12. Mashina kelsa, chamadonni tashlab qo‘yadi (C.A.). 13. Qachon bolalari kelsa, o‘shanda kampirning uyi to‘ladi (C.A.). 14. Xonangiz qanday tashlab ketgan bo‘lsangiz, shunday turibdi (C.A.). 15. Boshqa soha odami suhbatga aralashib qoldimi, albatta qancha pul olishini so‘raydi (C.A.).

 4- topshiriq. Badiiiy asardan shartlanganlik munosabatli qo‘shma gaplarga misollar keltiring va tahlil qiling.


6-ilova

1.Berilgan qo‘shma gaplarning qaysilari havola bo‘lakli qo‘shma gap sanaladi?


1.Kimning himmati baland bo‘lsa,uning qadr-qimmati ham baland bo‘ladi.
2.Shuni bilki,yalqovlik muhtojlik eshigidir.
3.Kimningki qo‘lidan yaxshilik kelmasa,u yomonlik qilishdan saqlansin.
4.Kishi dardiga kim hamdard emasdir,kishi nazdida ul mard emasdir.
A)1,3 B)2,4 C)1,2,3 D)1,2,3,4



  1. Har kimki hayotga xo‘mrayib boqsa , hayot ham unga zarda bilan qaraydi.

Ushbu qo‘shma gap turi haqida bildirilgan to‘g`ri hukmni aniqlang.
1)to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
2)ega ergash gapli qo‘shma gap
3)nisbiy so‘zlar yordamida hosil bo‘lgan qo‘shma gap
4)havola bo‘lakli qo‘shma gap
A)1,3 B)2,3 C)1,3,4 D)2,3,4



  1. Berilgan qo‘shma gaplarning qaysi birida ergash gap bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan egani izohlab kelgan?

A)Umidim uldurkim, so‘zim martabasi avjdin quyi inmagay
B)Kishi dardiga kim hamdard emasdir, Kishi nazdida ul mard emasdir.
C)Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi tushadi.
D)Kimki yaxshi bo‘lsa,doimo oshini yeydi.



  1. Berilgan maqollarning qaysi biri “egasi ifodalangan gapQegasi umumlashgan gap”qolipida tuzilgan qo‘shma gapdan iborat?

A)Tuyog`iga ursang,shoxi zirqiraydi.
B)Eshik ochiq bo‘lsa ham ,so‘rab kir.
C)Hurmat qilsang,hurmat ko‘rasan.
D)Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi.



  1. Berilgan maqollarning qaysi biri “egasi ifodalangan gapQegasi umumlashgan gap”qolipida tuzilmagan?

A.Eshik ochiq bo‘lsa ham , so‘rab kir
B)Boshingga qilich kelsa ham rost gapir.
C)Dono bilan yo‘l yursang,uzoq yo‘ling yaqindir
D)A va B



  1. Qismlari egasi ifodalangan gapQegasi ifodalanmagan gap tarzida qurilgan ergashgan qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang.

A)Qayerda ilm-u ma`rifat kuchli bo‘lsa,o‘sha yer baxt maskanidir.
B)Ona yurting omon bo‘lsa,rang-u ro‘ying somon bo‘lmas.
C)Agar shu topshiriqni bajarmasa,obro‘yi bir pul bo‘ladi.
D)Shunday yaxshi odatlarimiz borki,ularga hurmat bilan qarash lozim.



  1. Qismlari yig`iq gapdan iborat ergashgan qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang.

1.Bilimli o‘zar,bilimsiz to‘zar.
2.Odam borki,odamlarning naqshidir.
3.Qor yog`di,go‘yo don yog`di
4.Yovlar yakson bo‘lsin deb,yigitlar kurashdi.
A)2,3 B)3,4 C)2,3,4 D)1,2,3,4



  1. Shart ma’nosi ifodalangan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.

A. Kimki buni tushunmabdi, u katta xatoga yo‘l qo‘yadi.
B. Tog‘asi qancha qizishsa, Oyqiz o‘zini shuncha og‘irlikka solardi.
C. Har qancha uzr aytsam ham, inobatga olmadi.
D. Bahor kelsa, kunlar isiydi.



  1. Tog‘day og‘ir bilak berdim, yovlarni mushtlasin deb. Ergash gapning turini toping.

A. ravish ergash gap
B. maqsad ergash gap
C. sabab ergash gap
D. to‘ldiruvchi ergash gap



  1. Matnda tobe gap hokim gapdan qanday tinish belgisi bilan ajratilishi mumkin?

A. faqat vergul yordamida
B. faqat ohang yordamida
C. nuqtali vergul, vergul, tire, ikki nuqta yordamida
D. vergul, nuqta yordamida

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin