1. Murakkab gaplarning tasnifiga doir.
2. Murakkab qo‘shma gap qismlarining birikish usullari.
3. Murakkab qo‘shma gaplarning turlari.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Shartlanganlik munosabatli qo‘shma gaplar haqida nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Pedagogik vazifalar:
Murakkab qo‘shma gaplar haqida nazariy bilim berish;
Murakkab qo‘shma gaplarning mazmun mohiyatini ochib berish;
Murakkab qo‘shma gaplar tabiatini yoritish;
O‘quv faoliyati natijalari (talaba):
Murakkab qo‘shma gaplar to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlaydi;
Murakkab qo‘shma gaplar mazmun mohiyatini ochib berish imkoniga ega bo‘ladi;
Murakkab qo‘shma gaplarning semantik-sintaktik xususiyatlarini talqin eta olish ko‘nikmasi shakllanadi;
Ta’lim berish usullari
Ko‘rgazmali, Aqliy hujum, FSMU, jamoada ishlash.
Ta’lim berish shakllari
Ommaviy, jamoaviy, juftlikda ishlash.
Ta’lim berish vositalari
O‘quv qo‘llanma, tarqatma materiallar, proektor, doska.
Ta’lim berish sharoiti
Hamkorlikda ishlash va taqdimotlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan auditoriya.
Monitoring va baholash
Og‘zaki nazorat: savol-javob, mashqlar tahlili
Amaliy mashg‘ulotning texnologik kartasi
Ish jarayonlari vaqti
Faoliyat mazmuni
O’qituvchi
Talaba
1-bosqich.
Kirish
(10 daqiqa)
1.1. Mashg‘ulotning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova)
Tinglaydi, mavzu nomini yozib oladi
1.2. Mashg‘ulotni o‘tkazish shakli va baholash mezonlarini e’lon qiladi (2- ilova)
Yozib oladi
2-bosqich.
Asosiy jarayon
(60 daqiqa)
2.1.Aqliy hujum savollar beriladi. (3-ilova).
2.2. Mavzuning birinchi rejasi bo‘yicha bilimlarni sinaydi (4-ilova).
2.3. Mavzuning ikkinchi rejasi bo‘yicha savol-javob qiladi (5-ilova).
2.4. Mavzuning uchinchi rejasi bo‘yicha bilimlarni tekshiradi (6-ilova).
Yozadi, savolga javob beradi.
Yozadi, savolga javob beradi.
“FSMU” texnikasidan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar beradi (7-ilova). Guruhlarda ishlashga yordam beradi Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini vatman - qog‘ozlarga tushirib, taqdimotini o‘tkazishga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to‘g‘ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi. Fikrlarini tinglab, umumlashtiradi.
Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar.
Guruhlarda ishlaydilar.
3-bosqich.
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
3.1 Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi.
Tinglaydilar
3.2. Talabalarning baholarini e’lon qilinadi
Yozib oladi
3.3. Navbatdagi mashg‘ulotda ko‘riladigan mavzuni e’lon qiladi.