Tobelanish va uning turlari: Moslashuv, boshqaruv, bitishuv
O‘quv mashg‘uloti maqsadi: Sintaktik aloqa haqida umumiy ma’lumot, sintaktik munosabatdan farqlash, uning turlari: tenglanish va tobelanish, tobe aloqa turlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuvni bir-biridan farqlash, gapdagi tobe aloqa turlarini tahlil qilish
Pedagogik natijalar:
Sintaktik aloqa va uning turlari haqida ma’lumot savollar asosida takrorlash.
Tenglanish: ochiq va yopiq tenglanishga doir mashqlar ishlash.
Tobelanish va uning turlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuv aloqalari bo‘yicha tahlil qilish.
O‘quv faoliyati natijalari: Sintaktik aloqa va uning turlari haqida ma’lumot savollar asosida takrorlaydi.
Tenglanish: ochiq va yopiq tenglanishga doir mashqlar ishlaydi.
Tobelanish va uning turlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuv aloqalari bo‘yicha tahlil qiladi.