Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
106
uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari
mazmunidagi savollar
koʻrinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob boʻladigan
muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi.
Shunday qilib, oʻquvchilar biladigan vazifa va uni mustaqil hal qilinish usuli
oʻquv muammosi boʻla olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini va
uni izlash vositalarini bilishmasa ham oʻquv muammosi boʻla olmaydi.
Oʻquv muammosining muhim belgilari quyidagilar:
yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma’lumning qoʻyilishi;
oʻquvchilarda noma’lumni topish yoʻlida izlanishni
amalga oshirish uchun
zarur boʻlgan muayyan bilim zahirasining boʻlishi.
Oʻquv muammosini yechish jarayonida oʻquvchilar aqliy faoliyatining muhim
bosqichi uning yechilish usulini oʻylab topish yoki gipoteza qoʻyish
hamda
gipotezani asoslashdir.
Oʻquv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda
har bir savol uning hal qilinishida bir bosqich boʻlib xizmat qiladi.
Muammoning tarkibiy qismlari, ma’lum va noma’lumning oʻzaro
munosabati
xarakteri bilimga boʻlgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va faol bilishga boʻlgan
izlanishga undaydi.
Ta’kidlash joizki, muammoli oʻqitishning zaruriy sharti oʻquvchilarda haqiqatni
va uning natijasini izlash jarayoniga boʻlgan ijobiy munosabatni vujudga keltirish
hisoblanadi.
Oʻquvchilarning muammoli oʻqitishdagi ijodiy
va qidiruv bilish faoliyati
muammoli vaziyat paydo qilinganda oʻquvchilar mashg’ulotda muammoni ifodalab
berishdan iborat boʻladi, ya’ni bilishdagi qiyinchiliklarning paydo boʻlishi mohiyatini
(ya’ni ushbu damda unga nima ma’lum boʻlsa) soʻz
bilan ifodalab beradi, soʻngra
muammoning yechilish usullarini qidiradi va bunda turli tahminlarni olg’a suradi,
oʻquvchilar haqiqiy deb topgan taxminlardan birini gipoteza sifatida asos qilib oladi
va uni isbotlaydi, izlanish muammo yoki vazifa bajarilgandan soʻng tugallanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Gʻofurov A.T. va boshqalar. Biologiyani oʻqitishning
umumiy
metodikasi. (Oʻquv-metodik qoʻllanma). - T.: TDPU. 2005.
2.
Tolipov Oʻ., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot.-
T.: Fan, 2005. -205 b.
3.
Tolipova J.O., Azimov I.T., Sultonova N.B. Biologiya darslari.(Oqituvchi
kitobi) Oʻqituvchilari uchun metodik qoʻllanma. (9-sinf) “Tafakkur” nashriyoti.
Toshkent-2016.