Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 105
ziddiyatlarini hal qilishda obektiv qonuniyatlari didaktik tamoyil – muammolilikka
tayanadi.
Oʻqitishning hozirgi jarayonitahlili psixolog va pedagoglarningfikrlash
muammoli vaziyat, kutilmagan xayrat va mahliyo boʻlishdan boshlanadi, degan
xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini koʻrsatadi. Oʻqitish sharoitida insonning oʻsha
psixik, emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun oʻziga xos
turtki vazifasini bajaradi.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil
etiladigan oʻziga xos oʻqitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, oʻrganilgan
mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus
usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, oʻqitishda muammoli vaziyatshunchaki
«fikr yoʻlidagi kutilmagan toʻsiq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas. U
bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat
negizida avval oʻzlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish
uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat
muammoli vaziyat bilan bog’liq boʻla bermasligini ta’kidlash oʻrinli boʻladi. Yangi
bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog’lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli boʻlmaydi.
Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. Muammoli vaziyat har qanday
fikrlash mashaqqatlaridanfarq qilib, unda oʻquvchi mashaqqat talab qilgan obekt
(tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum boʻlgan vazifa, masala
boʻyicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi.
Shunday qilib, muammoli vaziyat mohiyati shuki, u oʻquvchi tanish boʻlgan
ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish
uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) oʻrtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni
ijodiy oʻzlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
oʻquvchiga notanish faktning mavjud boʻlishi;
vazifalarni bajarish uchun oʻquvchiga beriladigan koʻrsatmalar, yuzaga
kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya’ni nima
noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan.
Muammoli vaziyatning fikriy tahlil qiladigan boʻlsak, u avvalombor
oʻquvchilarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U oʻquvchini intellektual mashaqqat
keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni soʻz bilan
ifodalash, ya’ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu oʻrinda izchillik yorqin
koʻrinadi: avvalo muammoli vaziyatyuzaga keladi, soʻng oʻquv muammosi
shakllanadi.
Oʻqitish amaliyotida boshqa variant – oʻsha muammo tashqi koʻrinishda
muammoli vaziyatyuzaga kelishiga muvofiq kelganday boʻladigan variant ham