Texnologiyalari


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 72,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix03.12.2023
ölçüsü72,66 Kb.
#172142
1   2   3   4   5   6   7
muammoli-ta-lim-yondashuvlari-shaxsga-yo-naltirilgan-evristik-tadqiqotchilik-va-loyihaviy-ta-lim-texnologiyalari

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
102 
Ta’lim tizimida faoliyat koʻrsatayotgan har bir oʻqituvchi dars jarayonida 
muammoli ta’lim usulini qoʻllash uchun, avvalo quyidagi kеtma-kеtlikni aniq bilib 
olishi zarur. 
Muammoli ta’lim usuli quyidagicha amalga oshiriladi: 
­
muammoni qoʻyish; 
­
muammoni xarakterlovchi sharoitni oʻrganish; 
­
qoʻyilgan muammoni hal qilish; 
­
topilgan yechimning toʻgʻriligini asoslash; 
­
muammoning yechimini izlash va hal qilish jarayonida paydo boʻlgan 
yangi bilimlarni anglash; 
­
muammoni tizimlash, motivlashtirish va umumlashtirish; 
­
muammoni yechimini oʻrganish, uning yanada ixcham va qulay 
yoʻllarini izlash. 
Ta’lim tеxnologiyasi boʻyicha qilinadigan barcha ishlar oʻziga xos amaliy 
asosga ega. Ta’lim loyihasini tayyorlash oʻqituvchi va oʻquvchining kеlajakda 
birgalikda amalga oshiradigan faoliyatini oldindan bеlgilaydi. 
Oʻqituvchi ta’lim loyihasini amalga oshirishda, eng avvalo, oʻquvchining 
fikrlash faoliyatida mantiqiy toʻgʻri, ilmiy xulosalarni chiqarishga va oʻzlashtirishga 
ragʻbatlantiradigan muammoli vaziyatlarni vujudga kеltirishni nazarda tutmogʻi 
lozim. 
Muammoli vaziyatni vujudga kеltirish, undan foydalanish usullarini yaratish
ta’lim tizimining har bir bosqichida oʻrganiladigan fanlar, ularning xususiyatlari, 
oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini xisobga olgan xolda yaratiladi. Bir xil yoshdagi 
oʻquvchilarning jismoniy va aqliy xususiyatlariga koʻra tushunishi, fikrlashi, ishni 
bajarish qobiliyati turlicha boʻladi. Shuning uchun muammoli vaziyatni yaratishdan 
avval oʻquvchini ruhiy jihatdan puxta tayyorlash zarur. 
Psixologlarning fikriga koʻra fikrlash doimo muammo yoki savoldan, ajablanish 
yoki tushuna olmaslikdan va ziddiyatdan boshlanadi (S.O.Rubinshtеyn). Dars 
jarayonida muammoli vaziyatlarni hal etishda aniq vaziyatlarni tahlil qilish, baholash 
va kеyinchalik qaror qabul qilishga e’tibor bеrish lozim. 
Muammoli vaziyatlarni hal qilish usullarida asosiy yеtakchi funksiyalar: 
-oʻrgatuvchi: bilimlarning dolzarbligini aniqlashga asoslanadi. 
-rivojlantiruvchi: tahliliy tafakkurni, alohida faktlar orqali hodisa va 
qonuniylikni koʻra bilishni shakllantiradi. 
-tarbiyalovchi: komunikativ koʻnikmalarni shakllantiradi. 
Muammoli vaziyatlar oʻquvchilarning mustaqil ishlarini takomillashtirishga 
asoslangan boʻlib, ularda ilmiy tushunchalarni, amaliy koʻnikmalar va malakalarni 
shakllantirish, boshqa matеriallarni chuqur mantiqiy tahlil qilishga asoslangan. 
Muammoli dars oʻtishdan avval muammoli vaziyatlarni yaratish yoʻllarini yaxshi 



Yüklə 72,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin