193
1. Fayl boshiga kiritish.
Ushbu
usul MS-DOSning
com-
fayllari
uchun eng qulay hisoblanadi, chunki ushbu formatda xizmatchi
sarlavhalar ko‘zda tutilgan.
2. Fayl oxiriga kiritish.
Bu usul eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, viruslar
kodiga boshqarishni uzatish dasturning birinchi komandasi (
com
) yoki
fayl sarlavhasini (
exe
) modifikatsiyalash orqali ta’minlanadi.
3. Fayl o‘rtasiga kiritish.
Odatda bu usuldan viruslar strukturasi
oldindan ma’lum fayllarga (masalan,
Command.com
fayli) yoki
tarkibida bir xil qiymatli baytlar ketma-ketligi bo‘lgan, uzunligi virus
joylashishiga yetarli fayllarga tatbiqan foydalaniladi.
Yuklama viruslar uchun zaharlash bosqichining xususiyatlari ular
kiritiluvchi obyektlar – qayishqoq va qattiq
disklarning yuklanish
sektorlarining sifati va qattiq diskning bosh yuklama yozuvi (MBR)
orqali aniqlanadi. Asosiy muammo-ushbu obyekt o‘lchamlarining
chegaralanganligi. Shu sababli, viruslar o‘zlarining qurbon joyida
sig‘magan qismini diskda saqlashi, hamda
zaharlangan yuklovchi
original kodini tashishi lozim.
Makroviruslar uchun zaharlash jarayoni tanlangan hujjat-qurbonda
virus kodini saqlashdan iborat. Ba’zi axborotni
ishlash dasturlari uchun
buni amalga oshirish oson emas, chunki hujjat fayllari formatining
makroprogrammalarni saqlashi ko‘zda tutilmagan bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: