Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə55/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

3. Bashorat. OS foydalanuvchi so'roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo'lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo'lishidan qat’i nazar natija bir xil bo'lishi kerak.
4. Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslami aniqlash va bu resurslami boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.
5. Samaradorlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun sistema resurslaridan foydalanish darajasini maksimal oshirishi kerak. Sistemaning o'zi esa iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi zarur. Resurslaming OS tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.
6. Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozla- nishi mumkin. Resurslar majmuasi OS samaradorligini oshirish maq­ sadida ko'paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
7. Kengaytiruvchanlik. Evolyutsiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy resurslar qo'shilishi mumkin.
8. Aniqlik. Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda sodir bo'ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi sistema haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.
Awal qayd etganimizdek, OS ning asosiy vazifasi resurslar taqsimoti va kompyuterda ishlashni boshqarishdan iborat. OS foydalanuvchini resurslar taqsimotidan ozod qilib, kompyuteming uch xil bir dasturli; ko'p dasturli; ko'p masalali rejimda ishlashini ta’minlashi mumkin.
Bir dasturli rejim — kompyuteming barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi.
Ko‘p dasturli rejim (multidastur) — OS bir vaqtning o'zida bir- biriga bog'liq bo'lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar o'rtasida o'zaro taqsimlanadi. Multidastur rejimi markaziy protsessor ish vaqti bilan «periferiya» qurilmalari ishini ta’minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli rejimdan afzalligi


resurslardan samarali foydalanish va berilgan masala yechilishini tezlatishdir.
Ko‘p masalali rejim — multimasala rejimi bir vaqtning o‘zida bir necha masalaning parallel ishlashini ta’minlashi ko‘zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ham mumkin. OS yechilayotgan masalalaming bir-biri bilan bog'liqligini rejalashtiradi va nazorat qilib boradi. Ko‘p dasturli rejimdan ( dasturlar orasidavaqtni taqsimlash prinsipi) farqli ravishda, bu yerda barcha masalalar bo‘yicha parallel ishlash ko'zda tutilgan. Ko‘p masalali rejim faqat multisistemada (bir necha protsessor) tashkil qilinadi.
OS kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasidagi vositachi hisoblanadi. OS foydalanuvchi so'rovini analiz qiladi va uning bajarilishini ta’minlaydi. So'rov OS tilida qabul qilingan buyruqlar ketma-ketligi ko‘rinishida bo'ladi. OS so'rovlami turli rejimlarda bajarishi mumkin, shu sababli uni quyidagi tiplarga bo'lish mumkin:
— paket rejimi sistemasi;
— vaqtni taqsimlash sistemasi;
— real vaqt sistemasi;
— dialog sistemasi.
Paket rejimi — bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi sistema, ya’ni bir yoki bir necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlami bajaruvchi sistema. Masalalar majmuasi kompyuterga kiritilgandan so‘ng foydalanuvchi bilan uning masalasi o‘rtasida muloqot qilish taqiqlangan. Bunday OS bir dasturli yoki ko‘p dasturli rejimlarda ishlashi mumkin.
Vaqtni taqsimlash — bir vaqtning o‘zida bir necha foydala­ nuvchiga xizmat qilish mumkin va foydalanuvchiga o‘z masalasi bilan muloqot qilish imkonini beradi. Bir vaqtda ishlash sama- rasiga protsessor vaqti va boshqa resurslami turli foydalanuvchilar tomonidan berilgan hisoblash jarayonlariga taqsimlash bilan eri- shiladi. OS kompyuterga kiritilayotgan topshiriqlar uchun navbat tashkil qiladi va har biriga navbat asosida protsessordan foydala­ nish vaqtini aniqlaydi. Birinchi topshiriqni bajargandan so‘ng OS uni navbatning oxiriga olib borib qo‘yadi, so‘ng ikkinchi masa- laga xizmat qiladi va h.k. Har bir masalaga xizmat qilish vaqti OS parametrlarida aniqlanadi. Professional dasturchi OS ni tashkil qilish jarayonida bu vaqt birligini o'zgartirishi mumkin.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin