Примечание [IK1]:
o’zaro munosabatlari ham o’zgarib boradi. Bunday sharoitlarda korxonalarning yashovchanligi yoki aniqroq aytganda barqarorligi ko’p jihatdan iqtisodiy faoliyatning holatiga, ya’ni ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish usullari, mehnatni tashkillashtirish va unga haq to’lash me’yorlariga rioya qilish, bozor talablariga o’z vaqtida javob berish, texnik va investitsion qaror qabul qilishda yanglishmaslik va hokazolarga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishda bu masalalarni hal etish nechog’lik to’g’ri va samarali amalga oshirilishiga korxona va uning har bir xodimi hamda butun davlatning ravnaqi va gullab-yashnashi ham bog’liq bo’ladi.
Mazkur o’quv qo’llanmaning maqsadi - talabalarga barcha iqtisodiy masalalar echimini topish, kelajakda iqtisodiy bilimlar olish uchun o’ziga xos poydevor bo’lib xizmat qiluvchi zamonaviy korxonalar iqtisodiyoti asoslarini o’rganishga ko’maklashishdir.
Davr ta’lim sohasida yangi pedagogik texnologiyalardan, o’qitishning faol va interfaol usullaridan keng foydalanishni zarurat qilib qo’ymoqda. Ta’limning asosiy maqsadlaridan biri ham talabalarning haqiqatda chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egallashlarini ta’minlashdir. Bu esa davlat ta’lim standartlarida belgilangan vazifalarni to’liq va sifatli bajarilishiga zamin yaratadi. Iqtisodiy fanlarni o’qitishda ham yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash an’anaga aylanib bormoqda, ushbu fan doirasida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ko’rsatma ham keltirib o’tilgan (1-ilova). O’qitishning bunday interfaol usullari nafaqat o’qituvchidan, balki talabalardan ham bunday usullarni tushunishni va bu sohadagi adabiyotlarni o’rganishni talab qiladi.
Fan bo’yicha o’quv adabiyotlarining qiyosiy tahlili.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichining o’ziga xos xususiyatlari qatoriga aholining, ayniqsa, yoshlarning ta’lim va madaniy darajasini oshirish, iqtisodiyotning miqdori va sifat jixatidan yaxshilash, O’zbekiston Respublikasini jahonning taraqqiy etgan davlatlari qatoriga chiqishini ta’minlashni kiritish mumkin.
Qabul qilingan ''Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi'' ham ko’p jihatdan shu kabi vazifalarni yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish, o’qitishning zamonaviy uslublarini qo’llash va professor-o’qituvchilar malakasini oshirish asosida muvoffaqiyatli hal etishga yo’naltirilgan.
Iqtisodiyot - jamiyat hayotining asosi. Uning holati, yutuqlari va istiqbollari turli fanlarning (makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, tarmoqlar iqtisodiyoti, mintaqaviy iqtisodiyot, korxona iqtisodiyoti) o’rganish predmeti hisoblanadi. Amaliyotning ko’rsatishicha iqtisodiyotning ayniqsa umummilliy darajada muvoffaqiyatli rivojlanish korxonalarning samarali va foyda bilan ishlashga bog’liqdir. Bunga sabab shuki, korxonalar jamiyatga zarur mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bir qatorda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismini, moliyaviy va moddiy resurslarni, ishlab chiqarish quvvatlarini birlashtiradi va ishga soladi. Shuning uchun ham ''Korxona iqtisodiyoti'' fani ko’plab oliy o’quv yurtlaridan mutaxasislar tayyorlashning o’quv rejalariga kiritilgan.
Shu munosabat bilan talaba va o’qituvchilarning bugungi kunda shu sohada mavjud bo’lgan darslik va o’quv qo’llanmalar bilan tanishtirish zarurati tug’iladi, zero o’quvchi ular bilan mustaqil ravishda o’quv muassasalarining kutubxonalarida tanishishlari va kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin. Bu mavjud adabiyotlarni
taftish qilish yoki kuchli va kuchsiz tomonlarini ko’rsatish bo’lmasdan, balki ularni almashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, tanlash huquqi albatta o’quvchi ixtiyorida qoladi. ''Korxona iqtisodiyoti'' fani bo’yicha etarli darajada ko’plab adabiyotlar mavjud bo’lganligi uchun, qiyosiy tahlil ularni ayrimlari va bizningcha, eng qiziqarlilari
bo’yicha amalga oshirilgan.
Professorlar V.Ya. Gorfinkel va V.A.Shvandarlar muxarrirligida 2004 yil Moskvada ''YuNITI'' nashriyotida chiqarilgan korxona iqtisodiyoti bo’yicha darslik so’z boshi va 31 ta bobni o’z ichiga oluvchi uch bobdan, 65ta adabiyotni jamlagan bibliografik ro’yxatdan iborat.
U iqtisodiyot mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim oluvchi oliy o’quv yurtlari talabalariga mo’ljallangan.
Darslikning o’ziga xos xususiyatlarini quyidagilarda ko’rish mumkin: birinchidan me’yoriy-huquqiy jixatlar Rossiyaning qonun xujjatlari asosida yoritiladi, ikkinchidan, asosan Rossiya korxonalarining amaliy va statistik materiallariga asoslangan. Darslikda yoritilgan materiallar zamonaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyati to’g’risida etarli xajmdagi tushunchalarni beradi.
Shu bilan birga darslikka korxona iqtisodiyotiga nisbatan kam aloqasi bo’lgan mavzular ham kiritilgan. Masalan, tadbirkorlik faoliyati shakllari va madaniyati kabi savollar ko’proq ''Iqtisodiyot va biznes'' kursiga yaqinroqdir. Shu qatorga ''Kichik korxonalar va ularning rivojlanishi''ga bag’ishlangan 5-bob, ayniqsa undagi AQSh kichik biznes muammolari va rivojlanishiga bag’ishlangan paragraflarni kiritish mumkin. ''Yiriklashuv,ixtisoslashuv,koorparatsiya va kombinatlashtirish'' mavzusidagi 10-bob ko’proq ''Sanoat iqtisodiyoti'' faniga ta’luqli bo’lib, hozirgi bozor sharoitlarida ularning moxiyati birmuncha boshqacha mazmun kasb etadi.
Darslikning ''Ijara, lizing, franchayzing'', ''Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish'' mavzusidagi boblar etarlicha qiziqarli va muhim axamiyatga ega; lekin bizga ma’lumki ular boshqa fanlarda o’rganiladi, shuning uchun fanning vazifalari nuqtai nazaridan qaraganda ularning foydali yuklamasi ko’p emas.
30-bobni ''Firmaning baho siyosati'' deb nomlash maqsadga muvofiq bo’lardi, chunki firma doimo ishlab chiqarish korxonasini anglatmasdan, o’ziga xos funktsional vazifalarga ega bo’lgan birmuncha boshqacha tashuiliy tuzilmaga ega bo’lishi mumkin.
Umuman olganda darslik shubxasiz katta axamiyatga ega va Rossiya korxonalari iqtisodiyoti bo’yicha katta axborot olishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |