The importance of using logical methods in forming the basic competence of students


Journal of Social Research in Uzbekistan



Yüklə 320,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix16.05.2023
ölçüsü320,84 Kb.
#114278
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Journal of Social Research in Uzbekistan 
 
ISSN: 2181-2721 
https://topjournals.uz/index.php/jsru
 
19 
dunyoqarashini shakllantirish jarayonida talaba-tinglovchilarni shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim 
texnologiyasi - ta'lim oluvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning 
shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim hisoblanadi. 
Globallashuv sharoitida ta'lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali 
mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi tezkor davr talabalarni ham 
qisqa muddatda va asosli ma'lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta 
o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.Zamonaviy sharoitda ta'lim 
jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, 
tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida ana shu 
imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta'lim shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim deb nomlanadi. Shaxsga 
yo‘naltirilgan ta'lim – talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, 
o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta'lim hisoblanadi. 
Bu ta'lim o‘qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga 
ko‘ra ta'lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta'lim hamda tarbiya jarayonini to‘laligicha talabaning 
shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga 
yetishini ta'minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi. 
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'limning o‘ziga xos jihati ta'lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har 
tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat. 
Pedagog ta'lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator 
shartlarga qat'iy rioya etishi kerak. Ushbu talablar quyidagilardan iborat: 
- har bir o‘quvchini alohida, o‘ziga xos shaxs sifatida ko‘ra olishi; 
- o‘quvchini hurmat qilishi; 
- o‘quvchiningning ruhiy holatini to‘g‘ri baholay olishi; 
- o‘quvchiningning hohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi; 
- har bir o‘quvchiga tolerant munosabatda bo‘lishi; 
- talabaning kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi
- har bir oquvchi uchun qulay ta'lim muhitini yaratishi; 
- o‘quvchilarning mustaqil yoki kichik guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish; 
- o‘quvchilarni o‘z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, 
yutuqlarning omillari va yo‘l qo‘yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish o‘rgatish; 
- ta'lim jarayonida hech bir o‘quvchiga tazyiq o‘tkazmaslik; 
- alohida o‘quvchining kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatmaslik; 
- bordi-yu, o‘quvchi tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, ta'lim jarayonida o‘zini odobsiz 
tutish holati qayd etilsa, u holda qat'iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlash; 



Yüklə 320,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin