2-embrional induksiyani amalga oshiradigan a'zo sifatida morfogenetik funksiyani bajaradi .
Umurtqalilarning butun hayoti davomida xorda faqat to‘garak og‘izlilarda va ayrim tuban umurtqali baliqlarda saqlanib qoladi. Qolgan hamma hayvonlarda u reduksiyalanadi. O’q skeleti (o‘zak skeleti) embrionda dastlab xorda ko‘rinishida vujudga keladi va keyinchalik uning o‘rnini umurtqa pog‘onasi egallaydi.
Odamning postembrional davrida xorda rudimentlari, umurtqalararo disk “nucleus pulposus” shaklida saqlanib qoladi.
Odamning postembrional davrida xorda rudimentlari, umurtqalararo disk “nucleus pulposus” shaklida saqlanib qoladi.
Xordaning reduksiyalanishi davomida uning qoldiqlarining saqlanib qolishi, odamda shish — xordoma rivojlanishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Hamma umurtqalilarda xorda asta-sekin somitlarni sklerotomidan rivojlanadigan umurtqalar orqali siqib chiqariladi va funksional jihatdan umurtqa pog‘onasi bilan almashinadi.
Baliqlarning umurtga pog‘onasi butun tanasi bo‘ylab, boshidan to dum suzgich qanotigacha cho‘zilib boradi. Baliq rivojlanayotgan paytda uvildirig‘ida (ikrasida) uning bo‘lg‘usi umurtqasi o‘rnida xorda bo‘ladi. Keyinchalik xorda atrofida umurtqalar hosil bo‘ladi. Voyaga yetgan baliq umurtqalari orasida xordaning faqat kichikroq tog‘aysimon qoldiqlari saqlanib qoladi.