Tibbiy biologiya



Yüklə 25,66 Mb.
səhifə4/18
tarix16.12.2023
ölçüsü25,66 Mb.
#182856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Ter bezlari

  • Sutemizuvchilarning ter bezlari amfibiyalar teri bezlariga gamologdir . Ter bezlari ayirish va termoregulyatsiya jarayonida katta ahamiyatga ega. Ayrim ter bezlari tuban sutemizuvchilarda differensirlanib, sut bezlariga aylangan.
  • Tuxum qo'yuvchilar (ya'ni kloakalilar oʻrdakburun, yexidna) da sut bezlari tuzilishi va rivojlanishi bo'yicha ter bezlariga oʻxshash. ter bezlari gomologik hisoblanadi. Sut bezlarini va ulardagi so'rg'ichlarini soni bir juftdan 25 juftgacha bo'lishi mumkin.
  • Odam embriogenezida avval besh juft so‘rg‘ich yuzaga keladi, keyinchalik faqat bir jufti qoladi.

Odam homilasida sut bezlarining rivojlanishi


a — besh haftalik homila (sut chiziqlari ko‘rinib turibdi); b — besh juft so'rg'ichni differensirovkasi;
d — yetti haftali homila.

Yog’ bezlari

  • Yogʻ bezlari faqat sutemizuvchilar terisida hosil boʻlib, soch va terini moylaydi, tashqi muhit ta’siridan saqlaydi. Ajralgan yog’, sochlar va ter yuzasini yog‘lab, ularning elastik, yumshoq qilib, nam bo‘lib qolishdan saqlaydi.

Qoplovchi to‘qima evolyutsiyasi umurtgali hayvonlarda quyidagi yo‘nalishda amalga oshadi:
Terining derma va gipoderma qavatlarini paydo bo‘lishi.
2. Epidermis qavatining bir qavatlikdan ko‘p qavatlikka aylanishi.
3. Teri hosilalarining vujudga kelishi.
Odam embriogenezining birinchi haftalaridan boshlab epidermis shakllana boshlaydi.
Embrion hayotining uchinchi oylariga kelib epidermis ko‘p qavatlikka aylanadi.
Embrional taraqqiyotning birinchi oylaridan boshlab derma va gipoderma rivojlana boshlaydi.
Homilaning uch oylik davridan boshlab terida soch, tirnoq va ter bezlarining kurtagi paydo bo‘la boshlaydi.

Teri qoplami ontogenezining buzilishi atavestik nuqsonlar

  • gipertrixoz (soch qoplamini ko‘payishi);
  • politeliya (sut so‘rg‘ichlarini oshishi);
  • polimastiya (sut bezlari sonini oshishi)
  • Vaqtidan erta tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatiladigan alomatlardan biri — uning terisida jun qoplami nisbatan ko‘p bo‘lishidir. Odatda, chaqaloq tug‘ilgandan so‘ng ozgina vaqt o‘tmasdan ortiqcha sochlar to‘kilib ketadi, ularning follokulalari esa reduksiyaga uchraydi.


Yüklə 25,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin