BOLALAR YURAGINING XUSUSIYATLARI
CHAQALOQ YURAGI
Chaqaloq yuragining massasi 16,5-24 g ga teng bo’lib, u tana massasining
0,68-0,89% ini tashkil qiladi (katta yoshdagi odamlarda yurakning nisbiy vazni
0,48-0,52%). O’ng qorinchaning massasi 6 g, chap qorinchaniki – 5 g atrofida.
O’ng qorinchaning devori qalinroq, muskul tolalarining diametri kattaroq.
Chaqaloq yuragining bo’yi 3,1 sm, eni 4 sm, u yumaloq yoki oval shaklga ega.
Yurak chaqaloqning ko’krak qafasida baland va ko’ndalang joylashgan.
Uning chegaralari quyidagicha: tepada – II qovurg’a, pastda – IV qovurg’alar
oralig’i, chapda – o’rta o’mrov chizig’idan 1,5 sm tashqarida, o’ngda – to’sh
suyagining o’ng qirrasidan 1,5 sm o’ngda. Yurak cho’qqisi IV qovurg’alar
oralig’iga to’g’ri keladi.
Bola hayotining birinchi kunlaridayoq yurakning ko’krak qafasida joylashishi
o’zgaradi. Buning natijasida uning chegaralari ham siljiydi: o’ng chegarasi to’sh
suyagining o’ng qirrasidan uzoqlashadi, chap chegarasi esa to’shning chap
qirrasiga yaqinlashadi. Bu o’zgarishlar jigarning kichiklashishi, chap o’pka
hajmining kattalashishiga bog’liq.
Сhaqaloq miokardi juda ingichka bo’lib, bir-biridan yaxshi chegaralanmagan
muskul
tolalaridan
iborat.
Tolalarning
ko’ndalang
targ’illigi
yaxshi
rivojlanmagan. Ular juda ko’p mayda yadrolarga ega. Biriktiruvchi to’qimaning
miokarddagi miqdori oz.
Bola tug’ilishi bilan qon aylanish tizimi faoliyatida jiddiy o’zgarishlar ro’y
beradi. Ular, birinchidan, kindik venasi va arteriyasi orqali qon oqishining
to’xtashi. Ikkinchidan, kichik qon aylanish doirasi faoliyati boshlanishi bilan
bog’liq. Chaqaloqning ilk bor nafas olishi o’pka tomirlari orqali qon oqishining
keskin ortishiga olib keladi. Kindik kesilishi bilan yo’ldosh tomirlari orqali qon
oqishi to’xtaydi, yurak bajaradigan ish miqdori kamayadi. Chap bo’lmada bosim
kamayadi. O’pkada qon oqishi ortishi bilan bir vaqtda, aortada bosim
ko’tariladi, yuqori kavak venada esa pasayadi.
Qon aylanishining shakllanishida Botallov yo’li va oval teshikning berkilishi
muhim bosqich hisoblanadi. Ma’lumki, homila yuragining o’ng qorinchasidan
o’pka arteriyasiga chiqqan qonning talay qismi Botallov yo’li orqali aorta
ravog’iga o’tadi. Oval teshik orqali pastki kavak venadan o’ng bo’lmaga
tushgan qon chap bo’lmaga o’tadi. Natijada qorinchalarning ikkisi ham qonni
aortaga - katta qon aylanish doirasiga haydaydi.
Chaqaloq o’pkasi ishga tushishi bilan a’zo tomirlarida qon oqimiga bo’lgan
qarsgilik keskin kamayib ketadi va ulardan oqib o’tadigan qon miqdori ko’p
marta ortadi. Chap bo’lmadagi bosimning o’ng bo’lmadagidan ortishi oval
teshik qopqog’ini berkitadi. Bu teshik bola 5-7 oylik bo’lganida batamom bitib
ketadi.
Kichik qon aylanish doirasi faoliyatining boshlanishi homiladorlik davrida
o’ng qorinchadagi (simob ustunining 60-70 mm ga teng bo’lgan) bosimning
ancha kamayishiga sabab bo’ladi. Natijada Botallov yo’li torayib, qonni o’pka
arteriyasidan aortaga o’tkazmay qo’yadi. 3-4 oydan keyin bu yo’l umuman bitib
ketadi. Shundan so’ng kichik va katta qon aylanish doiralari to’la shakllanadi.
Chaqaloq yuragi ham katta odam yuragi kabi qo’zg’aluvchannlik,
o’tkazuvchanlik, qisqaruvchanlik va avtomatiyaga ega. Tabiiy sharoitda yurak
avtomatiyasi (tashqi ta’sirotsiz, o’z-o’zidan qo’zg’alib-qisqarishi) ni uning atipik
tutamlari ta’minlaydi. Atipik tolalar sinus yoki Kis-Flek tugunini,
atrioventrikulyar yoki Ashoff-Tavar tugunini, Gis tutami, uning oyoqchalari,
Purkinye tolalarini tashkil qiladi.
Chaqaloq yuragining avtomatiyasi ancha yuqori. Yurak urish chastotasining
tabiiy yuqoriligi bundan dalolat beradi: chaqaloqning yuragi 1 daqiqada 120-140
marta qo’zg’alib, qisqaradi.
Go’daklar miokardining qo’zg’aluvchanligi ham yuqori bo’ladi. Yangi
tug’ilgan itlarda o’tkazilgan tajribalar natijalariga ko’ra, yurak muskulining
xronaksiyasi qisqa (0,6-0,8 sigma), labilligi ancha yuqori. Bir daqiqada 180-200
martaga teng bo’lgan yurakning tabiiy chastotasini sun’iy rag’batlantirish yo’li
bilan 450-500 tagacha yetkazish mumkin (katta it yuragining xronaksiyasi 1,5-2
sigma. Elektr toki bilan rag’batlantirilganda, qisqarishlarning maksimal
chastotasi 1 daqiqada 300 tadan ortmaydi).
Chaqaloq yuragining o’tkazuvchanligi ham katta yoshdagi odamlarnikidan
past emas. Qo’zg’alish sinus tugunidan atrioventrikulyar tugunga o’tishi uchun
sarflanadigan vaqt 0,11 sekund atrofida (kattalarda bu vaqt 0,12-0,18 sekundga
teng). Qo’zg’alish qorinchalarni qamrab olishi uchun ketadigan vaqt ham
chaqaloqlarda qisqa – 0,044 sek. (kattalarda 0,07 sek.).
Chaqaloq yuragining yuqori avtomatiya va o’tkazuvchanlikka ega bo’lishi
uning katta chastotada qisqarishiga asosiy sababdir. Bola hayotining birinchi
kunlari yurak urishi sekinlashadi: birinchi kundagi 1 daqiqada 140 zarbadan
100-110 taga tushadi (15-jadval).
Buning sababi bir nechta: bosh chanog’ida bosimning ko’tarilishi, yurakda
simpatik ta’sirlarning susayishi, bachadondagiga nisbatan pastroq harorat
sharoitiga o’tishi va hokazo. Keyin simpatik ta’sirlar kuchi yana ortadi va yurak
urishi yana tezlashadi.
Chaqaloq yuragining sikli 0,4-0,5 sek. davom etadi. Qorinchalar sistolasining
davomiyligi – 0,24 sek., diastolasi – 0,21 sek. Katta yoshdagi odamlarda sistola
diastoladan qisqa (sistolaning davomiyligi – 0,33 sek., diastolaniki – 0,47 sek.).
Demak, chaqaloq yuragining faol holatda bo’lish vaqti dam olingan vaqtidan
cho’ziqroq. Sistola va diastolaning davr va bosqichlari murg’ak bolalarda juda
o’zgaruvchan va yaxshi o’rganilmagan.
Chaqaloq yuragining sistolik hajmi – 3,5 ml, minnutlik hajmi – 340 ml
atrofida. Tana massasiga hisoblaganda, sistolik hajm kattalardagi ko’rsatkich
bilan teng. Ammo nisbiy minutlik hajm chaqaloqlarda 120-140 ml atrofida
bo’lib, kattalardagi ko’rsatkichdan 2 marta ko’p. Buning sababi bolalarda
moddalar almashinuvining jadalligidir.
Chaqaloq miokardining cho’ziluvchanligi oz. Shu sababdan faoliyatining
geterometrik o’z-o’zidan boshqarilish mexanizmining imkoniyatlari juda
chegaralangan. Ammo yurak urish chastotasi bilan bog’liq gomeometrik
boshqarish mexanizmi yaxshi shakllangan. Bola qichqirganida yurak urish
chastotasi ortishi bilan bir vaqtda, sistolik hajm ham ko’payadi. Chaqaloq
yuragida intrakardial reflekslar yuzaga chiqishi uchun zarur tuzilmalar mavjud.
Ammo chaqaloq yuragining intrakardial boshqaruv mexanizmlari yetarli
darajada rivojlanmagan.
Сhaqaloqda “ko’z-yurak” (Danini-Ashner) refleksini kuzatish mumkin.
Demak, parasimpatik nervlarning qo’zg’alishi yurak urishini siyraklashtiradi.
Faqat yurakka adashgan nerv orqali kelgan efferent impulslar ta’siri kuchli emas
va ular tez tugaydi, chunki parasimpatik tolalarning oxirgi tarmoqlari hosil
qilgan sinapslarda atsetilxolin zahirasi deyarli yo’q, mediatorni sintezlovchi
tizim esa kuchsiz. Tashqaridan kiritiladigan atsetilxolinga yangi tug’ilgan
hayvon (itlarning) yuragi juda sezgir va davomli manfiy xronotrop samara
shaklida javob beradi.
Chaqaloqlarda katta yoshdagi odamlarda mavjud adashgan nervning yurakka
ta’siri yo’q.
Ko’p tadqiqotchilar yurak urish chastotasi yuqoriligini e’tiborga olib,
chaqaloqlarda simpatik tizim tomonidan yurakni boshqarish mexanizmi ustun
turadi deyishadi. Ammo endi tug’ilgan hayvonlarda yurakka simpatik nerv
ta’sirini farmakologik yo’l bilan yo’qotish manfiy xronotrop samara bermaydi.
Demak, chaqaloqlik davrida yurak faoliyatini boshqaruvchi intrakardial
mexanizmlar ham, ekstrakardial mexanizmlar ham to’la shakllanmagan.
BOLALIKNING TURLI DAVRLARIDA YURAKNING
XUSUSIYATLARI
Bola hayotining birinchi oyi davomida yurak massasi o’ng qorincha hisobiga
15-20% atrofida kamayadi. O’ng qorincha miokardini tashkil qiluvchi tolalar
ingichkalashadi, muskul tola qavatlari soni kamayadi. Ayni vaqtda chap
qorincha miokardi qalinlashadi. Natijada qorinchalar massasidagi nisbat
o’zgaradi: chap qorinchaning massasi 2 marta ko’p bo’ladi. Bu o’zgarishlarga
kichik qon aylanish doirasida qarshilikning ortishi sabab bo’ladi. Bola
hayotining ikkinchi yilida miokardning qisqaruvchi va atipik tolalarining
takomillashishi davom etadi. Bu davrda yurak massasining ortishi juda jadal
o’tadi. Miokard aylanma yo’nalishdagi tolalar hisobiga qalinlashadi. Tolalar
yo’g’onlashib, ularning yadrolari kattalashadi, miofibrillalar soni ko’payadi.
Yurakning kattalashishi va o’z o’qi atrofida burilishi natijasida uning
chegaralari o’zgaradi. Yurakning o’ng chegarasi to’sh suyagining o’ng
qirrasidan uzoqlashadi, chap chegarasi esa bu suyakning chap qirrasiga
yaqinlashadi. Yuqori chegarasi sekin-asta pastga tushadi. U bola hayotining
birinchi oyi davomida uikkinchi qovurg’alar oralig’ida bo’lsa, yetti yoshga borib
uchinchi qovurg’alar oralig’iga tushadi. 1,5-2 yashar bolalarda yurakning uchi
to’rtinchi qovurg’alar oralig’idan beshinchi qovurg’alar oralig’iga o’tadi.
Ikki yoshdan keyin yurakning o’sishi ancha sekinlashadi. 2-6 yosh oralig’ida
yurakning katta tomirlari (toj tomirlar) yaxshi rivojlanadi, intrakardial nervlar
to’la shakllanadi. 7 yashar bolaning yuragi kichkina bo’lsa ham, kattalar
yuragiga xos tuzilishga ega bo’ladi. Bundan keyin yurakning shaklida
o’zgarishlar bo’lmaydi, u faqat o’sadi. Prepubertat davrda uning o’sishi yana bir
marta tezlashadi.
Bola o’sishi bilan yurak urish chastotasi siyraklashadi (15-jadval). Pulsning
kamayishi emizikli davrda ancha sezilarli. Bir yil davomida 140 zarbadan 120
zarbagacha kamayadi. Undan keyin yurak urishining siyraklashishi unchalik
jadal bo’lmaydi. 7 yashar bolaning yuragi 1 daqiqada 85 marta uradi.
O’smirlarda (11-13 yashar bolalarda) puls chastotasi sal ortadi. Ikkinchi bolalik
davrida (6 yoshdan keyin) puls ko’rsatkichida jinsga bog’liq farq paydo bo’ladi:
o’g’il bolalarda uning chastotasi qiz bolalardagiga nisbatan siyraklashadi.
Bola o’sishi bilan yurak siklining davomiyligi ortadi. Emizikli davrda
qorinchalar sistolasi 0,26 sek., diastolasi 0,27-0,30 sek. Katta yoshdagi
odamning yurak sikli bosqichlari bilan solishtirsak (sistola – 0,33 sek., diastola –
0,47 sek.), bolalikning bu davrida ham qorinchalar diastolasi nisbatan
qisqaroqligini ko’ramiz. Keyingi davrlarda bola yuragi siklining davomiyligi
asosan diastola hisobiga ortadi (16-jadval).
16-jadval
Dostları ilə paylaş: |