Asosiy almashinuv – bu muskullarini bo’shashtirgan,
komfort haroratdagi,
ovqatlangandan so’ng 14 soat vaqt o’tgach, uyg’oq odamning energiya sarfidir.
Har bir shaxsning asosiy almashinuv darajasi rivojlanish davomida qonuniy
ravishda o’zgaradi.
Chaqaloqlarda asosiy almashinuvni aniqlab bo’lmaydi. Agar energiya sarfini
bola ovqatlantirilgandan keyin 30-60 minut o’tgach,
uyqu vaqtida, metabolik
jarayonlar eng past darajaga tushganida tekshirilsa, u asosiy almashinuvga yaqin
bo’ladi. Bola tug’ilgandan keyin birinchi kunning
ikkinchi yarmidan boshlab
asosiy almashinuv ortadi. Bu bola organizmining bachadondagi harorat
muvozanati muhitidan harorati pastroq tashqi muhitga o’tishi bilan izohlanadi.
Asosiy almashinuv dastlab 1,5
yoshgacha ortadi, keyin esa uning pasayishi
kuzatiladi (23-jadval).
23-jadval
Dostları ilə paylaş: