Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


BOLALARDA TANA HARORATI BOSHQARILISHINING



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

BOLALARDA TANA HARORATI BOSHQARILISHINING
XUSUSIYATLARI
Tana haroratining doimiyligi – izotermiya ikki xil yo’l bilan ta’minlanadi: 1)
issiqlik hosil bo’lishining boshqarilishi (kimyoviy termoregulyatsiya); 2) issiqlik
yo’qotilishining boshqarilishi (fizikaviy termoregulyatsiya).
Homila xususiy termoregulyatsiyaga muhtoj emas, chunki bachadonda
nisbatan doimiy harorat muhiti saqlanadi. Moddalar almashinuvi jarayonlari
natijasida homila organizmida hosil bo’luvchi issiqlik yo’ldosh orqali ona
qoniga o’tadi.
Bola tug’ilgan zahoti uning to’gri ichagidagi harorat 37,7-38,2
0
C ga teng
bo’ladi. Dastlabki 2-3 soat ichida harorat 1-2
0
C ga pasayadi. Bola tug’ilgandan
keyingi dastlarbki soatlarda tana haroratining pasayishi – tranzitor gipotermiya
deyiladi. U atrof muhit haroratining keskin o’zgarishiga bog’liq.
Bola hayotining 3-5 kuni ba’zi chaqaloqlarda tana haroratining 38-39
0
C
gacha ko’tarilishi – tranzitor gipertermiya kuzatiladi. Taxminlarga ko’ra,


tranzitor gipertermiya chaqaloqning ichagiga bakteriyalar tushishi, bola
organizmiga ko’p miqdorda oqsil kirishi va organizmning qisman suvsizlanishi
bilan izohlanadi. Umuman olganda, bola hayotining birinchi kunlarida tana
harorati turg’un bo’lmay, katta yoshdagi odamning tana haroratidan 0,3-0,4
0
C
ga ortiqdir.
Chaqaloqning tana harorati atrof-muhit haroratiga juda bog’liq. Bu davrda
bolalar atrof-muhit haroratining ko’tarilishiga qaraganda, uning pasayishiga
ancha chidamli bo’ladilar.
Atrof-muhit harorati doimiy bo’lganda, tana haroratining kecha-kunduz
davomidagi tebranishi bola hayotining dastlabki kunlarida 0,4
0
C ni, 2-3 oyda –
0,6
0
C ni, 3-5 yoshda – 1
0
C ni tashkil etadi. Kech soat 17-19 larda tana harorati
eng yuqori, ertalab soat 4-7 larda – eng past bo’ladi.
Chaqaloqlarda harorat gomeostazini ta’minlash uchun, birinchi galda,
fizikaviy termoregulyatsiya mexanizmlari ishga tushadi. Bu mexanizmlar tana
yuzasidan issiqlik yo’qotishni nurlanish, konveksiya, issiqlik o’tkazish va teri
yuzasidan suvni bug’latish yo’li bilan boshqarilishdan iborat. Bolalarda
fizikaviy termoregulyatsiyaning ma’lum xususiyatlari bor.
Havo haroratining o’zgarishlariga javoban teri qon tomirlarining reaksiyalari
kattalarga nisbatan bolalarda yashirin davrining uzoq davom etishi va ushbu
reaksiyalarning davomiyligi bilan xarakterlanadi. Emizikli bolalarda teri
tomirlari issiqlik ta’sirida ham, sovuq ta’sirida ham kengayadi. Bolaning yoshi
ortgan sari, qon tomir reaksiyalarining tezligi ham ortadi.
Katta yoshdagi odam tinch holatda umumiy issiqlikning 20-25 % ini tana
yuzasidan va o’pkadan suvning bug’lanishi sababli yo’qotadi.
Bola tug’ilganda undagi ter bezlarining miqdori katta yoshdagi odamdagi
kabi. Ammo chaqaloqlarda ter bezlarining barcha chiqaruv yo’llari hali to’la
shakllanmagan bo’ladi. Chaqaloq 5 oyligida ter bezlari yanada rivojlanadi, 5-7
yoshda esa to’la-to’kis yetiladi. Bolaning yoshi ortgan sari faoliyat
ko’rsatayotgan ter bezlarining faqat soni emas, belki ularning o’lchamlari ham
ortadi. Bola hayotining 3-haftasi oxirida ter ajrala boshlaydi. Dastlabki oylarda
ter ajralishi ham issiqlik, ham sovuq ta’siriga javoban kuzatiladi. Suvning
bug’lanishi hisobiga issiqlik yo’qotish bola hayotining birinchi yili davomida
ortadi. Masalan, bir oygacha bola bug’lanish yo’li bilan 261 kkal, 1 yashar bola
– 568 kkal issiqlik yo’qotadi. Bir yashar bola umumiy issiqlikning 56,8 % ini
bug’lanish yo’li bilan yo’qotadi.
Nafas yo’llarining shilliq qavatidan suv bug’lanishi natijasida bola organizmi
umumiy issiqlikning 5-10 % ini yo’qotadi. Bu miqdor katta yoshdagi
odamdagidan birmuncha ko’p.
Kimyoviy termoregulyatsiya

moddalar almashinuvi jarayonlarining
o’zgarishi hisobiga issiqlik hosil bo’lishining boshqarilishidir. Kimyoviy
termoregulyatsiya bola hayotining birinchi kunlaridanoq ancha yaxshi
rivojlangan. Havo harorati pasayganda, chaqaloqda issiqlik hosil qilish
jarayonlari kuchayadi. Agar atrof-muhit haroratining 1
0
C ga pasayishi katta


yoshdagi odamda moddalar almashinuvini 1% ga oshirsa, chaqaloqda 5 % ga
o’zgartiradi. Demak, kichik yoshdagi bolalarda kimyoviy termoregulyatsiya
katta yoshdagi odamga nisbatan ko’proq ahamiyatga ega.
Chaqaloqlarda fizikaviy termoregulyatsiyadan keyinroq ishga tushadigan
kimyoviy termoregulyatsiyaning ham o’ziga xos xususiyatlari bor. Bu xususiyat
harakat bilan bog’liq bo’lmagan termogenezning salmoqli ekanligida. Bir
yoshgacha bo’lgan bolalarda harakat bilan bog’liq bo’lmagan termogenezning
jadalligini qo’ng’ir yog’ to’qimasi faoliyatining faolligi ta’minlaydi. Qo’ng’ir
yog’ni embrional, gormonal yog’ ham deyishadi. Chaqaloq tana massasining 2
% ini qo’ng’ir yog’ tashkil etadi. Bu yog’ hujayralarida mitoxondriyalar juda
ko’p. Efirlanmagan yog’ kislotalari manbai bo’lgan qo’ng’ir yog’ ayni vaqtda
ular oksidlanadigan va issiqlik hosil qiladigan muhim a’zodir. Qo’ng’ir yog’
chaqaloqning bo’yin va ensa sohasida, kuraklar oralig’ida va ichki a’zolar
atrofida joylashgan.
Murg’ak bola organizmiga sovuq ta’sir qilganida, titroqsiz termogenez
faollashadi va bu reaksiya bola 9-10 yashar bo’lgunicha saqlanib qoladi.
Kichik yoshdagi bolalarda termoregulyatsiyaning uyg’un emasligi boshqaruv
mexanizmlarining mekammal emasligi va bu jarayonni tashqi muhit omillariga
bog’liqligidadir.
Yakun yasab shuni aytish mumkinki, chaqaloqlarda haroratning boshqarilishi
katta yoshdagi odamlardagiga nusbatan sust. Shuni nazarda tutib, xonalarda
optimal harorat rejimini ta’minlash, shu bilan birga bolani kichikligidan
chiniqtirish zarur.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin