Chaqaloq tug’ilgandan keyin 12 soat davomida siymasligi mumkin. Keyingi
5 kun davomida siydik kuniga 4-5 marta ajraladi.
Ikkinchi haftadan boshlab
bola kuniga 20-25 marta siyishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, chaqaloqning
buyragi tuzilish va
faoliyat ko’rsatish jihatidan hali yetilmagan bo’lsada, fiziologik sharoitda o’z
vazifasini qoniqarli bajarib, ichki muhit tarkibi doimiyligini saqlash qobiliyatiga
ega.
Bunga iste’mol qilinadigan ovqat (ona suti) ning, moddalar almashinuvining
xarakteri (oqsillar almashinuvida anabolik jarayonlar ustunligi) ning buyrak
faoliyatiga monandligi tufayli erishiladi.
BOLALIK DAVRIDA BUYRAKNING
XUSUSIYATLARI
Emizikli davrida po’stloq moddada yuzaki
joylashgan nefronlar tez
rivojlanadi. Buyrak tomirlaridan oqib o’tadigan qon miqdori ko’payadi. Natijada
filtrlanish tezlashadi.
Nefron kanalchalarining rivojlanishi jarayonida ularning gormonlarga
bo’lgan sezgirligi ortadi va moslanish imkoniyatlari kengayadi.
Ammo buyrak
massasining ortishi ham, ular faoliyatining takomila ham bola o’sishida bir tekis
kechmaydi: tez rivojlanish davrlari sekin rivojlanish davrlari bilan almashinib
turadi.
Emizikli davrining yarmiga borib (5-6 oylik bolalarda)
buyrakning massasi
ikki marotaba (12 g dan 24 g ga yetadi), bu davr tugaganda esa uch marotaba
(36-37 g gacha) ortadi. Keyin buyrakning o’sishi sekinlashadi. Balog’atga yetish
davrida buyrakning o’sishi yana bir bor jadallashadi va 15
yashar bolalarda
uning massasi 115-120 g ni tashkil qiladi (kattalarda 120-200 g).
Buyrakning faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari ham bolaning yoshiga va a’zo
massasining miqdoriga parallel ravishda o’zgarmaydi.
Masalan, koptokchalarda filtrlanish tezligi (bu tezlik to’g’risida endogen
kreatining klirensi asosida xulosa qilish mumkin)
bola hayotining birinchi oyi
davomida keskin ortadi (32-jadval).
32-jadval
Dostları ilə paylaş: