14 yosh
2200-2700
50-60
18 yosh
2200-2700
40-50
Bolalarda suv almashinuvining yana bir xususiyati – oraliq
almashinuv
jarayonida hosil bo’ladigan oksidatsion suvning ko’pligi. Chaqaloq organizmida
katabolik jarayonlar ustunligi (oqsil, yog’ va glikogenning jadal parchalanishi)
tana vaznining 1 kg ga 16-27 ml oksidatsion suv paydo bo’lishiga olib keladi.
Katta yoshdagi odamlarda bu ko’rsatkich bir kecha-kunduzda 6,4 ml ga teng.
Maxsus tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, chaqaloq organizmi ichki muhit
doimiyligini saqlashi uchun u tug’ilgan kunidan boshlab ona sutiga qo’shimcha
holda suyuqlik qabul qilishi zarur. Sutdagi suv bilan qo’shib olganda tana
massasining har 1 kg ga birinchi kun – 35 ml, ikkinchi kun – 75 ml, uchinchi
kun – 100 ml suv berish bu davrda chaqaloqning suvga bo’lgan ehtiyojini to’la
qoplaydi.
Suv almashinuvining jadalligi hamda
nerv va endokrin boshqaruv
mexanizmlarining yetarlicha rivojlanmaganligi bola organizmining yuqori
gidrolabilligini belgilaydi: ularda suv yetishmovchiligi ham suv to’planishi ham
tez rivojlanadi.
Organizmdagi turli ma’danli tuzlar nisbati yoshga bog’liq. O’sayotgan
organizm uchun kalsiy va fosfor alohida ahamiyatga ega. Kalsiy homilaga
yo’ldosh orqali o’tadi. Yo’ldoshda kalsiyning faol tashilishini ta’minlovchi tizim
bor. Homiladorlikning oxirgi oylarida har kuni homila organizmiga 100-150
mg/kg miqdorda kalsiy o’tadi. Yetuk chaqaloq organizmida o’rtacha 30 g kalsiy
bo’ladi. Organizmdagi kalsiyning 97 % i fosfatli tuzlar ko’rinishida suyak
to’qimasiga to’g’ri keladi. Qondagi va boshqa to’qimalardagi kalsiy miqdori
hammasi bo’lib 3 % ga teng. Kalsiy suyak to’qimasini
shakllantiradi, nerv
to’qimasida qo’zg’alish jarayonlarida, muskullar qisqarishida va qon ivishida
qatnashadi, tomirlar devorining o’tkazuvchanligini kamaytiradi. Organizmdagi
kalsiy miqdorining doimiyligi qalqonsimon bez
va qalqonsimon bez yonidagi
bezlarning gormonlari bilan boshqariladi. Bolaning kalsiyga bo’lgan ehtiyoji bir
kecha-kunduzda 1 g ga teng. Bu ehtiyojni ona suti tarkibidagi kalsiy to’la
qondiradi.
Fosfor ham organizmning hayot faoliyatida muhim rol o’ynaydi. Fosfor
homila qoniga yo’ldosh orqali konsentratsion gradiyentga qarshi faol yo’l bilan
tashiladi. Fosforli birikmalar organizmning barcha hayotiy jarayonlarida
qatnashadi. Ammo moddalar almashinuvi, nerv va miya to’qimasi,
muskullar,
jigar, buyrak faoliyatida, suyaklar, fermentlar,
gormonlar, B guruh
vitaminlarining faol shakllari hosil bo’lishida ularning roli katta. Fosfor irsiy
belgilarni o’zida tutuvchi – nuklein kislotalar va energiya manbai bo’lgan – ATF
tafkibiga kiradi. Fosforga bo’lgan ehtiyoj bir kecha-kunduzda o’rtacha 1-2 g ga
teng. Bolalarning fosforga bo’lgan ehtiyoji katta odamga nisbatan (tana
vaznining 1 kg ga nisbatan hisoblanganda), 1,5 baravar ko’p.
Natriy va xlor organizmga asosan osh tuzi ko’rinishida kiradi. Natriy hujayra
ichidagi va hujayralararo moddalar almashinuvida,
hujayralarda, to’qimalarda,
qonda kislota-ishqor muvozanatina, hamda osmotik bosimni boshqarishda katta
ahamiyatga ega. Bolalarning natriyga bo’lgan ehtiyoji katta odamdagiga
nisbatan kamroq. Kichik yoshdagi bolalar organizmiga natriyli tuzlarni kiritish
gipervolemiyaga va shishlar paydo bo’lishiga olib keladi. Bunga bolalarda
buyrakning natriyuretik faoliyati yetarli emasligi sabab bo’ladi.
Temir qon hosil bo’lishi va to’qima nafasi jarayonlari uchun zarur. U
eritrotsitlardagi
gemiglobin,
muskullardagi
mioglobin,
hujayralardagi
oksidlanish jarayonlarida qatnashuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Bolalarning
temirga bo’lgan ehtiyoji – 0,6-1,0 mg/kg, katta odamniki esa – 0,2 mg/kg.
Mis ham qon hosil bo’lishi jarayonlarida qatnashadi.
Rux endokrin tizimning me’yorida ishlashi uchun zarur. U qon hosil qilish va
lipotrop xossalarga ega bo’lib, nafas jarayonini ta’minlovchi
fermentlar
tarkibiga kiradi. Bir kecha-kunduzda bolalarning ruxga bo’lgan ehtiyoji 0,3
mg/kg ni tashkil qiladi.
Yod va ftorga bo’lgan ehtiyoj aniq emas, vaholanki, ushbu unsurlar ham
muhim ahamiyatga ega. Masalan, yod qalqonsimon
bez gormonlarining hosil
bo’lishida qatnashsa, ftor suyak, ayniqsa, tish to’qimasi shakllanishi uchun
zarur.
Kobaltga
bo’lgan
ehtiyoj
kam
o’rganilgan.
G.N.Speranskiyning
ma’lumotlariga ko’ra, 1-3 yashar bolalarning bir
kecha-kunduzdagi kobaltga
bo’lgan ehtiyoji 0,008-0,010 mg ga teng.
Marganes choyda, sabzavotlar va boshqa o’simlik mahsulotlarida bo’ladi.
Bolalarning marganesga bo’lgan ehtiyoji 0,2-0,3 mg/kg, katta yoshdagi
odamlarniki – 0,1 mg/kg ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: