Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Azot retensiyasi kattaligining yoshga bog’liq holda o’zgarishlari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Azot retensiyasi kattaligining yoshga bog’liq holda o’zgarishlari
Yoshi
Ovqat bilan kirgan
azotga nisbatan %
hisobida
Yoshi
Ovqat bilan kirgan
azotga nisbatan %
hisobida
0-3 oylik
50,7
5-9 yosh
27,7
3-6 oylik
35,3
11-14 yosh
25,1
6-9 oylik
32,5
25-35 yosh
7,8
9-12 oylik
37,6
60-80 yosh
2,3
1-3 yosh
25,2
Organizmning azotni ushlab qolish qobiliyati butun o’sish davri davomida
saqlanadi. Bu qoidadan chaqaloq hayotining birinchi kunlari mustasno. Bola
tug’ilganidan keyin 48-72 soat davomida moddalar almashinuvi katabolik
xarakterga ega bo’ladi. Organizmning energetik ehtiyojlari qisman zahiradagi
glikogen, yog’lar va to’qima oqsillari hisobiga to’ldiriladi. Og’iz suti oqsillarga
boy bo’lsada, bu kunlarda ona suti uncha ko’p bo’lmaydi, sutdagi oziq moddalar
hazm tizimida yetarli darajada o’zlashtirilmaydi. Natijada chaqaloqning tana
massasi kamayadi, manfiy azot balansi kuzatiladi. Og’iz suti oqsillarini
o’zlashtirishda enterotsitlarning pinotsitoz faolligi ahamiyatli. Bu mexanizm


asosida qonga o’zgarmasdan o’tgan oqsillar buyrakda parchalanadi, degan fikr
ham bor. Azot retensiyasining qiymati ovqat ratsionidagi oqsillar miqdoriga va
sifatiga bevosita bog’liq. Ammo ratsiondagi oqsillar miqdori 5-6 g/kg dan ortsa,
organizmda azot retensiyasi ortmaydi. Ratsiondagi uglevodlar va yog’lar
miqdori ham bolalarda azot retensiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Ovqat tarkibida
uglevodlar yetarli bo’lmasa, energiya sarfini qoplash uchun oraganizmda
oqsillardan ko’proq foydalaniladi. Yog’lar azot retensiyasini biroz kamaytiradi.
Bolalarda azot muvozanati (katta yoshdagi odamlarga qaraganda) ratsiondagi
oqsillar miqdori nisbatan yuqori bo’lganda kuzatiladi. Azot retensiyasi sababli
bolalarning oqsillarga bo’lgan ehtiyoji kattalarga nisbatan ancha yuqori (27-
jadval).
27-jadval

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin