Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


O’sishga sarflanadigan energiya qiymati



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

O’sishga sarflanadigan energiya qiymati
Yoshi
Tana
massasi, kg
Tana
massasining
ortishi, g/sutka
Tana massasi ortishining energetik qiymati
kkal/sutka
kkal x kg
-1
/sutka
Asosiy
almashinuvga
nisbatan %
miqdorida
1 oy
3,9
30
146
37
71
3 oy
5,8
28
136
23
41
6 oy
8,0
20
126
16
28
1 yosh
10,4
10
63
6
11
5 yosh
17,6
5
32
2
4
14 yosh (qiz)
47,5
18
113
2
8
16 yosh
(yigit)
54,0
18
113
2
7
OVQATNING O’ZIGA XOS DINAMIK TA’SIRI
Bolalarda ovqatning o’ziga xos dinamik ta’siri katta yoshdagi odamlardagiga
nisbatan sustroq namoyon bo’lsada, uning kattaligi o’sish energiyasi qiymati
kabi bo’lib, bolalikning turli davrlarida asosiy almashinuvning 10-13 % ini
tashkil etadi. Bolalarda ham katta yoshdagi odamlardagidek asosiy almashinuv


ko’proq oqsilli ovqatlar hisobiga ortadi (15-18 % ga). Uglevodli ovqatlar
almashinuvni 10 % ga, yog’li ovqatlar esa 5 % ga oshiradi.
Katta yoshdagi odamda energiya sarfi ortishining darajasi oqsilli, uglevodli va
yog’li ovqat iste’mol qilingach 30 %, 15 % va 10 % ni tashkil etadi.
Ovqatning o’ziga xos dinamik ta’sirining jadalligi faqat oqsillar, yog’lar va
uglevodlar miqdoriga emas, balki ularning sifatiga ham bog’liq. Jumladan,
ovqatning o’ziga xos dinamik ta’siri sigir suti bilan boqilgan bolada sustroq
namoyon bo’ladi.
ISHCHI QO’SHIMCHALAR
Biror faollik uchun sarflanadigan energiya – energiya sarfining eng
o’zgaruvchan qismi hisoblanadi. Go’daklarda energiya sarfining bu qismi juda
ozdir. Bu davrda bolaning qichqirishi va yig’lashi uchun ketgan energiya sarfi
yaqqol namoyon bo’ladi. Jumladan, bola bezovtalanganda energiya sarfi 20-60
% ga, qichqirganda esa 200-300 % ga ortadi. Bola tinch o’tirganida, tik
turganida, bog’chadagi yoki maktabdagi mashg’ulotlarda qatnashganida
moddalar almashinuvi 20-50 % ga ortadi.
O’smirlik davrida energiyaning ko’p qismi harakatlar va muskul ishi uchun
sarflanadi. Masalan, o’rtacha harakatli o’yinlar chog’ida energiya sarfi asosiy
almashinuvdan 75-125 % ga, yurganda – 125-175 % ga, yugurganda va o’ta
harakatli o’yinlar vaqtida – 300-380 % ga ortiq bo’ladi.
Tana harotrati ko’tarilganda ham almashinuv ortadi (tana haroratining 1
0
C
ga ko’tarilishi energiya sarfini 14-16 % ga oshiradi).
Bolaning yoshi ortgan sari muskul ishiga sarflanadigan energiya miqdori ham
ortadi (25-jadval).
25-jadval

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin