Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Bolalarning oqsillarga bo’lgan ehtiyoji



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Bolalarning oqsillarga bo’lgan ehtiyoji
Yoshi
Oqsillar (g/kg)
1-3 yosh
3,4-4,0
4-6 yosh
3,0-3,5
7-11 yosh
2,5-3,0
12-15 yosh
2,0-2,5
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining birlashgan guruhi 1
yoshdan katta bolalar uchun oqsillarga bo’lgan ehtiyojning quyidagi
ko’rsatkichlarini keltiradi (28-jadval).
28-jadval
1 yoshdan katta bolalarning oqsillarga bo’lgan ehtiyoji haqida Jahon
sog’liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari
Yoshi
Oqsilga bo’lgan ehtiyoj (g/kg)
Optimal oqsil
Sifati past oqsil
1-3
1,19
2,02
4-6
1,01
1,68
7-9
0,88
1,46
O’g’il bolalar
10-12
0,81
1,35
13-15
0,72
1,24
Qiz bolalar
10-12
0,76
1,26
14-15
0,63
1,04


Sut, tuxum, go’sht, baliq oqsili optimalga yaqin hisoblanadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, azotning organizm tomonidan o’zlashtirilishi
oqsilning faqat miqdoriga emas, balki uning sifatiga ham bog’liq. Bunda
oqsilning 
aminokislota 
tarkibi, 
ayniqsa, 
almashtirib 
bo’lmaydigan
aminokislotalar nazarda tutilyapti. Yosh bolaga katta yoshdagi odamga
qaraganda 6 marta ko’p aminokislotalar kerakligi hisoblab chiqilgan. Ayniqsa,
leytsin, fenilalanin, lizin, valin, treonin kabi aminokislotalarga ehtiyoj katta.
Agar katta yoshdagi odam uchun 8 ta (leytsin, izoleytsin, lizin, metionin,
fenilalanin, treonin, triptofan va valin) aminokislatani almashtirib bo’lmasa, 5
yoshgacha bo’lgan bolalar uchun gistidin, bola hayotining dastlabki 3 oyida esa
sistin ham, jami 10 ta aminokislota almashtirib bo’lmaydigan hisoblanadi.
Emizikli davrida ona sutining oqsillari bola organizmining barcha
aminokislotalarga bo’lgan ehtiyojini to’la qondira oladi. Shuning uchun uch
oygacha faqat ona suti bilan boqilgan bolalarga 2,0-2,5 g/kg oqsil yetarli. Uch
oydan keyin qo’shimcha ovqat beriladigan bolalarning oqsillarga bo’lgan
ehtiyojini qondirish uchun 3,0-3,5 g/kg oqsil zarur. Sun’iy sutli aralashmalar
bilan boqilgan bolalarga bir kecha-kunduzda 3,5-4,0 g/kg oqsil berish kerak.
Bolalarda oqsillar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini organizmdan
chiqarib tashlashda ham o’ziga xos xususiyatlar mavjud. Katta yoshdagi
odamdan farqli ravishda, bolalarda oqsil tarkibidagi azot ko’proq ammiak
ko’rinishida ajratiladi.
UGLEVODLAR ALMASHINUVI
Uglevodlar mukopilisaxaridlar ko’rinishida biriktiruvchi to’qima tarkibiga
kiradi. Murakkab birikmalar (glikoproteidlar, lipopolisaxaridlar) ko’rinishida esa
hujayralarning tuzilma unsuri, shuningdek, ba’zi biologik faol moddalar
(fermentlar, gormonlar, immun tanachalar) ning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Uglevodlar asosiy energiya manbaidir: 1 g uglevod to’la oksidlanganida, 4 kkal
energiya ajraladi.
Bolalarda uglevodlar almashinuvi katta yoshdagi odamlardagiga nisbatan
jadal kechadi. Shu sababli bolalar jigari va muskullarida glikogen kamroq
to’planadi. Shu bilan bir qatorda, jigardagi glikogen zahirasining tezda
kamayishi, hamda oqsillar va yog’lardan uglevodlar hosil bo’lishining sustligi
kuzatiladi.
Bolalarning uglevodlarga bo’lgan ehtiyoji katta yoshdagi odamlardagiga
nisbatan yuqori bo’ladi (29-jadval).
29-jadval

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin