turib, yurishga o’rganganida va harakatlari keskin faollashganida (1-2 yoshda)
eng ko’p darajada ortadi.
Rubner bolalarda asosiy almashinuvning yuqoriligini ularda tana yuzasining
katta yoshli odamdagiga nisbatan kattaroq bo’lishi va buning natijasida issiqlik
yo’qotish ortiqligi bilan ham izohlagan. Bu “tana yuzasi qoidasi” deb
nomlanadi.
O’SISH ENERGIYASI
Katta yoshdagi odamdan farqli ravishda bolalarda energiyaning ko’pgina
qismi o’sish va rivojlanish uchun sarflanadi. Umumiy sarflanadigan
energiyaning 15 % ga yaqini bolaning o’sishi uchun sarflanadi (Tur A.F., 1971).
Ammo bolalarda tana vazni bir maromda ortmaydi. Tana vaznininf eng ko’p
ortishi (bir kecha-kunduzda 30 g dan) bola hayotining dastlabki 3 oyida
kuzatiladi. Bu davrda o’sish uchun sarflanadigan
energiya miqdori bir kecha-
kunduzda 140 kkal atrofida bo’lib, u asosiy almashinuv kattaligining taxminan
70 % ini tashkil qiladi. Shundan keyin o’sish jadalligi sustlashadi va osishga
sarflanadigan energiya miqdori kamayadi. Bola balog’at
yoshiga yetganda
ushbu ko’rsatkich yana ortadi (24-jadval).
24-jadval
Dostları ilə paylaş: