Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

BOLALARDA BUYRAK FAOLIYATINING
XUSUSIYATLARI
Buyrak gomeosatzni ta’minlovchi a’zolarning asosiylaridan biri. U ichki
muhit suyuqliklarining osmotik bosimini, ion tarkibini, kislota-asos muvozanati
va hajm doimiyligini saqlashda ishtirok etadi. Bulardan tashqari, buyrakka
ekskretor, metabolik va inkretor faoliyatlar xos. Bularning hammasi
koptokchalarda filtrlanish, kanalchalarda qayta so’rilish va sekretsiya, buyrak
parenximasida moddalarni sintezlash jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.
Ko’rsatilgan 
jarayonlarning 
bolalardagi 
samaradorligi 
moddalar
almashinuvining ehtiyojlariga, ichki va tashqi muhit o’zgarishlariga, moslashishi
darajasiga, buyrakning tuzilma-faoliy birligi – nefronning va ulardan tashkil
topgan bir butun buyrakning rivojlanishiga bog’liq.
CHAQALOQ BUYRAGI
Chaqaloqning buyragi yumaloq shaklda, yuzasi g’adir-budir, uzunligi 4,2 sm,
massasi 12 g atrofida bo’lib, u kattalardagiga nisbatan pastroq joylashgan.


Po’stloq modda yupqaroq va buyrak qalinligining 20-25 % ini tashkil qiladi
(kattalarda 40-50 %).
Yetilib tug’ilgan chaqaloq buyragida koptokchalar soni kattalardagiga teng
emas, ammo ular kichkina va zich joylashgan. Buyrak kesimining teng yuzasida
50 ta koptokcha uchrasa, kattalarda 7-8 ta koptokcha joylashgan. Kattalarda
koptokchaning diametri 200 mkm chamasida bo’lsa, chaqaloqlarda – 85 mkm.
Nefron kapsulasining visseral varag’i baland epiteliy hujayralari bilan
qoplangan, hamda koptokcha kapillyarlari oralig’iga botib kirmasdan, ustidan
qamrab olgan. Shuning uchun koptokchalarning filtrlanishni ta’minlovchi yuzasi
ancha kichik. Kanalchalar nisbatan kalta va ingichka. Chaqaloq buyragidagi
proksimal kanal diametri 18-36 mkm bo’lsa, voyaga yetganlarda 40-60 mkm dir.
Birlamchi siydik hosil bo’lishi – filtrlanish bir nechta omillarga bog’liq: filtr
(koptokcha kapillyarlari va kapsula devori) ning o’tkazuvchanligi va yuza
kattaligiga, filtrlanuvchu suyuqlikinig tarkibi va miqdoriga, samarali filtrlovchi
bosim miqdoriga.
Chaqaloq buyragidan oqib o’tadigan qonning nisbiy miqdori oz bo’lib,
minutlik hajmning faqat 5 % ini tashkil qiladi (kattalarda bu miqdor 20-25 %).
Chaqaloqda filtrlanish sodir bo’ladigan yuza kattalarga nisbatan 5 marta
kichik. Undan tashqari, filtrdagi poralar diametri 2 marta kichik. Demak,
chaqaloq buyragida filtrlanishga qarshilik katta.
Faqat samarali filtrlovchi bosim miqdori chaqaloqlarda yetarli desa bo’ladi,
chunki koptokcha kapillyarlarida qon gidrostatik bosimining pastroqligini
plazma 
kolloidlari 
hosil 
qiladigan 
onkotik 
bosimning 
kamligi
muvozanatlashtirib turadi.
Chaqaloq buyragidan oqib o’tadigan qon miqdorining ozligi, filtrlovchi
yuzaning kichikligi va qalinligi natijasida tana yuzasi birligiga hisoblangan
filtrat miqdori kattalardagidan 4-6 marta kam va o’rtacha 26 ml/min ni tashkil
qiladi. Chaqaloqlik davrining oxirida bu ko’rsatkich 40 ml/min ga yaqinlashadi.
Bu davrda filtrlanish jarayoni uyg’un emasligini, diurez miqdori kattalardagiga
nisbatan filtrlanish jadalligiga ko’proq bog’liqligini ta’kidlash zarur.
Chaqaloqlarda qayta so’rilish va moddalar sekretsiyasini ta’minlovchi
mexanizmlar ham takomillashmagan va ularning samaradorligi filtrlanish
samaradorligidan oz. Kanalchalarni qoplagan epiteliyning antidiuretik gormon
va aldosteronga nisbatan sezgirligi past.
Proksimal kanalchada glyukozaning maksimal reabsorbsiyasi (tana
yuzasining 1,73 m
2
ga hisoblaganda) 60 mg/min ga teng yoki kattalardagidan 5-
6 marta kam. Ammo chaqaloq qonida glyukoza miqdori kam, filtrat hajmi oz
bo’lgani tufayli, glyukoza deyarli to’la qayta so’riladi.
Chaqaloqlarda aminokislotalarning qayta so’rilishi to’la bo’lmasligi mumkin.
Organik moddalardan farqli o’laroq, natriyning qayta so’rilishi juda jadal.
Buning natijasida natriyning qondan chiqib ketish tezligi chaqaloqlarda
kattalardagidan 5 marta kam. Buyrakning natriyni kam miqdorda chiqarish
xususiyati murg’ak bolalar organizmida tez suv yig’ilib qolishining asosiy


sababidir. Kattalarda distal kanalchada suv va natriyning tashilishi nisbatan
mustaqil jarayonlardir. Chaqaloqlarda bu jarayonlar o’zaro bog’langan. Shu
sababli ular organizmiga ko’p miqdorda suv tushsa, diurez ko’payadi, ammo
ayni vaqtda natriyning ajralishi ham ortib, kation yetishmovchiligi rivojlanishi
mumkin. Ortiqcha suvni organizmdan chiqarib tashlash samaradorligi 5 kunlik
bolalarda ancha ortadi.
Chaqaloqlar buyragining siydikni quyultirish imkoniyati chegaralangan.
Ularda siydikning eng yuqori osmotik konsentratsiyasi 650 mosm/l dan
oshmaydi (kattalarda bu ko’rsatkich 1500 mosm/l ga yetishi mumkin).
Yangi tug’ilgan bolalar buyragi kanalchalarining rivoji yetarli emasligidan
moddalar sekretsiyasining sustligi ham dalolat beradi. Ularning qonidan
paraaminogippur kislotaning chiqib ketish tezligi kattalardagidan ikki marta
sust. Chaqaloqlarda penitsillinni sekretsiya yo’li bilan qondan siydikka
ajratadigan mexanizm faolligi ham juda sust.
Ammo vodorod ionlari sekretsiyasi bir haftalik bolalarda tana massasining 1
kg ga hisoblaganda, kattalardagiga teng, filtratning hajm birligiga hisoblaganda
esa uch barobar ko’p. Vodorod bu davrda asosan ammoniy tuzlari tarkibida
ajraladi, uning titrlanadigan kislota shaklidagi miqdori ancha oz.
Chaqaloqlar bir kecha-kunduzda ajratadigan siydik miqdorining chegarasi
ancha keng. Birinchi kunlar fiziologik oliguriya (siydik miqdorining ozligi)
kuzatiladi. Bola hayotining uchinchi kunidan diurez ortadi va haftaning oxirida
birinchi kundagiga nisbatan 7-8 marta ko’p va 60-65 ml/kg/24 soatni tashkil
qiladi (31-jadval). Bu miqdor katta yoshdagi odamning diurezidan 3-4 marta
ko’p.
31-jadval

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin