Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


BOLALARNING ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

BOLALARNING ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI
TIZIMI
Gormonlarning organizm faoliyatlari va gomeostaz mo’tadilligi uchun katta
ahamiyatga ega ekanligi isbotga muhtoj emas. Bolalar organizmi uchun ichki
sekretsiya muhim ahamiyatga ega, chunki endokrin bezlarning deyarli hammasi
o’sish va rivojlanishni boshqarishda ishtirok etadi. Ichki sekretsiya bezlari
tizimidagi biror-bir bez faoliyatining buzilishi butun tizim faoliyatini buzadi,
bolaning o’sishi va ruhiy rivojlanishiga kuchli ta’sir qiladi, o’zgaruvchan tashqi
sharoitga moslashishini qiyinlashtiradi, shikastlovchi omillarga qarshiligini
susaytiradi.
Bolalarning endokrin tizimi faoliyati katta yoshdagi odamlardagidan sezilarli
farq qiladi. Ba’zi bezlar ontogenezning o’sish davrida jadal faoliyat ko’rsatsa
(masalan, epifiz), boshqalari yetuklik davrida juda faol (masalan, jinsiy bezlar).
Katta yoshdagi odamlarda ichki sekretsiyaning buzilishi asosan moddalar
almashinuvida nuqsonlarni yuzaga chiqarsa, bolalarda jismoniy va ruhiy
rivojlanish, o’sishni juda qo’pol, ba’zan tuzatib bo’lmaydigan shaklda buzadi.
Shuning uchun endokrin bezlarning faoliyati pediatrlarning diqqat markazida
bo’lishi kerak.
GIPOTALAMUS
Gipotalamus – nerv va gumoral boshqaruv mexanizmlarini bog’lovchi
tuzilma. Uning ma’lum yadrolari gipofizning oldingi va orqa bo’laklari bilan bir


butun gipotalamo-gipofizar tizim shaklida faoliyat ko’rsatadi. Gipotalamusning
oraliq tepaligidan gipofizning darvoza tomirlari boshlanadi. Bu tomirlar oraliq
tepalikdan 
sal 
yuqoriroqda 
birlamchi 
kapillyarlar 
to’riga 
bo’lingan.
Gipotalamusning gipofizotrop sohasidagi neyronlarning o’siqlari birlamchi
kapillyarlar to’ri bilan aksovazal kontaktlar hosil qiladi. Kontaktlar orqali
neyronlarning mahsuloti bo’lmish liberin va statinlar qonga o’tadi. Darvoza
tomirlar adenogipofizda ikkilamchi kapillyarlar to’riga bo’linadi va gipotalamik
gormonlarni gipofiz hujayralariga yetkazadi. Gipofizning orqa bo’lagi esa
gipotalamusning supraoptik va paraventrikulyar yadrolari bilan aniq neyron
aloqaga ega. Ko’rsatilgan yadrolardagi neyrosekretor hujayralarda ikkita peptid
– oksitotsin va vazopressin sintezlanib, oqsil bilan birikkan holda akson bo’ylab
gipofizning orqa bo’lagiga oqib tushadi, hamda zaruratga qarab qonga o’tadi.
Gipotalamik neyrosekretsiyaning yoshga bog’liq o’zgarishlari to’g’risida
axborot juda oz. U ham bo’lsa hayvonlarda o’tkazilgan tajribalardan olingan.
Kalamushlar 
gipotalamusining 
kortikotropin-erkinlashtiruvchi 
faolligi
balog’atga yetish davrigacha oshib boradi, keyin esa keskin pasayib ketadi.
Gipofiz faolligining o’sish jarayonida o’zgarishi ko’proq tekshirilgan.
GIPOFIZ
Faoliyati gipotalamusning gipofizotrop sohasi bilan bog’liq bo’lgan
adenogipofiz yoki gipofizning oldingi bo’lagi bitta bez emas, balki boshqarilishi
alohida bo’lgan maxsus hujayralardan tashkil topgan oltita bez kompleksidir.
Gipofiz tarkibidagi hujayralarning hammasida maxsus zarrachalar bo’lib,
ulardagi oqsil yoki glikoprotein gormonlar ekzotsitoz yo’li bilan qonga o’tadi.
Gipofizar va platsentar gormonlar va topilganiga uncha ko’p vaqt bo’lmagan
endorfin va enkefalinlarni tashkil qiluvchi aminokislotalar ketma-ketligida
o’xshashlik bor. Balki bu gormonlar yagona o’tmishdosh molekulasidan kelib
chiqqandir. Shunga va ba’zi boshqa ma’lumotlarga asoslangan holda gipofizar,
platsentar va ularga o’xshash gormonlarning quyidagi tasnifi taklif qilingan.
Ular uch guruhga bo’linadi.
1-guruh. Kortikotropin turkumi. Hammasi peptid bo’lib, umumiy o’tmishdosh –
proopiomelanokortindan (m.m 31000) kelib chiqqan. Bu guruhni melanotsitlarni
stimullovchi gormon (MSG, m.m 1650), adrenokortikotrop gormon (AKTG,
m.m 4500), β-lipotropin gormon (β-LPG, m.m 9500), β-LPG dan kelib chiqqan
endorfin tashkil qiladi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin