Qalqonsimon bez. Qalqonsimon bez hujayralari yodni qondan ajratib olish
qobiliyatiga ega. Bu qobiliyat shunchalik yuqoriki, bez unchalik katta bo’lmasa
ham qonga tushgan yodning 20-40 % ini juda tez ajratib oladi. Bunda bez
tomirlaridan oqib o’tayotgan qon nisbiy miqdorining ko’pligi muhim
hisoblanadi.
Yodning
qondan
ajratib
olinishini
tireoid
hujayralar
membranasidagi yod nasosi ta’minlaydi. Nasos faoliyatini, umuman yodni
ajratib olib, uni gormonlar tarkibiga kiritilish jarayonini TTG rag’batlantiradi.
Qondan ajratib olingan yod tireoglobulin tarkibiga o’tadi. Tireoglobulin –
molekulyar massasi 67000 bo’lgan, ikki polipeptid zanjiriga ega oqsil. Uning
tarkibida 10 % gacha uglevodlar bor. Uni progormon deb hisoblasa bo’ladi.
To’la yodlangan va follikullarda saqlanadigan tireoglobulin tarkibiga
monoyodtirozin, diyodtirozin, tiroksin (T
4
) va oz miqdorda triyodtironin (T
3
)
kiradi.
Gormonlarga ehtiyoj oshganda tireotsitlarning apikal membranasi endotsitoz
yo’li bilan kolloidning bir nimtasini hujayra sitoplazmasiga o’tkazadi.
Lizosomal proteazalar tireoglobulinni aminokislotalar va uglevodlarga
parchalaydi. Gidroliz mahsuloti bo’lgan T
3
va T
4
bazal membrana orqali qonga
o’tadi va maxsus tashuvchi oqsillar bilan birikadi.
Tireoid gormonlar samarasini faqat erkin holdagi T
3
va T
4
yuzaga chiqaradi.
Erkin holdagi tiroksin miqdori 0,1 % chamasida. T
3
ning oqsillar bilan birikish
qobiliyati ancha past. Shu sababdan qalqonsimon bez sintezlaydigan T
3
ning
miqdori T
4
ga nisbatan 10 marta kam bo’lsa ham, qonda erkin T
3
ning
konsentratsiyasi T
4
nikidan faqat 2 marta kam. T
3
ning organizmda issiqlik
ishlab chiqarilishini jadallashtirish qobiliyati T
4
nikidan ancha yuqori ekanligini
e’tiborga olsak, T
3
ning tireoid gormonlarning umumiy samarasiga qo’shadigan
ulushi salmoqli ekanligi seziladi.
Tireoid gormonlar yetishmovchiligi va ularning ko’payib ketishi
organizmning deyarli hamma faoliyatlariga ta’sir qiladi. Bu gormonlar samarasi
to’g’risida gap yuritilar ekan, ularning differensirovka jarayoniga ta’siridan,
differensiatsiyalanib (rivojlanib) bo’lgan hujayra va to’qimalarga o’tkazadigan
ta’sirini farqlash kerak. Tireoid gormonlarning differensirovkaga ta’siri
amfibiyalar metamorfozasida yaqqol namoyon bo’ladi. Rivojlanib bo’lgan
hujayralarda gormonlar birinchi galda kalorigenezga (issiqlik ishlab
chiqarilishiga) ta’sir etadi.
Perinatal davrda qalqonsimon bez yuqori faollikka ega. Chaqaloq qonida
tireoid gormonlar miqdori bolalikning keyinga davrlaridagidan ancha ko’p. Erta
bolalikda boshlangan tireoid gormonlar yetishmovchiligi organizmning o’sishi
va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Birinchi galda MNT rivojlanishi va
faoliyat ko'’satishi keskin buziladi. Gipotireoz holati bolada qancha erta
rivojlansa va qancha uzoq davom etsa, uning salbiy ta’siri shuncha kuchli
bo’ladi. Yetishmayotgan gormon o’rni uzoq vaqt to’ldirilmasa, MNT da davolab
bo’lmaydigan o’zgarishlar kuzatiladi.
Gipotireozga uchragan bolaning o’sishi sezilarli darajada orqada qoladi,
tishlari kech chiqadi, suyaklarda kalsiy yig’ilishi sekinlashadi. Bolaning ruhiy
rivojlanishi orqada qolganligi tufayli, u atrofdagi narsalar bilan qiziqmaydi, aqli
zaiflashadi, o’qish-o’rganish qobiliyati sust bo’ladi. Skelet muskullarining
tonusi va kuchi pasayib ketadi. Ichki a’zolar faoliyati ham o’zgaradi: yurak
urishi sekinlashadi, qon bosimi pasayadi, hazm tizimi a’zolarining harakatlari
kuchsizlanadi va h.k.
Modda, xususan energiya almashinuvining o’zgarishlari gipotireoz holatida
yaqqol ko’zga tashlanadi. Asosiy almashinuv pasayib ketadi, qonda lipidlar, shu
jumladan xolesterin miqdori ortadi. Oqsillar almashinuvining o’zgarishi
natijasida to’qimalarda, ko’proq teri ostida shilimshiq modda – mutsin yig’ilib
qoladi. To’qima suyuqligining onkotik bosimi ortadi, to’qima va qon o’rtasida
suv almashinuvi buziladi, hamda shilimshiq shish – miksedema rivojlanadi.
Yuqorida aytganimizdek, erta bolalikda rivojlangan gipotireoz uchun ruhiy
rivojlanishning buzilishi xosdir. Shu sababdan bu holat kretinizm nomini olgan.
Bemor bola o’ziga xos tashqi qiyofaga ega bo’ladi: beti shaklsiz, kerkigan,
lablari qalin, burni kichkina va puchuq, qovoqlari shishgan, tishlari qiyshiq, tili
og’ziga sig’may, osilib turadi. Ko’pincha tana qismlarining nisbati o’zgaradi:
boshi va badani katta bo’lgan bir vaqtda, oyoq-qo’llari kalta bo’ladi. Bunday
bemorlar jinsiy rivojlanishdan keskin orqada qoladilar.
Qalqonsimon bez faoliyatining kuchayib ketishi tireotoksikozga olib keladi.
Bolalarda bu holat juda tez rivojlanadi va og’ir asoratlarni yuzaga chiqaradi.
Odatda bez kattalashadi va bo’qoq shakllanadi. Ba’zan tireotoksikoz bez
kattalashmasa ham rivojlanadi.
Bola qisqa vaqt ichida sezilarli darajada ozadi, ko’zlari chaqchayadi, ko’z
yirig’i kengayadi, yurak urish chastotasi 1 daqiqada 140-160 ga ko’tariladi,
yurak chegaralari kengayadi, EKG da qorinchalar kompleksining oxiri o’z
shaklini yo’qotadi. Gipertireozda ham ruhiyat o’zgarishlari yaqqol ko’zga
tashlanadi: bola juda yig’loqi, arazchang, injiq, behalovat bo’lib qoladi, xotirasi
zaiflashadi, diqqatini bir narsaga qarata olmaydi. O’qishda, tengdoshlari bilan
munosabatda qiyinchiliklar tug’iladi. Energiya almashinuvi jadallashadi,
oqsillar, yog’lar, uglevodlar almashinuvi sezilarli darajada o’zgaradi.
Qalqonsimon bez faoliyati gipotalamo-gipofizar tizim tomonidan qaytar
bog’lanish tamoyilida boshqariladi. Qonda tireoid gormonlar ko’payishi
natijasida gipotalamusdan tireoliberin ajralishi kamayadi. Buning natijasida
adenogipofizdan qonga TTG o’tishi sekinlashadi. TTG miqdorining qonda
kamayishi qalqonsimon bezdan qonga tireoid gormonlar o’tishini tormozlaydi.
Yakunlovchi samara qondagi T
3
va T
4
ortgan miqdorining me’yoriga
qaytishidan iborat bo’ladi. Agar tireoid gormonlarning qondagi miqdori
kamayib ketsa, tieroliberin va TTG lar sekretsiyasi tezlashadi. Natijada
qalqonsimon bez faoliyati yana me’yoriga qaytadi.
GONADOTROP GORMONLAR VA JINSIY BEZLAR
Adenogipofiz jinsiy rivojlanish va ko’payish uchun zarur gonadotrop
gormonlarni sintezlaydi. Bularga lyuteinlovchi gormon (LG), follikullarni
stimullovchi gormon (FSG), interstitsial hujayralarni stimullovchi gormon
(IHSG) kiradi. Aksariyat olimlarning fikricha, ayollarning LG i bilan
erkaklarning IHSG i o’rtasida farq yo’q.
Gipofiz shikastlanganidan yoki olib tashlanganidan keyin rivojlanadigan
gonadotrop gormonlar yetishmovchiligi ikkilamchi gipogonadizmga olib keladi.
Bolalarda bu holat rivojlansa, jinsiy bezlar umuman o’smaydi, balog’atga yetgan
shaxslarda jinsiy bezlar atrofiyaga uchraydi.
Gonadotrop
gormonlar
sintezi
va
sekretsiyasini
gipotalamusning
gonadotropin-rilizing gormoni (GnRG) boshqaradi. GnRG – o’nta aminokislota
qoldig’idan tashkil topgan dekapeptid.
Erkaklarning jinsiy bezi – moyak murakkab a’zo. U asosan ikki xil
hujayralardan tuzilgan Birinchi guruhni tashkil qiluvchi Leydig hujayralari
asosiy androgen (erkaklar jinsiy gormoni) – testosteronni sintezlaydi va qonga
ajratadi. Ikkinchi guruh urug’ kanalchalari hujayralaridan yoki germinativ
epiteliydan iborat. Bu hujayralarda gametogenez (spermatozoidlar rivojlanishi)
yuzaga chiqadi.
Testosteron sintezi va sekretsiyasi gipofizning LG ini rag’batlantiradi.
Xorionik gonadotropin ham Leydig hujayralariga shunday samara ko’rsatadi.
Gametogenez yoki spermatogenezni testosteron bilan gipofizning FSG ni
nazorat qiladi. Spermatogenez uzluksiz davom etishi uchun urug’
kanalchalarining oxirida testosteron konsentratsiyasi yuqori bo’lishi kerak.
Leydig hujayralari germinativ epiteliyga yaqin joylashganligi tufayli
gormonning mahalliy konsentratsiyasi yuqori bo’ladi va uning parakrin samarasi
yuzaga chiqadi. Bu samara spermatosoidlarni tashqariga olib chiquvchi
kanalchalar faoliyati me’yorida bo’lishi uchun muhim.
Androgenlarning ta’sir qilish doirasi juda keng bo’lib, spermetogenezni
nazorat qilish bilangina chegaralanib qolmaydi. Ular jinsiy bezlar MNT ning
farqlanishida (differensirovkasida) ishtirok etadi.
Ikkilamchi jinsiy belgilar (tashqi jinsiy a’zolar, ovoz tembri, teri va boshq.),
jinsiy axloq shakllanishi va saqlanishi ham testosteronga bog’liq. Bulardan
tashqari, androgenlar kuchli anabolik va umumiy metabolik samaraga ega. Ular
skelet o’sishini, skelet muskullari massasi ortishini, tanada teri osti yog’i
taqsimlanishini va boshqa almashinuv jarayonlarini nazorat qiladi.
Endi tug’ilgan o’g’il bolalar qonida testosteronning konsentratsiyasi qiz
bolalar qonidagidan yuqori. Bola hayotining birinchi haftasi oxirida jinsdan qat’i
nazar, gormon qonda aniqlanmaydi. Birinchi oyning oxiridan 4-7 oygacha
sog’lom o’g’il bolalar qonida testosteronning miqdori ortadi va erkaklar
qonidagi miqdorning yarminin tashkil qiladi. Bu davrda LG ning miqdori ham
ko’p bo’ladi. 6-7 oydan keyin androgenlar miqdori biroz kamayadi va
balog’atga yetish davrigacha ortmaydi.
Bola hayotining birinchi yarim yilida kuzatiladigan androgenlarning qonda
ko’payishi “testosteronning infantil chiqarib tashlanishi” nomini olgan. Uning
biologik ahamiyati noaniq.
6-10 yoshdan boshlab qonda FSG va LG miqdori sekin orta boshlaydi, FSG
ortishi tezroq kechadi. Moyaklar kattalashadi, ammo testosteronning qondagi
miqdori o’zgarmaydi. Gonadotropinlar qondagi miqdorining ortishi davom etadi
va 15 yoshga borib FSG ning, 17 yoshga borib LG ning miqdori kattalar
qonidagi miqdor bilan tenglashadi. O’spirin o’g’il va qizlarda uyqu bilan bog’liq
holda qondagi gonadotropinlar miqdorining keskin ko’payishi ko’zga tashlanadi.
Balog’atga yetish davrida qondagi gonadotropinlarning ko’payishi
gipofizning gonadotropin-rilizing-gormonlarga sezgirligi ortishi bilan bog’liq.
Bu davrda Leydig hujayralarining LG ga sezgirligi ham ortadi. Natijada
testosteron sintezi jadallashadi.
Bu gormonal o’zgarishlar moyaklar rivojlanishini, tana o’sishining
jadallashishini, jinsiy a’zo o’sishini va boshqa ikkilamchi jinsiy belgilar paydo
bo’lishini ta’minlaydi. Umumiy natija organizm o’z rivojida ko’payish bilan
bog’liq bo’lgan faoliyatlarni bajarish darajasigacha yetishdan iborat bo’ladi.
Androgenlar yetishmovchiligida kuzatiladigan o’zgarishlar bu holat
ontogenezning qaysi davrida rivojlanishiga bog’liq. Balog’atga yetishdan
oldingi davrlarda moyaklarni olib tashlanishi (axtalash) erkaklarga xos
fiziologik faoliyatlar va xatti-harakatlarning rivojlanmasligiga olib keladi.
Bunday
shaxslarning
soqol-mo’ylovi
o’smaydi,
tanadagi
tuklarning
taqsimlanishi va tuzilishi o’zgaradi, ovoz tembri bolalanikidek yuqoriligicha
qolaveradi. Teri ostidagi yog’ ayollarga xos holda (son va qorinning pastki
sohasida) taqsimlanadi. Skelet muskullarining umumiy massasi kam bo’ladi.
Ko’salarning terisi juda yumshoq, och sariq rangga ega, quyoshda kam
qorayadi. Skelet suyaklarining epifizi uzoq vaqt bitib ketmagani sababli
bolaning bo’yi ancha baland bo’ladi.
Androgenlarning ko’payib ketishi vaqtidan avval balog’atga yetishga,
o’sishning odatdagidan erta to’xtashiga va past bo’ylikka olib keladi.
Tuxumdonlar moyaklar kabi ikkita vazifani bajaradi. Birinchidan, ularda
tuxum hujayra yetiladi. Ikkinchidan, naslni davom ettirishni ta’minlovchi
tuzilmalar faoliyati uchun muhim bo’lgan bir guruh steroid va polipeptid
gormonlar sintezlanadi. Bu tuzilmalarni ko’payish a’zolarining o’zi (jumladan
bachadon), ikkilamchi jinsiy tuzilmalar va sut bezlari tashkil qiladi.
Ayollar tuxumdoni ishlab chiqaradigan asosiy estrogen – 17 β-estradioldir.
Homilaning ayol jinsli bo’lishi estrogenlar ta’siriga emas, androgenlar
yo’qligiga ko’proq bog’liq. Ammo estrogenlar qin va bachadonning to’la
rivojlanishi uchun zarur. Erta bolalik davrlarida qonga o’tadigan estrogenlar
miqdori juda oz. Bu miqdorda ular ko’payish a’zolarining o’sishini
rag’batlantira
olmaydi.
Ammo
tashqaridan
kiritilgan
gonadotropinlar
tuxumdonni faollashtiradi. Demak, kichik yoshdagi qiz bolalar bachadonining
tinch holatda bo’lishi gipofizning rag’batlantiruvchi ta’siri yo’qligidandir.
Balog’atga yetish davri boshlanishiga taxminan ikki yil qolganida qizlar
qonida buyrak usti bezi ajratadigan androgenlar miqdori ortadi. Ammo, bu
holatning fiziologik ahamiyati noaniq, chunki buyrak usti bezi po’stloq
qismining faoliyati juda sust bo’lganda ham balog’atga yetish jarayoni
me’yorida kechadi.
Qiz va o’g’il bolalarning balog’atga yetishini gipofizdan gonadotropinlar
sekretsiyasining ortishi boshlaydi. Gipofizning faollashishi esa gipotalamusdan
“buyruqning” bajarilishi natijasidir. Rilizing-gormonlar yordamida yuzaga
chiqadigan gipotalamusning gipofizga ta’sirini balog’atga yetish davri
boshlanguncha epifiz gormoni – melatonin tormozlab turadi. Bu vaqtga kelib
epifizning sekretor faoliyati sustlashadi va u ajratadigan melatonin miqdori
kamayib, tormozlovchi samarasi deyarli yo’qoladi.
Gipofizdan gonadotropinlarning ko’p miqdorda qonga o’tishi tuxumdondan
estrogen va androgenlar sekretsiyasini kuchaytiradi. Bu gormonlar ta’sirida qin,
bachadon, jinsiy bezlar, tashqi jinsiy a’zolar, chanoq, sut bezlarining o’sishi
tezlashadi. Ko’rsatilgan to’qima va a’zolarning o’sish tezligi tananing o’sish
tezligidan jadalroq bo’ladi.
Balog’atga yetish jarayoni 9-10 yoshdan boshlanadi. Qiz bolalarning ilk hayz
ko’rishi (menarxe) 12-13 yoshlarga to’g’ri keladi. Bundan avval qizlarda LG,
FSG va estrogenlarning qondagi miqdori ayollarning jinsiy sikliga yaqin
muddatlarda siklik ravishda o’zgara boshlaydi. Bu gormonlar qonda va siydikda
ko’payar ekan, yaxshi yetilgan Graaf pufakchasidan biri yorilib, undan tuxum
hujayra chiqadi. Oradan bir necha kun o’tgach, qiz birinchi marta hayz ko’radi.
Keyingi bir necha oy mobaynida jinsiy sikl muntazam takrorlanadigan va
ko’pincha tuxum hujayra paydo bo’lishi (ovulyatsiya) bilan o’tadigan bo’ladi.
Bu qizning balog’atga yetganidan dalolat beradi.
Turli iqlim va sharoitda yashovchi qizlarning hayz ko’rish muddatida farq
bo’lishi mumkin. Issiq hududlarda balog’atga yetish tezroq kechadi. Og’ir
jismoniy mehnat, ovqat sifati va miqdorining yetarli bo’lmasligi bu jarayonni
tormozlaydi.
Agar qiz bolalarning balog’atga yetish jarayoni tugamagan davrda
estrogenlar yetishmovchiligi rivojlansa, suyaklarning epifizar sohalarini
berkilishi kechikadi va bo’y me’yoridan ancha balandlashib ketadi.
Estrogenlarning ko’payib ketishi (bachadonda shish paydo bo’lishi
natijasida) qiz bolalarning vaqtidan avval balog’atga yetishiga olib keladi.
Naysimon suyaklarning epifizlari erta bitadi, o’sish jarayoni to’xtaydi.
GIPOFIZNING ORQA BO’LAGI (NEYROGIPOFIZ)
Gipofizning orqa bo’lagini bosh miyaning turk egarchasiga osilib tushgan
kichik qismi, deb hisoblasa bo’ladi. Somalari gipotalamusning supraoptik va
paraventrikulyar yadrolarida joylashgan neysosekretor hujayralarning tolalari
voronkasimoon oyoqcha orqali gipofizning orqa bo’lagiga o’tadi va ularning
oxirlari sekretni qonga o’tkazadigan sekretor apparatni hosil qiladi.
Supraoptik yadrodagi neyrosekretor hujayralar antidiuretik gormon (ADG)
yoki vazopressinni sintezlaydi. Paraventrikulyar yadroning neyrosekretor
hujayralari oksitotsinni hozil qiladi. ADG organizmda suvni saqlab qolib, ichki
muhit suyuqliklarining osmotik bosimi doimiyligini ta’minlashda juda muhim
ahamiyatga ega. Bu gormin qon hajmining doimiyligi va arterial qon bosimining
mo’tadilligini saqlashda ham ishtirok etadi.
Oksitotsin sut ajralishi va bachadon silliq muskuli qisqarishini boshqaradi.
ADG va oksitotsin tuzilishi bir-biriga yaqin bo’lgan oktapeptidlardir. ADG
yuqori faollikka ega. Sof gormonning 0,2 ng miqdori odamda yaxshi antidiuretik
ta’sir ko’rsatadi, 0,1 mkg miqdorda ADG yuborilsa, maksimal samara
kuzatiladi.
ADG asosan uch tipdagi hujayralarga ta’sir qiladi: 1) buyrak
kanalchalarining hujayralariga; 2) tomirlardagi silliq muskul hujayralariga; 3)
jigar hujayralariga.
Gormonning buyrakka ta’siri suvning distal kanalchadagi va yig’uvchi
naychalardagi gipotonik siydikdan qayta so’rilishini rag’batlantirib, uni
organizmda saqlab qolishdab iborat. ADG tomirlarning silliq muskuliga ta’sir
qilib, qon yo’qotilganda arterial bosimning pasayib ketishini oldini oladi,
umuman bosim me’yorida bo’lishini ta’minlashda boshqa mexanizmlar bilan
birgalikda ishtirok etadi. Jigarda ADG glyukagon kabi glikogenoliz va
glyukoneogenezni rag’batlantiradi.
Supraoptik yadro va undan gipofizga o’tuvchi tolalar yoki bezning orqa
bo’lagi shikastlansa (masalan, gripp virusi ta’sirida), ADG yetishmovchiligi
rivojlanadi. Bu holatda distal kanalchada va yig’uvchi naylarda suvning qayta
so’rilishi sustlashib ketadi va bir kunda ajraladigan siydik miqdori 15-20 l ga
yetadi. Chanqov zo’rayadi, odam ichadigan suvning miqdori ham 15-20 l ga
yetadi. Siydikda qand aniqlanmaydi. Bu kasallik qandsiz diabet deyiladi. Distal
kanalchalarni qoplagan hujayralarni ADG ga sezgirligining yo’qolishi ham
qandsiz diabetga olib keladi.
Qandsiz diabet bolalarda ham uchraydi. Bu kasallik bilan og’rigan
bolalarning o’sishi va balog’atga yetishi sekinlashadi, ular juda injiq bo’ladilar,
ovqatdan voz kechib, faqat suv talab qiladilar. Bunday bolalarning xotirasi
zaiflashadi, chunki ADG ma’lumotni uzoq muddatli xotirada saqlash va kerak
bo’lganda eslash jarayonlariga ta’sir qiladi.
Endi tug’ilgan bolalarda ADG-distal kanalchalar tizimi faoliyati yetarli
darajada emasligi alomatlarini ko’rish mumkin. Ular ajratadigan siydikning
osmolyar konsentratsiyasi juda past, tana massasi birligiga nisbatan hisoblangan
hajmi kattalarnikidan 3-5 marta ko’p. Bunga gipofizda gormon sekretsiyasining
kam bo’lishi yoki distal kanalcha va yig’uvchi naylar epiteliyining ADG ga
sezgirligining pastligi yoki bularning ikkalasi ham sabab bo’lishi mumkin.
Morfologik tekshirishlar natijasiga qaraganda, chaqaloq gipofizidagi ADG
ning miqdori kattalarnikidan ancha kam. Ammo 3-4 kunlik bolalar siydigining
antidiuretik faolligi katta yoshdagilarnikidan past emas. Demak, chaqaloq
gipofizi qonga yetarli miqdorda ADG ajratishi mumkin. Faqat gormon
sekretsiyasini jadallashtiruvchi rag’batning bo’sag’asi juda yuqori: katta
yoshdagi odamlarda plazma osmotik konsentratsiyasining 2 % ga ortishi ADG
sekretsiyasini maksimal darajada oshiradi. Chaqaloq qonining osmolyarligi 10
% ortsa ham, gormon ajralishi sezilarli darajada ko’paymaydi.
Emizikli davrida ADG ning qondagi miqdori ancha kam. Bola bir yoshga
to’lganida bu miqdor kattalardagiga yaqinlashadi.
Qon plazmasi osmotik bosimining ortishi ADG sekretsiyasini tezlashtiradi.
Organizmda suv miqdorining ko’payishi (masalan, suv yuklamasi natijasida)
gormon
ajralishini,
aksincha,
kamaytiradi.
Qon
yo’qotilishi
ADG
sekretsiyasining eng kuchli stimulidir. Ko’rsatilgan o’zgarishlar osmo- va
volyumoretseptorlardan yuzaga chiqadigan reflekslar natijasidir.
Oksitotsinning gipotalamusda sintezlanishi, neyrofizin bilan birikkan holda
gipofizning orqa bo’lagiga oqib tushishi, bu zahiradan qonga o’tishida ADG ga
nisbatan farq yo’q. Ammo bu gormonlarning qonga o’tishi mustaqil jarayin:
ADG ni qonga o’tishini rag’batlantiruvchi omillar oksitotsin sekretsiyasiga ta’sir
qilmaydi va aksincha.
Sut ajralishini tezlashtirish oksitotsinning asosiy biologik samarasi. Bola
onasini emganda, ko’krak so’rg’ichidagi retseptorlarning qo’zg’alishi natijasida
bezda yig’ilib qolgan sutni yurik yo’llarga va yig’uvchu sisternalarga
haydalishini ta’minlovchi mioepitelial hujayralar reflektor yo’l bilan qisqaradi.
Bolalarda oksitotsin ma’lum darajada antidiuretik samara ko’rsatadi.
FAOLIYATI GIPOFIZ TOMONIDAN BOSHQARILMAYDIGAN
BEZLAR
|