kislotalari manbaigina bo’lib qolmay, ularning oksidlanishini ta’minlaydigan
a’zo vazifasini ham bajaradi. Qo’ng’ir yog’ to’qimasi kuraklar oralig’ida, bo’yin
va ensa sohasida, hamda ichki a’zolar atrofida joylashgan. Past haroratda asosan
noradrenalin ta’sirida bu to’qimadan erkin yog’ kislotalari qonga o’tadi va
issiqlik ishlab chiqarilishini jadallashtiradi.
Bola hayotining birinchi yili davomida katexolaminlar sekretsiyasi va siydik
tarkibida ularning ekskretsiyasi ortadi. Bir yoshdagi
bolalarning bir kecha-
kunduzgi siydigida 62 nmol noradrenalin va 7 nmol adrenalin ajraladi.
Uch yoshgacha bo’lgan davrda katexolaminlar ekskretsiyasining kun va
tungi, hamda fasllarga bog’liq sikli shakllanadi. Kechasi adrenalin juda oz
ajraladi.
Bahor
faslida
katexolaminlar
ekskretsiyasi
kuchayadi.
Bu
gormonlarning ajralishi bolaning harakatchanligiga,
hissiyotlarning kuchiga va
boshqa omillarga bog’liq.
Bolalarda ko’proq uchraydigan feoxromatsitoma (xromaffinn to’qimadan
rivojlangan o’sma) organizmda katexolaminlar ko’payib ketishiga sabab bo’ladi.
Bu holatda arterial qon bosimi turg’un ko’tariladi, ko’z tubidagi tomirlar devori
tez o’zgaradi, to’r parda shikastlanadi, bolaning ko’rish qobiliyati keskin susayib
ketadi. Tutqanoqsimon xurujlar, akashak bo’lishlar kuzatiladi. Bu kasallikka
uchragan bolalarning deyarli hammasiga diareya – ich ketish xos.
Tabiiy sharoitda katexolaminlar yetishmovchiligi kuzatilmaydi.
ME’DA OSTI BEZINING ENDOKRIN FAOLIYATI
Dostları ilə paylaş: