Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Tireotrop gormon. Adenogipofizning tireotrop gormoni (TTG) molekulyar
massasi 29000 bo’lgan glikoproteindir. Bu gormon qalqonsimon bez
follikulalarini hosil qiluvchi follikulyar hujayralar rivojlanishiga ta’sir qiladi.
TTG follikulyar hujayralarni uzluksiz rag’batlantirib, ularning faoliyati bir
me’yorda bo’lishini ta’minlaydi. Gormon yo’q bo’lgan sharoitda tireoid
hujayralar qondan yodni yig’ib olish qobiliyatini qisman saqlab qoladi, ammo
tireoid gormonlarning sintezi va sekretsiyasi keskin tormozlanadi.
TTG ta’sirida ikki bosqichni ko’rish mumkin. Avval RNK sintezi
tezlashishiga muhtoj bo’lmagan jarayonlar jadallashadi. Keyingi bosqichda
hujayralar o’sadi, mitotik faollik paydo bo’ladi va hujayralar bo’linadi. TTG
ta’sirida qalqonsimon bez faoliyati o’ta kuchayib ketishi ham mumkin.
TTG follikulyar hujayralar membranasidagi o’zining retseptorlari bilan
bog’lanib, TTG-retseptor kompleksini hosil qiladi. Bu kompleks kamida to’rtta
vositachi yordamida (sAMF, inozitoltrifosfat, diatsilglitserol va Ca
2+
-kalmodulin
kompleksi) biologik javob reaksiyalarini yuzaga chiqaradi. Birinchi galda, bu
morfologik o’zgarishlardir. Tireoid hujayralar juda yaqqol qutblangan. Apikal
yuzasida mavjud juda ko’p mikrovorsinkalarga kolloid zahiralari yaqinlashgan.
Hujayraning bazal yuzasi kapillyarlardagi qon bilan muloqotda.
TTG ta’siri boshlanishi bilan hujayraning apikal qismida kolloid tomchilari
paydo bo’ladi. Tomchilarni kolloidning bir qismini o’z ichiga qamrab olgan
mikrovorsinkalar membranasi hosil qiladi. Kolloid tomchilari bazal membrana
tomon harakatda lizosomalar bilan to’qnashib, ular bilan qo’shiladi va natijada
fagolizosomalar paydi bo’ladi. Fagolizosomalarda tireoglobulin parchalanadi va
qalqonsimon bez gormonlari (asosan tiroksin, qisman triyodtironin) erkin holda
avval sitoplazmaga, keyin qonga o’tadi. TTG faqat tireoglobulin gidroliziga
emas, yod almashinuvining barcha bosqichlariga rag’batlantiruvchi ta’sir
ko’rsatadi.
TTG uglevodlar va fosfolipidlar almashinuvida sezilarli darajada qatnashadi.
Uning ta’sirida glyukoza o’zlashtirilishi va kislorod sarfi ortadi, fosfolipidlar
sintezi tezlashadi.


Demak, qalqonsimon bezning yuqori darajada ixtisoslashgan hujayralari
TTG ta’siriga zahiradagi tireoglobulin gidrolizini tezlashishi, tireoid gormonlar
sekretsiyasining jadallashishi va yodni to’plash hamda organik moddalar
tarkibiga o’tkazilishining faollashishi bilan javob beradi. TTG uzoq vaqt ta’sir
qilsa, bez hujayralari gipertrofiyaga uchrab, bo’linadi.
TTG yetishmovchiligi gipotireoid holat rivojlanishiga olib keladi. TTG
sekretsiyasi oshib ketishi tufayli rivojlanadigan tireotoksikoz ham uchrab turadi.
Adenogipofizdan TTG ajralishining gipotalamik mexanizmlar orqali
boshqarilishi chaqaloqlarda yetarli darajada shakllangan bo’ladi. Bola
hayotining 
birinchi 
yili 
davomida 
gipotalamusda 
TTG 
sintezlovchi
hujayralarning rivojlanishi davom etadi, ularning soni ko’payadi. Birinchi
bolalik davrida TTG ning gipofizdagi miqdori ortib oradi. Osish jarayonida
gormon sekretsiyasi ikki marta (bola tug’ilishi bilanoq va balog’atga yetish
davridan avval) sezilarli darajada ko’payadi. Birinchi ko’payish chaqaloqning
yangi sharoitda yashashga moslashishi uchun zarur bo’lsa, ikkinchisi balog’atga
yetish davrida organizm gormonal holati jiddiy o’zgarishining bir qismi uchun
kerak bo’ladi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin