Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Bolalarda endogen kreatinin klirensining ko’rsatkichlari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Bolalarda endogen kreatinin klirensining ko’rsatkichlari
Bolaning
yoshi
Klirens
(ml/min)
Kattalardagiga
% nisbatda
Bolaning
yoshi
Klirens
(ml/min)
Kattalardagiga
% nisbatda
1 kun
10
7,5
6 oy
55
70
1 oy
28
40
12 oy
65
85
2 oy
30
45
1 yoshdan
katta
100
100
3 oy
37
50
Kattalar
100
100


Keyin filtratsiyaning ko’payishi bir me’yorda bo’lib, emizikli davri
tugaganida uning tezligi kattalardagiga tenglashadi.
Emizikli davrida filtrlanish keskin ortishining sabablari bir nechta: buyrak
massasi ko’proq po’stloq modda hisobiga uch marta ortadi, filtrlanishni
ta’minlovchi yuza maydoni kattalashadi, buyrakdan oqib o’tadigan qon miqdori
ko’payadi. Natijada bir yil davomida buyrakning filtrlash qobiliyati
kattalarnikidan farq qilmaydi.
Bola hayotining birinchi yili davomida nefron kanalchalari juda jadal o’sadi.
Proksimal kanalchalarni qoplagan epiteliy hujayralari balandlashadi, ularning
lyuminal (apikal) membranasida mikrovorsinkalar paydo bo’ladi, sitoplazmatik
fermentlar faolligi ortadi. Natijada nefronning bu qismida reabsorbsiya jarayoni
jadallashadi. Masalan, glyukoza reabsorbsiyasining maksimal miqdori
chaqaloqlarda 60 mg/min bo’lsa, emizikli davrida 170 mg/min gacha ortadi, 14
yoshgacha bo’lgan bolalarda 304 mg/min ni tashkil qiladi. Kattalarda bu
ko’rsatkich 300-375 mg/min ga teng.
Emizikli davrida aminokislota va oqsillarning proksimal kanalchada qayta
so’rilishi ham takomillashadi va to’la reabsorbsiyalanish darajasiga yetadi.
Distal kanalchalarda natriy va xlor qayta so’rilishining tezligi emizikli
devrida ham juda yuqoriligicha qolaveradi. 1,5 yashar bolalarda ham bu
ionlarning oxirgi siydikdagi konsentratsiyasi katta yoshdagi odamlardagidan
kam bo’ladi.
Bolalarda buyrakning siydikni quyultirish qobiliyatining past bo’lishi Genle
qovuzlog’ining kaltaligiga va burab teskari oqizuvchi mexanizm yetarli darajada
rivojlanmaganiga bog’liq. Bola hayotining birinchi va ikkinchi yili davomida
kanalchalarning bo’yiga va eniga tez o’sishi yuqori osmotik konsentratsiyaga
ega bo’lgan siydik ajralishini ta’minlaydi.
Chaqaloq buyragi fiziologik sharoitda kislota-asos muvozanatina saqlab
qolish uchun zarur bo’lgan miqdorda vodorod ionlarini sekretsiya yo’li bilan
ajratishini ko’rgan edik. Emizikli davrida moddalar sekretsiyasini ta’minlovchi
mexanizmlar ham takomillashadi. Ikki yoshga to’lgan bolalarda aminogippur
kislota va penitsillin sekretsiyasining tezligi deyarli kattalardagiga teng bo’ladi.
Bolalar buyragining rivojlanishi va faoliyatining takomillashishida tashqi
nervlarning ahamiyati juda katta. Yosh hayvonlarda buyrakni nervsizlantirish
a’zoning atrofiyalanishiga olib keladi. Emizikli davrida buyrak faoliyatining
gormonal boshqarilishi shakllanmagan bo’ladi. Bir-ikki oylik bolalarda
gipofizning antidiuretik faolligi kattalardagi ko’rsatkichga teng bo’lsa ham, bir
yashar bolalarda bu gormon siydik miqdorini sezilarli darajada kamaytirmaydi.
Bunga buyrakning tuzilishi va faoliyati hali yetarli darajada takomillashmagani
sabab bo’ladi. Bola 5-7 yoshga to’lib, koptokcha va kanalchalar rivojlanishi
tugaganida, gormonal boshqaruv mexanizmlarining shakllanishi nihoyasiga
yetadi.


Keltirilgan ma’lumotlar ontogenezda buyrak morfologik va funksional
jihatdan boshqa a’zolarga nisbatan ertaroq rivojlanishini ko’rsatadi.
SIYDIK TARKIBI VA AJRALISHI
Siydik hosil qiluvchi mexanizmlarning takomillashishi, bir tomondan,
bolaning hayot tarzini o’zgarishlariga, ikkinchi tomondan, o’sish jarayonida
oxirgi siydik miqdori va tarkibining o’zgarishiga olib keladi. Bunda siydik
ajratish tartibi ham o’zgaradi.
Siydik tarkibining asosiy o’zgarishlari osmotik konsentratsiyaning ortishi,
siydikchil, kreatinin, natriy xlor miqdorining 2-3 baravar ko’payishi, siydik
kislotasi, kaliy va fosfat tuzlari ajralishining kamayishidan iborat bo’ladi.
Olti oygacha bola kuniga 20-25 marta siysa, bir yoshdan keyin siydik
ajratishlar soni kamayadi va 3-5 yashar bolalar 10 marta, 10-12 yashar bolalar 5-
6 marta siyadi. Bola 2 yoshga to’lgandan keyin qovuqni bo’shatish ixtiyoriy
jarayonlar qatoriga o’tadi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin