Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


Bolalarning uglevodlarga bo’lgan bir kecha-kunduzlik ehtiyoji



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

Bolalarning uglevodlarga bo’lgan bir kecha-kunduzlik ehtiyoji
Yoshi
Mutloq miqdori
Nisbiy miqdor


(g)
(g/kg)
Emizikli davr
113
13-14
1-3 yosh
193
15-16
4-7 yosh
287
13-14
8-13 yosh
370
10-11
Katta yoshdagi
400
Bolalar ovqatlanish ratsionidagi uglevodlar zimmasiga to’g’ri keluvchi ulush
ko’p jihatdan ularning yoshiga bog’liq. Bola hayotining birinchi yilida
kaloriyaga bo’lgan ehtiyojni qoplovchi uglevodlar miqdori 40 % ni tashkil etadi.
1 yoshdan so’ng u 60 % gacha ortadi.
Uglevodlar organizmda aerob va anaerob yo’l bilan parchalanadi. Chaqaloq
va murg’ak bolalar to’qimalarida anaerob parchalanish yuqori tezlikka ega.
O’sish jarayonida glikoliz sekinlashadi. Faqat ba’zi to’qimalarda, masalan,
skelet muskullarida anaerob parchalanish yuqoriligicha qolaveradi.
Aerob jarayonlarda hammadan avval pentoz sikl faollashadi. Bu siklda
ishtirok etadigan fermentlar faolligi bola hayotining ikkinchi haftasida orta
boshlaydi.
Bola tug’ilganidan keyin bir necha soat o’tgach, homiladorlikning oxirgi
oylarida jigarda to’plangan glikogen parchalanib, qonga o’tadi va organizmning
energiya sarfini qoplashga ishlatiladi. Tug’ilish oldida turgan homila jigarida
glikogen konsetratsiyasi 10 % ga yaqin bo’lsa, 1 kunlik chaqaloqda 1 % ni
tashkil qiladi, muskullarda esa 3 % dan ortmaydi. Glikogenning jigardagi
zahirasi bola 3 oylik bo’lgunicha tiklanmaydi.
Chaqaloq organizmidagi glikogen zahirasi sarflanib ketishi natijasida qonda
glyukoza miqdori 25-26 mg % gacha pasayib ketadi. Katta yoshdagi odamda
gipoglikemiyaning bunday darajasi komaga olib keladi.
Glyukozaning qonda kamayishi glikogenolizni tezlashtiruvchi glyukagonning
qonga o’tishini ko’paytiradi, glyukoneogenezni yuzaga chiqaradigan fermentlar
faolligini oshiradi. Adrenalin, AKTG va kortikosteroidlar ham chaqaloq qonida
glyukoza konsentratsiyasini oshiradi. Bularning ta’sirida bola hayotining
birinchi o’n kuni davomida glyukoza miqdori asta-sekin ortadi va chaqaloqlik
davrininf oxirida 40-50 mg % ni, emizikli bolalarda 70-80 mg % ni, 7-8 yoshda
– 80-100 mg % ni va 12-14 yoshda 90-120 mg % ni tashkil etadi. Ammo
iste’mol qilinadigan uglevodlar miqdori kam bo’lsa, bola 7 yoshga to’lgunicha
gipoglikemik reaksiya rivojlanish ehtimoli saqlanib qoladi.
Sinama tariqasida qonga yuboriladigan glyukozani o’zlashtirish qobiliyati
(glyukozaga nisbatan tolerantlik) chaqaloqlarda past. Ularda venaga yuborilgan
glyukozaning yarmi 50 daqiqada qonni tark etsa, kattalarda bu vaqt 25 daqiqaga
teng. Ammo bu qobiliyat tez o’sadi va 10 kunlik chaqaloqlarning glyukozaga
tolerantligi kattalarnikidan farq qilmaydi. Emizikli bolalarning glyukozaga
tolerantligi kattalarnikidan 2 marta yuqori bo’ladi va o’smirlik davrigacha
yuqoriligicha qolaveradi.


Glyukozaga nisbatan tolerantlik darajasi glyukoza yuklamasiga javoban faqat
qonda insulin miqdori ortishiga bog’liq emas. Chaqaloqlarda chindan ham
glyukoza yuborilgandan so’ng qonda insulin miqdori oshmaydi. Bunday
reaksiya bola 2 yoshga to’lgunicha saqlanib turadi. Olti yashar bolalarda
glyukoza sinamasi insulinemiyaga olib keladi.
Ba’zi pediatrlar kichik yoshdagi bolalarda qonga yuborilgan glyukoza tez
yo’qolishiga asoslanib, bu davrda insulyar apparat yetarli darajada faollikka ega
va bolalrga ko’p miqdorda qand berish mumkin, degan fikrni bildiradilar.
Ammo kichik yoshdagi bolalarda Shtraub-Traugott sinamasi (glyukoza
eritmasini qonga ketma-ket ikki marta yuborish) glyukozaning qondan
kattalardagiga nisbatan kechikib yo’qolishini ko’rsatadi. Demak, murg’ak
bolalarning glyukozani tez o’zlashtirish imkoniyatlari chegaralangan. Shu
sababdan haddan tashqari ko’p qand iste’mol qilish me’da osti bezining inkretor
apparatiga og’irlik qiladi va uning faoliyati buzilishiga olib keladi. Bundan
tashqari, shirinliklar tishlarning emal qavati uchun ham xavflidir.
YOG’LAR ALMASHINUVI
Odam organizmida yog’lar protoplazmatik va zahiradagi yog’ sifatida
uchraydi. Protoplazmatik yog’ har qaysi hujayraning tuzilma-tarkibiy qismidir.
Bunday yog’ mitoxondriya, mikrosoma, yadrolar va sitoplazmada bo’ladi.
Protoplazmatik yog’ miqdori va sifati juda turg’un bo’lib, ovqat umuman
iste’mol qilinmaganda ham, semirib ketganda ham o’zgarmaydi. Uning miqdori
organizmda bor yog’ning 25 % ini tashkil qiladi.
Zahiradagi yog’ miqdori o’zgaruvchan, kerak bo’lganda bu yog’ energiya
sarfini qoplashga ishlatiladi. Ovqat ko’p iste’mol qilinganda, uning miqdori
ortadi. Zahiradagi yog’ miqdori odatda tana massasining 10-20 % ini tashkil
qiladi. Teri ostida, charvida, buyrak, yurak va ko’z soqqasi atrofida yig’ilgan
yog’ ichki a’zolarni mexanik shikastlanishdan va sovuqdan saqlaydi.
Yog’lar organizmda quyidagi jarayonlar uchun zarur:
1. Hujayraning tuzilma-tarkibiy qismi sifatida; 2. Zahirada saqlanadigan
energiya manbai; 3. Energiyaning tashiladigan shakli; 4. Himoya vazifasini
bajarish; 5. Organizmning ba’zi faoliyatlarini yuzaga chiqarish uchun.
Tarkibida yog’ kislotalari bo’lgan oddiy yog’lar (neytral yog’lar, mumlar),
murakkab yog’lar (fosfolipid va glikolipidlar) va izoprenning xosilalari (steroid
va karotinoidlar) ajratiladi.
Chaqaloqning yog’ to’qimasi gistologik tuzilishi va kimyoviy tarkibi bilan
kattalarnikidan farqlanadi. Tana massasi 3500 g bo’lgan chaqaloq tana
massasining 16 % ini yog’ tashkil qiladi. Bu yog’ning anchagina qismi qoramtir
yog’ga to’g’ri keladi. Qoramtir yog’ issiqlik ajratadigan a’zo sifatida
termoregulyatsiyada faol qatnashadi. Chaqaloq va emizikli bolalar yog’i
tarkibida asosan to’yingan yog’ kislotalari uchraydi.


Bola hayotining birinchi yili davomida yog’ hujayralari maksimal darajada
ko’payadi va kattalashadi. Natijada tanada yog’ miqdori 28 % gacha ortadi.
Yog’ to’qimasining tarkibi ham o’zgaradi. Chaqaloqning yog’ to’qimasida
lipidlar miqdori 35,5 %, suv miqdori 56,5 % bo’lsa, kattalarda bu nisbat teskari
– lipidlar miqdori 71,7 %, suv miqdori 26,3 % ga teng.
O’sish jarayonida yog’larda to’yinmagan yog’ kislotalarining miqdori oshib
boradi. Bola 5 yoshga to’lganida yog’ to’qimasining tarkibi kattalarnikiga
yaqinlashadi.
Bola tug’ilganidan keyin hayotiy faoliyatlar uchun sarflanadigan energiya
miqdori keskin ortadi. Ovqat bilan yetkaziladigan energiya miqdori birinchi
kunlar oz bo’lib, asosiy almashinuvni qoplashga ham yetmaydi. Chaqaloq
organizmi bu vaqtda energiyaning endogen manbalarini ishlatishga majbur.
Uglevodlar zahirasi juda oz bo’lib, qisqa vaqtda tugaydi. Endi yog’lar sarflana
boshlaydi. Natijada yog’ to’qimasi va qon plazmasida efirlanmagan yog’
kislotalari va glitserin miqdori ortadi. Bola hayotining birinchi soatlari va
kunlari davomida AKTG va adrenalin lipolizni jadallashtiradi.
Zahiradagi yog’lar bola ilk bor onasini emgunicha yuqori tezlikda
parchalanadi.
Emizikli davrida yog’ zahirasi tiklanadi, lipoliz sekinlashadi, hamda qonda
glitserin va efirlanmagan yog’ kislotalarining miqdori kattalarnikidan oz bo’ladi.
Bolalarda yog’ almashinuvi jadal bo’lgan a’zolarga miya kiradi. Miya tez
o’sadigan a’zolardan biri hisoblanadi. Bola bir yoshga to’lganida uning miyasini
massasi katta yoshdagi odam miyasi massasining 80 % ini tashkil qiladi. Miyada
lipidlarning yetarli miqdorda sintezlanishi nerv tolalarining miyelinlanish
davrida juda muhim. Akson va dendritlar o’sishi va miyelin bilan qoplanishi
natijasida miyada lipidlar miqdori 2-3 marta ko’payadi.
Chaqaloq miyasining oq va kulrang moddasidagi lipidlar miqdorida deyarli
farq yo’q. O’sish jarayonida lipidlarning oq moddadagi miqdori asosan
serebrozidlar hisobiga 3,8 marta ko’payadi, kulrang moddada kam o’zgaradi.
Fosfolipidlar sintezining kamayishi (masalan, kretinizmda) nerv tolalari
miyelinlanishini, o’pkada surfaktant shakllanishini izdan chiqaradi va og’ir
oqibatlarga olib keladi.
Qon plazmasidagi yog’lar miqdori va tarkibi lipidlar almashinuvining
axborotli ko’rsatkichidir. Chaqaloq qonidagi lipidlar miqdori ona qonidagi
miqdorning 1/3 qismini (1,7-4,5 g/l ni) tashkil qiladi. Umumiy lipidlarning 74 %
i neytral yog’larga, 25 % i fasfolipidlarga va 1,3 % i serebrozidlarga to’g’ri
keladi. Bola hayotining birinchi haftasida lipidlar miqdori qonda kunduzi ortadi,
kechasi kamayadi. 10-kunga borib, bu ko’rsatkich uyg’unlashadi.
Emizikli davrida qondagi lipidlar miqdori 50 % ga oshadi, bola 14 yoshga
to’lganida 4,5-7,0 g/l ni tashkil etadi va kattalardagidan farq qilmaydi.
Bola hayotining birinchi haftalarida lipidlarning ayrim fraksiyalari ham
o’zgaradi. Bir necha soat davomida erkin yog’ kislotalari miqdori eng ko’p
darajada (6-7 marta) ortadi. Ayni vaqtda glitserin miqdori ham ko’payadi. 3-4


kundan keyin yog’ kislotalarining miqdori kamaya boshlaydi, ammo 3
yoshgacha katta odamlardagidan deyarli 2 marta ko’pligicha qolaveradi.
Chaqaloqlar qonidagi efirlanmagan yog’ kislotalari orasida palmitin va
stearin kislotalar ko’proq, olein kislota esa kamroq.
Yangi tug’ilgan bola qonida lipidlar fraksiyalari orasida eng kami
triglitseridlardir. Ularning miqdori ona qonidagidan 6 marta kam. Ammo bola
sut emishi bilan neytral yog’lar miqdori tez ko’payadi. Fosfolipidlar, xolesterin,
lipoproteidlar miqdori ham yosh bolalarda kattalar qonidagidan kam.
Bolalarning yog’larga bo’lgan ehtiyoji oqsillarga bo’lgan ehtiyojdan ko’p,
uglevodlarga bo’lgan ehtiyojdan kam. Faqat ona sutini iste’mol qiladigan bola
hayotining birinchi yarim yilida tana massasining 1 kg ga 6,0-6,5 g, ikkinchi
yarim yilida – 5,0-6,0 g yog’ olishi kerak. Tabiiy boquvda bo’lgan bolalar oqsil,
yog’ va uglevodlarni 1:3:6 nisbatda qabul qiladilar. Qo’shimcha ovqat berila
boshlanganida nisbat 1:2:4 ga o’zgaradi.
Bola bir yoshdan oshganidan keyin yog’larga bo’lgan ehtiyoj kamayadi va 1-
3 yoshda 4,0-4,5 g/kg, 3-7 yoshda – 3,5-3,8 g/kg, 7-11 yoshda – 3,0 g/kg, 11-14
yoshda – 2,5 g/kg, 14 yoshdan keyin esa 2,0 g/kg ni tashkil etadi. Bu davrlarda
iste’mol qilinadigan oqsil, yog’ va uglevodlar miqdorining nisbati 1:1:4 ga yaqin
bo’ladi.
Bola 
ovqatida 
yog’lar 
miqdorining 
optimal 
bo’lishi 
oqsillarning
o’zlashtirilishi yuqori darajada kechishini ta’minlaydi, hamda oqsillarning
energiya manbai sifatida sarflanishini kamaytiradi. Ammo bolaga keragidan
ko’p miqdorda yog’ berganda ketoz va atsidoz rivojlanadi, insulyar apparat va
hazm tizimi faoliyati buziladi.
Yog’larning energiya sig’imini kattaligi ma’lum: 1 g yog’ organizmda
oksidlansa, 9 kkal energiya ajraladi. Chaqaloq va emizikli bolalar iste’mol
qiladigan uglevodlar miqdori chegaralangan. Shu sababdan chaqaloqlarning
energiyaga bo’lgan ehtiyojining 80-90 % i, 6-oygacha bo’lgan bolalarda esa
50 % i yog’lar hisobiga qondiriladi.
Bolaga beriladigan yog’ miqdori yetarli bo’lishidan tashqari, uning tarkibi
ham optimal bo’lishi kerak. Yog’ning sifatini undagi biologik faol tarkibiy
qismlari belgilaydi. Ularni yog’da eruvchi A,D,K va E vitaminlar, fosfolipidlar,
to’yinmagan yog’ kislotalari va sterinlar tashkil qiladi. Yog’da eruvchi
vitaminlar hayvon yog’larida ko’p bo’lsada, ularda to’yinmagan yog’ kislotalari
juda oz. O’simlik moylarida vitaminlar va araxidon kislota yo’q, ammo ular
linol kislota, fosfolipid va sitosterinlarga boy. Shuning uchun bolalar iste’mol
qiladigan yog’larning 60-70 % i hayvon yog’lariga, qolgan 30 % i o’simlik
moylariga to’g’ri kelsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bolaning ovqatida to’yinmagan yog’ kislotalarini miqdori yetarli bo’lishi
muhim. Ammo keyingi vaqtlarda ularning umumiy miqdori yetarli bo’lishidan
tashqari, tarkibining ham qoniqarli bo’lishi bolaning salomatligi va o’sishi
uchun katta ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Ovqatda o’ta to’yinmagan yog’
kislotalari (linol, linolen va araxidon kislotalar) yetarli bo’lmasa, organizmning


o’sishi va rivojlanishi sekinlashadi, nerv va tomirlar tizimi, teri va shilliq
pardalar faoliyati buziladi, prostaglandinlar sintezi o’zgaradi, qon yaratilishi,
nospetsifik 
immunitet 
jarayonlari 
sustlashadi. 
Linol 
kislota 
hujayra
membranalari va miyelin hosil bo’lishi uchun kerak. O’ta to’yinmagan kislotalar
yetishmovchiligi chaqaloq va emizikli bolalarga kuchli salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Chaqaloqlar ovqatidagi o’ta to’yinmagan yog’ kislotalari miqdori energiyaga
bo’lgan umumiy ehtiyojning 5-6 % ini, 1-3 yashar bolalarda – 4 % ini, keyingi
davrlarda – 2-3 % ni qoplashi zarur. O’ta to’yinmagan kislotalarga bo’lgan
ehtiyoj asosan baliq, kungaboqar va makkajo’xori moylarida ko’p uchraydigan
linol kislota hisobiga to’ldirilishi mumkin.
Ona suti chaqaloqning yog’larga bo’lgan ehtiyojini to’la qondiradi. Og’iz suti
fosfolipidlarga, xolesterin, olein kislotaga boy. Linol kislotaning miqdori ham
sutdagidan ko’p. O’z navbatida ona sutida o’ta to’yinmagan kislotalar miqdori
sigir sutidagidan 4-7 marta, E vitaminining miqdori 4-10 marta ko’p. Ona sutida
yog’lar uyg’un emulsiya shaklida bo’lib, lipaza fermentining faolligi juda
yuqori. Shu sababli emizikli bolalar yog’larni yaxhsi o’zlashtiradi. Keltirilgan
ma’lumotlar bola ona sutini o’z vaqtida va yetarli miqdorda olishi uning
sog’lom bo’lishi, to’g’ri o’sib, rivojlanishi uchun o’ta muhimligini yana bir
marta ko’rsatadi.
SUV-TUZ ALMASHINUVI
Chaqaloqning tanasidagi suv miqdori uning massasiga bog’liq: 2500 g
massaga ega bo’lgan chaqaloq tanasida suvning miqdori 77 %, 3000 g li
chaqaloqda – 75 %, 3500 g bo’lganida – 60 % ga teng. Tanadagi suv ikki fazoda
joylashgan : hujayralardan tashqaridagi (ekstratsellyulyar) va hujayra ichidagi
(intratsellyulyar) suyuqlik fazolarida. Hujayradan tashqaridagi suyuqlik tomirlar
ichida (qon plazmasi, limfa) va interstitsial suyuqliklarga bo’linadi. Interstitsial
suyuqlikni to’qima oralig’idagi va biriktiruvchi to’qima suyuqliklari tashkil
etadi.
Chaqaloq tanasidagi suvning ko’p qismi hujayradan tashqaridagi suyuqlikka
to’gri keladi. Tana massasining 70-75 % ini tashkil qiluvchi umumiy suvdan 42-
50 % i hujayradan tashqaridagi suvdir. Katta yoshdagi odamda suvning umumiy
miqdori 60 %, hujayradan tashqaridagi suv esa 20-25 % ga teng. Demak,
chaqaloq tanasidagi hujayradan tashqaridagi suv miqdori kattalardagidan 2
marta ko’p.
Bola tug’ilishi bilan hijayradan tashqaridagi suyuqlikning tarkibiy qismlari
o’rtasida qayta taqsimlanish boshlanadi: tomirdagi suv interstitsial fazoga
chiqadi. Bir necha soatdan keyin jarayon teskari yo’nalishga o’tdai.
Tomirlardagi suv miqdori interstitsial va hujayra suyuqligi hisobiga ortadi.
Natijada 2-3 kunlik bolalarda plazmaning osmolyar konsentratsiyasi pasayadi.
Tanada suvning taqsimlanishi tana suyuqliklarining elektrolit tarkibiga
bog’liq. Natriy, kaliy, kalsiy, magniy – bu suyuqliklarning eng muhim
kationlari. Asosiy anionlar – xlor, gidrokarbonat, ortofosfat, va sulfatlar.


Hujayradan tashqaridagi suyuqlikda kation va anionlar konsentratsiyasi
muvozanatlashgan. Shuning uchun bu suyuqlik kuchsiz ishqoriy muhitga ega.
Hujayra ichidagi suyuqlik esa kislota tabiatli.
Natriy – hujayradan tashqaridagi suyuqlikning asosiy kationi. Uning qon
plazmasidagi konsentratsiyasi 135-152 mmol/l. Qon plazmasi osmotik
bosimining yarmini natriy hosil qiladi. Chaqaloq hayotining birinchi kunlari tana
massasi kamayganida, natriyning plazmadagi miqdori sal ko’payadi. Hujayradan
tashqaridagi natriy suyaklarda zahira paydo qiladi.
Kaliy – hujayra ichidagi suyuqlikning asosiy kationi. Kaliyning plazma
osmotik bosimini hosil qilishdagi ishtiroki oz bo’lsada, uning qondagi miqdorini
doimiyligi organizm faoliyatlari uchun juda muhim. Chaqaloqning qonida
kaliyning miqdori 4,14-5,07 mmol/l.
Hujayradan tashqaridagi suyuqlikning eng muhim anioni xlordir. U natriy
bilan birgalikda qon osmotik bosimi doimiyligini ta’minlaydi. Xlorning
plazmadagi konsentratsiyasi 96-108 mmol/l bo’lib, u o’sish jarayonida kam
o’zgaradi.
Boshqa elektrolitlarning chaqaloq plazmasidagi miqdori quyidagicha: kalsiy
– 2,2 mmol/l, magniy – 0,73 mmol/l, fosfor – 2,03 mmol/l.
Bola hayotining dastlabki kunlarida tana vaznining kamayishiga e’tiborni
qaratgan edik. Bolaning tana massasini kamayishiga asosan suvning o’pka, teri,
siydik, hamda najas orqali yo’qotilishi sabab bo’ladi. Bunda ko’proq
hujayralararo fazodagi suv yo’qotiladi. Shuning uchun bola tug’ilgandan keyingi
dastlabki 3 kun davomida manfiy suv balansi kuzatiladi. Ammo bu davrda suv
yo’qotish organizmning suvsizlanib qolishiga olib kelmaydi.
Bolalarda suv almashinuvi katta yoshdagi odamdagiga nisbatan jadalroq
kechadi. Jumladan, katta yoshdagi odam organizmida suv molekulalarining
saqlanish davri 15 kunga, emizikli bolalarda esa 3-5 kunga teng.
Bola organizmi tezda suvsizlanish yoki suvni organizmda to’plash
xususiyatiga ega. Bolaning suvga bo’lgan ehtiyoji katta yoshdagi odamning
ehtiyojidan ortiqroq (30-jadval).
30-jadval

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin