ularga adekvat javob berish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Bola organizmining
tashqi muhit bilan bog’lanishlarini ta’minlovchi asosiy reflekslardan biri bo’lgan
chamalash refleksining mohiyati ana shunda.
Boshqa shartsiz reflekslar kabi chamalash refleksi murg’ak bolalarda
mustaqil ahamiyatga ega. U organizm imkoniyatlarini tashqi ta’sirotlarga javob
berishga safarbar etadi va shartli reflekslar hosil bo’lishiga ko’maklashadi.
Chamalash refleksi – ixtisoslashmagan reaksiya. U turli retseptorlardan
yuzaga chiqadi.
Bola o’sishi va rivojlanishi jarayonida ixtisoslashgan reaksiyalarning
ahamiyati ortib boradi. Bu analizatorlar tizimining yetilishi,
MNT yuqori
bo’limlarining faoliyati mukammallashib, pastki tuzilmalar faoliyatini o’z
nazoratiga olishiga bog’liq. Turli faoliyatlarni boshqarishda yarimsharlar
po’stlog’ining ishtiroki bola o’sgan sari ortib boradi. Buning natijasida nerv
tizimining analiz qilish qobiliyati rivojlanadi. MNT xilma-xil ta’sirotlarga ularni
yuqori darajada farqlagan holda javob beradigan bo’ladi. Miyaning analitik
faoliyati asosida uning umumlashtiruvchi (integrativ) faoliyatlari shakllanadi.
Integrativ faoliyatlar bola organizmining atrof-muhit, sharoit o’zgarishlariga
moslashishida yetakchi o’rin egallaydi.
Bolaning reflektor faoliyati rivojlanishida miyaning
genetik xususiyatlari
muhim ahamiyatga ega. Ammo bola ulg’aygan sari atrofdagi sharoitning
ahamiyati ortib boradi. Tashqi ta’sirotlar yetarlicha xilma-xil bo’lgandagina bola
miyasi faoliyatlarining me’yoriy rivojlanishi mumkindir. Bolaning katta
yoshdagilar bilan, birinchi galda onasi bilan muloqotda bo’lishi, ayniqsa katta
ahamiyatga ega. Uyqu davomiyligining kamayishi bolaning tashqi ta’sirotlarni
idrok etish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Oldingi miya faoliyatlarining rivojlanishi reflekslar murakkablashishiga va
reflektor faoliyat shaklining almashinuviga olib keladi. Ontogenezning erta
bosqichlarida ustun bo’lgan shartsiz reflektor boshqarish o’rnida I signal tizimi
asosida shakllanadigan shartli reflekslar paydo bo’ladi.
Bola hayoti birinchi yilining oxirida II signal
tizimi faoliyati rivojlana
boshlaydi. Natijada u atrofdagilar bilan nutq yordamida muloqot qilishga o’tadi.
Markaziy nerv tizimining rivojlanishi va faoliyat ko’rsatishi takomillashishi
bilan bolaning harakatlanish faoliyati chambarchas bog’liq. Turli hayvonlarning
tug’ilgan vaqtida yetuklik darajasini harakatlar takomili bilan solishtirish shuni
ko’rsatadiki, agar hayvonda bosh miya po’stlog’i qancha ko’p rivojlangan
bo’lsa, tug’ilgan vaqtida uning harakatlari shunchalik ojiz bo’ladi va harakat
faoliyatining tiklanishi uzoq vaqt davom etadi. Inson bolasining yetuklik
darajasi tug’ilgan chog’ida juda past, harakatlari juda ojiz bo’ladi.
Bola tug’ilishi oldidan harakat analizatorining po’stloq osti tuzilmalari
yetiladi. Bu tuzilmalar ekstrapiramid tizim faoliyatlarini birlashtiradi. Yangi
tug’ilgan bolaning harakatlari poyma-poy, atetozsimon, keng tarqoq, bemaqsad,
bukuvchi muskullar tonusi ortgan bo’ladi.
Chaqaloq harakatlarining boshqarilishi shakllanayotganligi 2-3
haftada
seziladi. U yaltiroq narsalarga nigohini qarata boshlaydi. Keyin uning tepasida
siljitilayotgan o’yinchoq tomon boshini buradi. Bu bo’yin muskullarining
harakati koordinatsiyalanishi boshlanganligidan dalolat beradi. 1,5 oylik bola
boshini tik tutadi. Keyin qo’llar harakati koordinatsiyasi shakllanadi. Endi bola
qo’lini ko’zi, burniga yaqinlashtiradi, ularni ishqalaydi.
3-3,5 oylik bola qo’lini, ustiga yopilgan choyshabni paypaslaydi. Maqsadli
harakatlar shakllanishi boshlanib, bola o’yinchoqlarni ikki qo’li bilan ushlashga
o’rganadi. Keyin (12-13 haftada) faol harakatlar qilib, o’zi o’yinchoqni qo’liga
olishga urinadi. Ammo, faqat 5 oyga to’lgan bolaning qo’lini cho’zib, biror
narsani ushlashi katta yoshdagi odamning shunday harakatlariga o’xshaydi.
Binobarin, bu vaqtda ham bolaning harakatlarida xususiyatlar bo’lib,
ularning
harakatlarini boshqarilishi hali ham takomil emasligini ko’rsatadi. Qo’lning
biror narsani changallasga qaratilgan harakati vaqtida ikkinchi qo’l han shunday
harakat qiladi, bolaning oyoqlari ham harakatlanib, og’zi ochiladi.
Demak, bu davrda MNT da qo’zg’alish keng tarqalishiga (irradiatsiyaga)
uchraydi, antogonist va qarama-qarshi qo’l muskullari markazlarida payvasta
tormozlanish yaxshi rivojlanmagan bo’ladi.
7-8 oylik bola harakat analizatorining faoliyati ko’ruv analizatoriniki bilan
monandlashadi. Natijada narsani changallashga qaratilgan harakat oydinlashadi.
Bir yoshga to’lgan bola narsani qo’liga panjalarini bukib, katta yoshdagi
odamdek olishga o’rganadi.
Olti oylik bola mustaqil (kattalar yordamisiz) o’tiradi. Bu oyoq va orqa
muskullar harakati koordinatsiyalashganidan dalolat beradi.
Odatda bola 8-9 oydan yura boshlaydi. Bu vaqtga kelib, u tik turib, karavot
chetini ushlab (yoki boshqa narsaga suyanib), harakatlanadi. Ko’pincha bir
yoshga to’lgan bola o’zi yurib ketadi.
Harakatlarning takomillashishi ko’p yillar davom etadi.
Bu jarayon
boshqaruv mexanizmlarining rivojlanishiga bog’liq. Unga harakatlarning
takrorlanishi kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Harakatlarni tarbiyalash, jumladan badantarbiya bilan shug’ullanish,
ko’nikmalar hosil qilish va bolaning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: