Tukullatish (percussio)
Tukillatish usuli 1761 yilda Vena vrachi Auenbrugger tomonidan taklif qilingan. Tukillatgan vaqtimizda a’zolar tebranish harkatiga keladi, bu tebranishni biz tovush sifatida eshitamiz. Muvozanatdan chiqqan a’zoning tebranishidan hosil bo’ladigan tovush uning kengligiga va tezligiga bog’liq. Tovush ma’lum tezlikda hosil bo’ladi. Bizning qulog’imiz tebranish tezligi bir daqiqada 16dan 38000 (gs) gacha bo’lgan tovushlarni qabul qiladi. Tebranish qancha tez bo’lsa, tovush shuncha baland, u qancha sekin bo’lsa, tovush shuncha past eshitiladi. Tovush kuchini tebranish kengligi belgilaydi. Bir hil kuch bilan tukillatganda devori cho’ziluvchan, havoli a’zolarda baland tovush vujudga kelsa (masalan, o’pka, me’da, ichak), zich a’zolarda esa, masalan, (jigar, yurak) past tovush paydo bo’ladi. Havoning kam yoki ko’pligi va zichlik darajasiga qarab biz tana qismlarining zichlik darajasini aniqlashimiz mumkin.
Hozirgi vaqtda tukillatish usuli vrachlarning kundalik ishiga aylanib qolgan. Tukillatishda turli yo’llar ishlatilib kelingan. Masalan, maxsus metal plastinka plessimetrni ko’krak qafasiga qo’yib barmoq bilan tukillatish, bolg’achani plessimetrga urib yoki barmoqni barmoqqa urib tukillatish usuli 1935 yilda rus klinisisti G.I.Sokolskiy tomonidan taklif qilingan bo’lib u keng tarqalgan. Tukillatish usuli bevosita va bilvosita usullarga bo’linadi. Bevosita tukillatish bir yoki bir nechta barmoqni bemorning tanasiga to’g’ridan-to’g’ri urib bajariladi, hozirda u juda kam qo’llaniladi.
Bilvosita usul esa, tanaga emas, balki tanaga zich qo’yilgan plessimetr: yani barmoqqa urib tukillatish hisoblanadi. Bu usul qator afzalliklarga ega, bunda vrach barmoq – plessimetrni tananing har qanday yuzasiga joylashtirishi mumkin va akustik ma’lumot sezish bilan birga qo’shib olib boriladi.
Plessimetr chap qo’lning ko’rsatgich yoki o’rta barmog’i bo’lib u tanaga zich qo’yiladi. Bolg’acha esa, o’ng qo’lning ko’rsatgich yoki o’rta barmog’i bo’lib u birinchi bo’g’im oralig’ida bukiladi. Boshqa barmoqlar unga tegmaydi. Plessimetr yuzasiga barmoqni tik va qisqa urish kerak, chunki bu bilan urishning kuchli bo’lishiga va ko’proq chuqurlikga tarqalishiga erishiladi. Tovushni to’g’ri baholash uchun urish 2-3 marta bir hil kuch bilan va bir hil oraliqda bajarilishi kerak.
Chuqur, kuchli, baland va yuzaki, kuchsiz, past tukillatishlar farqlanadi. Chuqur tukillatishda tovush 7sm. Chuqurlikkacha, yuzasi esa 3-4 sm ga teng bo’ladi. Sog’lom odamlarda baland tovush havoli yoki gaz to’planadigan a’zolar ustida eshitiladi (o’pka, me’da, ichak). Past bo’g’iq tovush havosiz a’zolar ustida eshitiladi (jigar, buyrak, yurak, taloq). Nog’ora tovushini eslatuvchi timpanik tovush esa devor tarangligi bo’shashgan gaz to’plangan a’zolar ustida eshitiladi. Bu tovush sog’lom odamlarda me’da va ichak ustida eshitiladi.
O’pkada haddan tashqari havo ko’payib ketganda qutisimon tovush eshitiladi.
Havoli a’zo baland, havosiz a’zo past tovush berganligi uchun ular orasidagi chegarani aniqlash mumkin. Masalan, o’pka bilan yurak, o’pka bilan jigar. Topografik tukillatish orqali a’zolar chegarasini, ularning kattaligini va shaklini aniqlashimiz mumkin.
Ko’okrak qafasining simmetrik sohalarini taqqoslash maqsadida o’tkaziladigan tukillatish qiyosiy tukillatish deb ataladi.
Tukillatishning asosiy qoidalari
tukillatish vaqtida bemor qulay vaziyatda o'tirgan yoki turgan holatda bo'lgani yahshi. Og'ir bemorlarda esa yotgan vaziyatda tukillatish bajariladi.
Bemor tekshirilayotgan hona iliq va jimjit bo'lishi kerak.
Varch qulay vaziyatda bo'lishi kerak.
Chap qo'lning barmoqlari tukillatadigan yuzaga zich va yoyilgan holatda qo'yilishi lozim. Qo'l iliq bo'lishi kerak.
Tukillatish bilak harakati, yordamida, barmoqlar perpendikulyar bo'lgan holda, qisqa, bo'lib-bo'lib bir hil kuch bilan bajarilishi kerak.
Tukillatish baland tovush beruvchi a'zodan past tovush beruvchi azoga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Chegarani belgilash plassimetrni baland tovush tomonidan o'tkazilishi kerak.