Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


I. Navro’zda aholining qarama-qarshi guruhlarga bo’linib kurashishi



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   431
Anjuman Boku (6)

I. Navro’zda aholining qarama-qarshi guruhlarga bo’linib kurashishi. 
Yangi yil, ya’ni Navro’z qish va yoz (ikki qutb)ning o’zaro kurashuvi, qish 
tomonning engilib, chekinishi natijasida kirib keladi, degan dualistik qarash ushbu 
marosimda eng tayanch tasavvur hisoblanadi. Navro’zni kutib olish, tantana qilish 
jarayonida o’tuvchi barcha marosim halqalari ana shu kurashni tasvirlashga, 
ifodalashga yo’naltirilgan. Ushbu o’rinda Farg’onada o’tuvchi Navro’z bayrami 
haqidagi xitoy manbasidan keltirgan ko’chirma muhim ahamiyatga ega: “Har 
yangi kelayotgan yilning avvalida, podsho va darg’alar boshchiligida xalq ikki 
guruhga bo’lingan. Har bir guruh bittadan vakil saylab, unga jang kiyimlarini 
kiydirib o’zaro jang qildirishgan, qolganlar esa raqib tomonga toshu kesaklar otib, 
o’z jangchilariga yordam berib turishgan. Jang tomonlarning biri halok 
bo’lgunicha davom qilgan. So’ngra jang natijalariga qarab yangi yilning qanday 
kelishi taxmin etilgan” 

3


S.P.Tolstov ushbu marosimni ibtidoiy xalqlar orasida keng tarqalgan ikki 
fratriyning marosimiy musobaqasi ekanligini yozar ekan, SHarqiy Turkistondagi 
Kuchi shahrida yangi yilni kutishda etti kun davomida o’tuvchi qo’chqor, ot, tuya 
urishtirib yilning qanday kelishini aniqlash tantanalari va O’rta Osiyodagi uloq 
(ko’pkari) hamda turkmanlar orasidagi “ko’k bo’ri” to’y marosimini ham ana shu 
tizimda tahlil etadi 

3, 284


Biz uchun e’tiborli jihat, ushbu o’rinda ko’pkari (uloq) va ko’k bo’ri nikoh 
to’yi marosimidagi bo’ri va uloq (echki) obrazlaridir. 
Ko’k bo’ri marosimida uloq yoki qo’zichoqni (aslida, uloq varianti to’g’ri) 
otda o’ngarib qochayotgan kelinni kuyov o’z jo’ralari bilan ta’qib qilib, undan 
uloqni olib qo’yishi kerak (qozoqlar o’rtasidagi qiz quvdi marosimi ham ana shu 
tizimda turadi. Faqat u o’rinda uloq unutilgan). Ushbu marosimning tub asoslari 
ham yil fasllari o’rtasidagi qutblar holati, kurashi va birligiga ulanadi. Uloq – 
ko’klam, bo’ri esa qish timsoli. Qiz – uloq – ko’klam, yigit – bo’ri – qish yaxlit 
tizimni tashkil etadi. Uloq (ko’pkari) o’yinining qish vaqti o’tkazilish an’anasi ham 
9
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Халқаро бахшичилик санъати фестивали 
очилишига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. 06.04.2019.https://president.uz/uz/2476 


29 
bekor emas. Boysun tumanining olis qishlog’ida Navro’z kuni ijro etiluvchi 
“Gurgak” o’yini ham bevosita ana shu tasavvurlarga bog’liq 

5, 148


“Go’ro’g’li” eposida qahramon onasi – Hiloloy (Aqanay)ning Oy, Al, Echki 
(uloq), Olma bilan bog’liq tasavvurlar tizimida turishi va xalqimizning hosildorlik, 
ko’klam, oila va uy o’chog’i topinchlari zamirida shakllanganligini aytilgan. Bu 
o’z navbatida, yuqorida keltirilgan tasavvurlar marosimlarga uyg’un keladi 

6

.
Respublikamizning bir qator viloyatlarida turli shakl-ko’rinishlarda 
hozirgacha amal qilib kelayotgan “Boychechak” marosimi ham ushbu tizimning 
o’ziga xos ko’rinishi hisoblanadi. 
Marosimni nisbatan to’laroq halqalarini Namangan viloyatining CHortoq 
tumani hududida kuzatish mumkin. Bu erda bolalar erta ko’klam boychechakni 
topib, bir guruh bo’lib, jo’raboshi etagida xonadonma-xonadon kezib chiqishadi. 
Boychechakchilar har bir xonadon darvoza oldida to’xtaganda, jo’raboshi ushbu 
qo’shiqni kuylaydi: 
– Boychechak aytib keldik eshigingizga, 
Xudoim o’g’il bersin beshigingizga, – 
Guruh esa: 
– Bota, bota-bo, boychechak, 
Uyingizga choch tilla. 
Iloyim o’g’il bersin, 
Otginasi Rahmatilla, 
Uy egasi ko’rinish berganda: 
– O’tirib chiqing, 
O’tirib chiqing, 
YOg’och tovoqni to’ldirib chiqing, – 
deydilar. 
Xonadon sohibi jo’raboshi tutib turgan boychechakni ko’rib, tavob qilib, 
himmatiga yarasha boychechakchilarga ul-bul beradi. Uy egasi xasislik qilib hech 
narsa bermasa, boychechakchilar: 
O’qim, o’qim, 
Qozoningga ...! – 
deb yomon tilak bildiradi. 
Biz ushbu marosimni dunyoning boshqa mintaqalarida yashovchi
xalqlaridagi ko’klam marosimlari bilan qiyosan o’rganib, uning qadimiy 
ko’rinishini tikladik 

7, 40-41


Qadimda o’tgan “Boychechak” marosimida qish va ko’klamning kurashini 
ifodalovchi sahnalar bo’lgan. Boychechak tutgan jo’raboshi ko’klam siymosida o’z 
sheriklari – aniqrog’i, jangchilari bilan xonadonma-xonadon yurib qishni 
haydagan. Qish siymosi va jangchilarini ifodalovchi tomon qattiq qarshilik 


30 
ko’rsatgan. Bir-bir chekinib xonadonlarni va nihoyat, butun qishloqni tark etgan. 
Qish va ko’klam o’rtasidagi asosiy kurash katta dalada bo’lgan. Bunda qish va yoz 
tomon ramziy jang qilib, aytim-qo’shiq kuylab bahslashganlar. 
Xorazmda sumalak sayli bilan aloqador bo’lgan “Ashshadarozi” o’yini 

8, 
43-44

va unda aytiluvchi laparning tub asoslarini qish va yoz munozarasi sifatida 
baholash o’rinli. Ushbu laparni marosimdan butkul ajralib, sof san’at namunasiga 
aylangan versiyasi sifatida Farg’ona vodiysida keng yoyilgan “Sochingni uzun 
deydilar” laparini keltirish mumkin. Ushbu lapar matnida “qish”ning so’rog’i va 
“ko’klam”ning javoblari asl mohiyatga yaqin turibdi. Laparda yigit qizning sochi, 
qoshi, ko’zi, yuzi, beli, qanday ekanligini so’raydi. Qiz esa ko’klamdagi tabiat 
tasviri orqali o’zini ta’rif etadi 

2, 90-92

. Bizning nazarimizda, “Kichkinajon-
kichkina” qo’shig’i ushbu aytishuv, bahsning so’nggi nuqtasi bo’lgan. YA’ni 
qo’shiqni kuylab, o’rtadagi raqqosni ma’lum obrazlarga taqlidan kichrayib borishi 
barobarida tariq timsoliga kelishi, buni raqsda ko’rsatishi ko’klamning qishni engib 
urug’ (tariq) holatiga keltirishini ifoda qilgan. 
S.P.Tolstov o’zi keltirgan faktlarni tahlil etar ekan, ularning tub asosini 
zoorastrizmdan ham ancha qadimiyroq bo’lgan ibtidoiy odamning animistik 
tasavvurlari zamirida an’analashganligini yozadi 

3, 291

.

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin