417
tushunmay, e’tiroz bildirganlar ham bo‘ldi. Shu bilan birga o‘ziga xos uslubga ega
bo‘lgan shoir she’riyati tanqidchilar, she’riyat
muxlislari tomonidan yuqori
bahosini olib keldi. Ushbu maqolada Rauf Parfi ijodning o‘rganilishi, shoir asarlari
yuzasidan o‘tkazilgan bahsu munozaralarga munosabat bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
she’riyat, shoir, adabiy tanqid, muanqqid, lirikada pafos,
modernizm, bahs, tanqidiy munosabat
XX asr o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri Rauf Parfi shoir, nosir,
tarjimon sifatida kitobxonlarga o‘nlab she’riy
kitoblar, to‘plamlar, tarjima
asarlarini taqdim etgan, o‘ziga xos maktab yaratgan ijodkordir. Uning asarlariga
Asqad Muxtor,
Shukrullo, Miraziz A’zam, Mirzo Kenjabek, Chori Avaz kabi
shoirlar yuksak baho berganlar. O.Sharafiddinov, Ibrohim G‘afurov,
N.Rahimjonov, Ibrohim Haqqul, Botirxon Akram, Ulug‘bek Hamdam, I.G‘aniev,
O.To‘laboev kabi olimlar shoir ijodi haqida tadqiqotlar yaratdilar,
maqolalar,
esselar yozdilar. Masalan, O‘zbekiston Qahramoni, yirik munaqqid
O.Sharafiddinov shunday yozadi:” “Shunday shoirlar bo‘ladiki, ularning yutug‘i
ham, kamchiligi ham kitobxon va mutaxassislar tomonidan bir maromda baholanib
boradi. Shunday shoirlar ham bo‘ladiki, ularning asarlari jamoatchilik o‘rtasida
ham, tanqidchilar orasida ham keskin bahslarga, munozara va tortishuvlarga sabab
bo‘ladi. Ana shunday shoirlardan biri Rauf Parfidir” [1, 153 ]. Haqiqatan ham XX
asrning 60-70- yillarida adabiy tanqidchilik Rauf Parfi she’riyatini turlicha talqin
qildiki, bu borada bahsu munozaralar kuchayib ketganligi ko‘rinadi. Ammo
shuncha bahsu munozaralardan keyin ham shoir o‘z
uslubiga, dunyoni o‘zicha
ko‘rishi va ko‘rsatishiga sodiq qolgan. Insonning ruhiy erkinligini kuylash Rauf
Parfi she’riyatining mehvarini tashkil etadi. Shuning uchun shoir she’riyatida
tuyg‘ular suratini, kechinmalar manzarasini,
kayfiyat, holatning timsollarini
yaratish alohida o‘rin tutadi. Bejizga shoirni tuyg‘u-kechinmalar musavviri deb
atashmagan. Aynan shu jihatni tushunmagan kitobxonlardan ba’zilari “Bu she’r
emas, shoirning alahsirashlari, bizki, olimlar
ularni tushunib etmasak, oddiy
kitobxon qandoq tushunsin!” kabi fikrlarni aytishgan.
Shoir ijodining, she’rlarining yo‘nalishi va o‘ziga xosligi haqida, kamchiligu
yutuqlari haqida jiddiy bahslar bo‘lib o‘tgan, ularda turli-tuman, hatto, ba’zan bir-
biriga zid va qarama-qarshi fikrlar aytilgan, shunga qaramay,
shoir ijodini jiddiy
tanqid qiluvchilar ham uning o‘ziga xos talant va iqtidor egasi ekanligini e’tirof
etganlar. Bu bahslarda shoir va yozuvchi A.Muxtorning shoirni himoya qilib
chiqqani,
(“Muhtaram Asqad Muxtor shoirning ijodi haqida gapirib, bu shoir his-
Dostları ilə paylaş: