Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   431
Anjuman Boku (6)

Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Zokirov M., Maqsud Shayxzoda. Adabiytanqidiy ocherk, T., 1969; 
2.
Yusuf Shomansur, Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972; 
3.
G‘afurov I., O‘rtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975; 
4.
Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983; 
 G’ARIBIYNING LIRIKASINING QOFIYA XUSUSIYATLARI
Durdona ZOHIDOVA,
Qo’qon DPI dosenti, f.f.n. 
Qo’qon adabiy muhiti vakillaridan bo’lgan Mulla Umrzoq Abduvali o’g’li 
G’aribiy (Shuhrat)
26
(1877-1961) o’z she’riy iste’dodi bilan devon sohibi 
darajasigacha ko’tarilgan ijodkorlardandir. Mazkur shoir istiqlol tufayli nomi va 
ijodi qayta kashf etilgan adabiy siymodir. 
«Devoni G’aribiy» – shoir nazmiyatining ilk to’plami. U 1911 yilda tuzilgan 
bo’lib, 5650 misradan iborat 422 she’rni o’z ichiga oladi. Devonning janr tarkibi 
26
Мулла Умрзоқ Абдували ўғли Ғарибий 1926 йилдан кейин Шуҳрат тахаллуси билан ижод этган.


450 
xilma-xil: u g’azal, muxammas, musaddas, tarkibband, tarje’band, ruboiy, 
murabba’, ta’rix, fard, muhtamallardan tashkil topgan. 34 yoshida mumtoz 
lirikaning o’n xil janriga qo’l urgani G’aribiyning bu vaqtga kelib yaxshigina 
she’riy malakaga ega bo’lganini ko’rsatadi. 
G’aribiy devonining mavzu doirasi keng qamrovlidir: u o’zida inson 
hayotini falsafiy, ijtimoiy, axloqiy, ma’rifiy, sufiyona nuqtai nazarlardan talqin 
etuvchi she’rlarni jamlagan. Devon shoir ruhiy-falsafiy olamining muhim 
qirralarini tashkil etuvchi bu qarashlarni uyg’un va badiiy tarzda ifodalovchi 
majmuadirdir. Biz quyida undan o’rin olingan lirik she’rlar tahlili misolida shoir 
badiiy san’atkorligining muhim qirralaridan bo’lgan qofiya qo’llash mahorati 
xususida fikr yuritamiz.
G’aribiy ijodkor sifatidagi o’zligini ko’rsatishda she’rdagi qofiya 
imkoniyatlaridan oqila foydalana bilgan shoir. Qofiyaning har baytda qat’iy o’rin 
va shaklda kelishi uning o’quvchi diqqatining markazida bo’lishini ta’minlaydi. 
SHu jihatlar qofiya tanlashdagi o’ziga xoslikni bo’rttirib ko’rsatadi. G’aribiyning 
tubandagi misralarini o’qiganimizda undagi qofiyalarga alohida e’tibor qaratamiz: 
Nechun rashk otashiga kuymasun ko’nglum maning, ey mah, 
Ki lutfing man sari yak-yak, raqiblar soriga du-du. 
Visoling bog’ida bulbul kabi qilsam sahar «chah-chah», 
Kuyub hajring o’tida, gohida qumri aylaram «ku-ku». 
Jahondin dil uzub, vayronalarda umr o’tkarsam, 
Bo’lib zikringga qoyim, bumdek har dam qilib «hu-hu». 
G’aribiy, dashti furqat ichra bo’lding mubtalo emdi 
Etolmassan yugurgon birla tiflondek qilib «zu-zu». 
[1, 71 b]
 
Keltirilgan she’riy parchaning avvalgi baytidagi «du-du» so’zi boshqa 
baytlardagi qofiyalar bilan shaklan mushtarak bo’lishi uchun takroriy ko’rinishda 
qo’llangan. Bu – shakl taqozosi. Shu bilan birga «du-du» so’zi orqali 
ma’shuqaning raqiblarga oshiqqa nisbatan ikki hissa ko’p lutf ko’rgizishiing bir 
emas, bir necha bor qaytariluvchi hol ekanligi bildirilmoqda. Demak, «du-du» 
so’zi nafaqat shakl, balki mazmun talabiga ko’ra ham takroriy ravishda ishlatilgan. 
Keyingi baytlarda oshiqning hijron nolalari turli qushlarning xonishiga monandligi 
aytiladi. Shunda bulbulning «chah-chah»i, qumrining «ku-ku»si qatorida bumning 
«hu-hu»si ham tilga olinadi. «Hu-hu» taqlidiy so’zi «bum», ya’ni boyqush 
chiqaradigan tovushni bildiradi. Bu uning yagona ma’nosi emas. «Hu-hu» 
qalandarlar zikr – Haqni yodlash paytida takrorlaydigan so’zni ham anglatadi. 
SHoir qofiya vazifasida kelgan bu so’zni bir marta qo’llash bilan uning ikki 
ma’nosini nazarda tutgan. G’aribiyning ma’shuqasi yodida dunyodan 
qalandarlarcha dil uzib, zikr aytuvchi oshiq ahvolini ifodalash uchun «bum» 
timsolini taqqos vositasi qilib tanlangani juda o’rinli chiqqan. Qalandarning zikri 


451 
va boyqushning tovushi o’xshash bo’lishidan tashqari, birining jahondan voz 
kechib xilvatnishin bo’lganida, ikkinchisining gulistonda emas, vayronalarda umr 
o’tkazishida mantiqiy muvofiqlik bor. 
G’azal so’ngida G’aribiy o’zining ayriliq dashtida nochor qolganini, undan 
chiqish imkonining yo’qligini yugurgani bilan marraga eta olmagan bolaga 
qiyoslaydi. Baytda qofiya o’rnida kelgan «zu-zu» so’zi yosh bolalarning tez 
yugurishi bilan bog’liq o’yini nomidir. 
G’aribiyning bir talay she’rlaridagi qofiyadosh so’zlarda shoir she’riyatining 
til xususiyatlari ham aks etgan. Quyidagi misolni nazardan o’tkazaylik: 
Ey muhibi ahli dardlar, dil sirin izhorlay, 
Borini yo’qlab, yo’g’imni emdi kam-kam borlay. 
Vasli gar bo’lmas muyassar, zindalikdan xush mavt, 
Hajrida tokay vujudimni tunu kun norlay. 
Ahd qilmishdur magar ko’yimda sargardon etib, 
Ranj xoristoni ichra oqibat ko’p xorlay. 
O’ldurub, tirguzsa ham mayli, demasman o’zgani 
Kim, bu yorimdin kechib, dahr ichra kimni yorlay?! 
[1, 89 b]
 
Bu misol 7 baytli g’azaldan olingan bo’lib, undagi hamma qofiyalar -la 
qo’shimchasi bilan yasalgan. Bu fe’l yasovchi qo’shimcha bildiradigan turli 
grammatik ma’nolardan biri shuki, u o’zi qo’shilgan ot yoki otlashgan so’z 
anglatuvchi predmet vositasida amalga oshgan harakatni ifodalaydi. YUqoridagi 
parchadagi «izhorla», «borlay», «norlay», «xorlay», «yorlay» qofiyalari ana shu 
grammatik munosabatdan hosil bo’lgan, ular orasida faqat xorlamoq so’zigina 
mustaqil leksema sifatida o’zbek tili lug’atida mavjud. «Izhorlay», «borlay», 
«norlay», «yorlay» so’zlari esa G’aribiy tomonidan shakllantirilgan kontekstual, 
ya’ni ma’nosi matn ichida muayyanlashuvchi fe’llardir. Boshqa baytlardagi 
«axborlay», «diydorlay», «absorlay» qofiyalari ham xuddi ular kabi shoir 
she’riyatining o’ziga xos leksik xususiyatlarga ega bo’lishiga xizmat qilgan. 
She’rdagi «xorlay» qofiyasida ikki xil ma’no mujassam bo’lgan. Bu so’z 
ma’shuqaning oshiqqa nisbatan niyatini ifodalovchi «Ranj xoristoni ichra oqibat 
ko’p xorlay» misrasida kelgan. U oshiqni mashaqqat tikanzori ichida xor etmoq 
ma’nosini ham, mashaqqat tikanzori ichida tikanlamoq, ya’ni tikan bilan ozor 
etkazmoq ma’nosini ham anglatadi. Ikkinchi ma’nodagi «xorlay» misradagi 
«xoriston» so’zi bilan o’zakdosh bo’lib, ishtiqoq asosida hosil qilingan. 
Quyidagi g’azalning qofiya tizimi ham o’ziga xosligi bilan diqqatni tortadi: 
Bordur bu qulda ham bir dilbari ayyorcha, 
Qad chu sarve, qosh – qalam, gulrux, ko’zi xummorcha.
O’rtamiz bevosita, so’rsang qariblig’ haddini, 
Bemubolig’ gar desam, Sarhinddin Totorcha. 


452 
So’rsalar mandin, nigoro, qurblig’in, buldur javob: 
«Ko’zning oqidin yaqindur manga ul dildorcha». 
Yotsamu qo’psam, yiqilsam, tursamu yursam, manga 
Fikri dilda, zikri tilda maxfiyu izhorcha. 
Do’stlar xaylida ko’rgaymu va yo xayli aduv: 
Bilmadim, yo yorcha, qadrimni yo ag’yorcha. 
Deb yubordim yorima bodi sabodin sad salom, 
Har saloma sad itob etmish shakarguftorcha. 
Zulfining har toridin yuz turli bo’y eltti mashom, 
Har bo’ya sad nash’adur, har nash’a sad gulzorcha. 
Hech g’am hijron g’amidek bo’lmagay olam aro, 
Hech shodiy yo’q jahonda va’dai diydorcha. 
Jon qushini toza zulfi birla band aylab yana 
Sayd qilmish murg’i aqlim joduyi makkorcha. 
Qona tabdil obi diyda gul yuzining yodida, 
Hamchu lola dog’i dil bir xolidin asrorcha. 
Vasfi yorimni, G’aribiy, to qiyomat kam, desam, 
Yo’q saboti umr lekin soyai devorcha. 
[1, 102 a]
 
G’azalning qofiyalar tizimini -cha qo’shimchasi bilan yasalgan so’zlar hosil 
qilgan. Bu qo’shimcha qofiya vazifasida keluvchi «xummorcha», «dildorcha», 
«shakarguftorcha» so’zlarida suyish-erkalash ma’nosini, «Sarhinddin Totorcha» 
birikmasida ayirish-chegaralash ma’nosini, «maxfiyu izhorcha», «makkorcha» 
so’zlarida ish-harakatning amalga oshirish tarzini, «gulzorcha», «ag’yorcha», 
«devorcha» so’zlarida esa o’lchash-qiyoslash ma’nolarini bildirib kelgan. SHoir -
cha qo’shimchalari o’rtasidagi nahviy (sintaktik) shakldoshlik munosabatini 
e’tiborga olib, she’rda qofiyaning ifoda imkoniyatini kengaytirishga muvaffaq 
bo’lgan. Bundan tashqari
Yotsamu qo’psam, yiqilsam, tursamu yursam, manga 
Fikri dilda, zikri tilda maxfiyu izhorcha
baytida ichki qofiyalarning qo’llangani uning musiqiyligini orttirgan. 
Chunonchi, birinchi misrada bunga «tursam» va «yursam» so’zlarini yonma-yon 
keltirib erishilgan bo’lsa, keyingisida «fikri dilda», «zikri tilda» deb ichki qo’sh 
qofiya yasalgan. 
Bir so’z bilan aytganda, G’aribiy she’riyatining qofiya tarkibi tahlili uning 
so’z qo’llash mahoratidan, g’oya ta’sirini shakl nafosati bilan mustahkamlay bilish 
iste’dodini namoyon etganligidan dalolat qiladi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin