163
o‘z asarlari orqali Vizantiyada xristian dinini keng yoyishga intilganlar va buni
adabiyot sohasi orqali amalga oshirishga harakat qilganlar. Asarlarida birinchi
navbatda e’tibor din fidoyilari – cherkov ruhoniylari asosiy qahramonlar
hisoblanganlar. “Avliyo Antoni manqabasi”, “Lavsaik” kabi asarlar IV-VI asrlarda
yaratilgan dastlabki agiografik asarlarga misol bo‘lsa-da, lekin aynan shu vaqtlarda
bu turdagi asarlar o‘ziga xos adabiy shakl sifatida to‘liq ommalashmagan edi. VI
asrdan keyingi davrda diniy asarlar yaratishda falsafa faniga murojaat qilish
kuchaydi, shu bilan bir qatorda din falsafa asosida o‘rganildi.
Yuqoridagilarda shu narsa ma’lum bo‘ladiki agiografik asarlarning eng
birinchi qatorida nubuvvat, ya’ni payg‘ambarlar hayoti, faoliyatiga bag‘ishlangan
asarlar turadi. Nubuvvat ma’rifatisiz ham tasavvuf va mumtoz adabiyotni butun
jozibasi bilan anglab olish mushkul hisoblanadi. Bu turdagi asarlar hajm jihatidan
kengligida emas, balki nabiylik singari olam va odam mohiyatini o‘zida, qanchalik
jozibali tuyg‘ularda ifoda eta bilgan bilan ajralib turgan. Zamon talabi bilan
payg‘ambarlar hayotining kerakli jihatlari yoritilib borilgan. Rabg‘uziy davrida
islomni anglashga bo‘lgan ehtiyoj kuchli bo‘lganligi sababdan, asar din arkonlarini
tushuntirib berishdan ko‘ra, uning mohiyatini tushuntirishga, Navoiy yashab ijod
qilgan davrda adolatga bo‘lgan ehtiyoj kuchli bo‘lganligidan tenglik va adolat
masalasiga yo‘naltirilgan. Turli davrlarda yashab o‘tgan avliyolar va din
peshvolarining pand-nasihatlari, karomatlari, ibratli hayoti ham agiografik
asarlarga asos bo‘lib xizmat qilgan. Buning sababi jamiyat o‘zidan oldingi
davrlarda bo‘lib o‘tgan voqealarning ko‘plarini mo‘jiza sifatida qabul qilmay
qo‘yganligi agiografik asarlarning kengayishiga xizmat qilgan. Dastlabki davrda
faqat xudolar (mifik qarashlarga asoslangan), payg‘ambarlar haqida yaratilgan
bo‘lsa-da, zamon talabidan kelib chiqqan holda mavzu doirasi va qamrovi ancha
kengaygan.
Jahon va o‘zbek adabiyotida agiografik asarlarning o‘rni nihoyatda katta
bo‘lib, xalq hayotidagi ijtimoiy muammolardan ko‘ra uning e’tiqodiy qarashlari
yuqoriroq turishligi va barcha turmushdagi muammolar e’tiqodiy jihatdan hal
qilinishligi yuqorida keltirilgan ko‘plab misollarga javob bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: