Va gar orom ham dutsam xayoling hamnishinimdur.[ 2,103]
Ogahiy yozadi:
Labing zikri agarchi quvvati joni hazinimdur, Ko‘zing kufri va lekin ofati islomi dinimdur Yo‘ling gardiyu shavqing dog‘idin faxrim ajab ermas, Ki, man ishq ahli shohiman, bular toju nigunimdur. [3,116]
Yuqoridagi baytlar bilan boshlanadigan g‘azallar ohangdorligi, musiqiyligi
jihatdan bir-birga o‘xshash. To‘g‘ri, ba’zi fikrlar bir-biridan farq qiladi. Jumladan,
Fuzuliy sajdagoh bo‘lgan dargohing ham dinimni, ham dunyoimni sarmoyasidir,
desa, Ogahiy ko‘zingni kufri islom dinimning ofatidir, meni yo‘ldan ozdiruvchidir,
deydi. Keyingi baytlarda esa fikriy yaqinlik ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Fuzuliy
men yo‘lga chiqadigan bo‘lsam, vaslingni shavqi menga yo‘lboshchidir, deya lutf
etsa, hazrat Ogahiy yo‘lingning gardi, shavqing dog‘i mening faxrim, sababi men
ishq ahli shohiman, yuqoridagilar esa tojimdir mazmunidagi fikrlarni bitadiki, bu
tasvir Ogahiy ijodiy ta’sirdan o‘ziga xoslik tomon bora olganini ko‘rsatadi. Fuzuliy
va Ogahiy she’riyatidagi mushtaraklik “So‘z” radifli g‘azalida ham ko‘rinadi.
Shoir Fuzuliy shu radifda bitta g‘azal yozgan bo‘lsa, Ogahiyning “So‘z” radifli
g‘azallari soni ikkitadir. So‘z, so‘zlovchi qadri, tinglovchi madaniyati, so‘zni
e’zozlash haqidagi bu g‘azallar turkiy she’riyatdagi durdona asarlardir. Ularning
pandona adabiyotda munosib o‘rni bor. Fuzuliy yozadi:
Xalqa og‘zing sirrini har dam qilur izhor so‘z, Bu na sirdurkim, o‘lur har lahza yo‘qdan bor so‘z. [2,146]
Og‘zing sirlarini xalqqa har dam so‘z izhor qiladi, ma’lum etadi, bu qanday
sir bo‘ldiki, har lahza yo‘qdan bor qiladi, deydi shoir. Ogahiy esa so‘z haqida
Fuzuliydan ta’sirlanar ekan, uning fikrlarini rivojlantiradi:
Ko‘ngul bir bahri zaxxoru ondadur pokiza gavhar so‘z, Vale shart ulki ma’ni shohidig‘a bo‘lsa zevar so‘z. [3,140]
Ogahiy ta’biricha, so‘z ko‘ngil bahrining pokiza gavhari, ma’ni shohidining
zevaridir. Har ikkala shoir so‘zga go‘zal ta’rif berar ekan, uning bebaho qadr-
167
qimmatini turlicha yo‘sinda ifoda etishadi. Ifodada, tasvirda o‘ziga xoslikka qo‘l
urishadi.
“So‘z” radifli g‘azallarning maqta’larida ham biroz yaqinlik seziladi. Ikkala
shoir fikriy olamida yaqinlik ko‘zga tashlanadi. Fuzuliy g‘azalining so‘nggi bayti
shunday:
Gar cho‘q istarsan, Fuzuliy, izzating oz et so‘zi. Kim, cho‘q o‘lmoqdin qilibdur, cho‘q azizi xor so‘z. [2,146]
Ogahiy g‘azalining maqta’si esa quyidagicha:
Debon har sangdilg‘a, Ogahiy, sindurmag‘il so‘zni – Ki, inson obro‘yi afsarig‘a keldi gavhar so‘z . [3,141]
Fuzuliy izzating ko‘p bo‘lishini istasang, oz so‘zla, deydi. So‘zni ko‘p qilish,
bisyor so‘zlash, so‘zni xor qilishi shoir tomonidan ta’kidlanadi. Ogahiy esa o‘z-
o‘ziga murojaat qilar ekan, har bir toshko‘ngil insonga gapirib so‘zingni sindirma,
chunki inson obro‘yining tojiga so‘z gavhar, bezak bo‘lishini uqtiradi. Bu
fikrlardan xulosa qilish mumkinki, har ikkala baytda ham insonning qadr-qimmati
uning so‘ziga qarab belgilanishiga ishora qilinadi. So‘z ulug‘ ne’mat ekanligi
badiiy tarzda gavdalantiriladi.
Fuzuliyning “Tama’” radifli g‘azali va Ogahiyning shu radifli she’ri o‘rtasida
ham o‘xshashlik bor. Umuman, tama’ mavzusi Sharq she’riyatida yetakchi
mavzulardan biri sanaladi. Turkiy she’riyatda bunday radifli g‘azallar juda ko‘plab
topiladi. Biroq Fuzuliy va Ogahiy tomonidan bitilgan “Tama’” radifli g‘azallarning
har bayti hikmatga boy. Go‘zal tashbehlar, go‘zal falsafa g‘azallarda ko‘zga
tashlanadi. Jumladan:
Istar o‘lsang hayratu xirmona har dam dushmamak, Kes, Fuzuliy, dahrdan ummidu davrondan tama’. [2,170]
Shoir xirmon so‘ziga maqta’dan oldingi baytda izoh beradi. Hirs ahli
tama’dan doimo xirmon hosil qilishini aytadi. Sen, deydi shoir, ana shu xirmonga
tushmaslikni istasang, bu dunyodan umid qilishni, davrondan tama’ etishni
to‘xtatishing lozim, deya nasihat qiladi. Ogahiy esa bu dunyoda yaxshi nom
qoldirishni istaganlarga tama’ni tark etish lozimligini maslahat beradi. Jahon ichra
kimsani tama’ yomonotliq qilishini sabab qilib ko‘rsatadi:
Tilasang yaxshi ot, ey Ogahiy, tarki tama’ et, Ki, jahon ichra qilur kimsani badnom tama’. [3,170]
Mumtoz adabiyotimizda ko‘p uchraydigan sham’ va parvona obrazining
talqini ham biz fikr yuritayotgan ikkala shoir ijodida uchraydi. Fuzuliyda ham,
Ogahiyda ham sham’ ma’shuqa ishqida kuyib yongan oshiq timsolida qalamga
olingan o‘rinlar bor. Jumladan, Fuzuliy ijodida:
Gar oyog‘i bog‘li, gah bo‘yni nadandur bilmadim, Bir pari ishqindan o‘lmishdur magar devona sham’. [2,171]
168
Ogahiy yozadi:
Ne uchun devonalardek yig‘labon yirtar yaqo, Ul parivash ishqida gar xud emastur zor sham’. [3,170]
Fuzuliy she’riyatidan ijodiy ta’sirlanish Ogahiyning murabba’ janridagi
she’rlarida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ogahiyning “Ta’vizu-l-oshiqin”
devonida ikkita murabba’si bor. Bu murabba’lar Fuzuliyning shu janrdagi
she’rlariga o‘xshash. Ulardagi ifoda yo‘sini, murojaatlar bir-biriga juda yaqin.
Fuzuliy yozadi:
Parishon holing o‘ldum, so‘rmadim holi parishonim, Gʻamingdan darda dushdim, qilmading tadbiri darmonim, Na dersan, ro‘zg‘orim bo‘ylami kechsun, go‘zal xonim, Ko‘zim, jonim, afandim, sevdigim,davlatli sultonim. [2,343]
Ogahiy esa quyidagicha o‘xshatma qiladi:
Jamoling shavqida yoqti falakni o‘tlug‘ afg‘onim, Bori yer yuzini to‘fong‘a berdi chashmi giryonim, Eshit dodimni emdi darding o‘ldi qosidi jonim, [2,343]
Nigorim, mehribonim, makramat taxtida sultonim. Ogahiyning ikkinchi murabba’si ham Fuzuliy murabba’siga o‘xshab ketadi.
Biroq Fuzuliy ma’shuqaga murojaat qilsa, Ogahiy soqiyga murojaat etadi. Fuzuliy
she’rining boshlanishi shunday:
Hosilim barqi havodisdin malomat dog‘idur, Masnadim ko‘yi malomatda fano tuprog‘idur, Zor ko‘nglum tanda zindoni balo dutsog‘idur, Rahm qil, davlatli sultonim, muruvvat chog‘idur. [2,344]
Ogahiy murabba’sining boshlanmasi esa quyidagicha:
Ul parivashkim, dilu jonimda ishqi dog‘idur, Qaddi shamshodu yuzi gul, la’li gul yofrog‘idur, Bazmgohim vaslidin bu kecha jannat bog‘idur, Soqiyo, jomi tarab kelturki, ishrat chog‘idur . [3,403]
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, Fuzuliy she’riyatining Ogahiy ijodiga ta’siri
keng va serqirradir. Bu ishq, oshiqlik, qanoat, tama’, so‘z ta’rifi va talqinida,
falsafiy mushohadakorlik, orifona dunyoqarashda ko‘rinadi. Bir so‘z bilan
aytganda, azaliy va abadiy mavzular tarannumida Ogahiy Fuzuliydan o‘rgandi
hamda o‘zining badiiy mahorati natijasida betakror asarlar yaratdi. Shuningdek,
Ogahiyning ba’zi she’rlarida Fuzuliy ifoda yo‘sini seziladi. Fuzuliy she’riyatiga
xos musiqiylik, ohangdorlik Ogahiy asarlarida ham yetakchilik qiladi.