Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti


hazaji  bahrida yozilgan. Taqtesi quyidagicha: (V - - - / V - - - / V - - -/ V - - -)



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
hazaji 
bahrida yozilgan. Taqtesi quyidagicha: (V - - - / V - - - / V - - -/ V - - -).
 
G‘azalda nasihat ruhi ustivorlik qiladi. Zavqiyning ushbu g‘azalda Yusuf Xos 
Hojib an’analari davom ettirilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shoir insonlarga 
xos bo‘lgan kamtarlik haqidagi o‘zining qarashlarini turkiy adabiyotning bu yirik 
vakili singari she’riy usulda aytishga jazm qilgan. 
Inson boshiga keladigan balo mahram - sirdosh deb, sirini oshkor qilishdan 
boshlanadi. Shu sabab har kimga sirni aytmaslik kerak.Sirni oshkor etish kishini 
o‘ziga o‘zi dushmanlik qilishidir, deb bilgan Zavqiy kamso‘zlikning afzalligi 
hamda sergapliknikning salbiy oqibatlari haqidagi falsafiy mushohadalarini tazod 
badiiy san’ati asosida ifodalaydi. Tazod – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at. 
Shoir lirik qahramon ko‘nglidan kechayotgan ziddiyatli kechinmalarni bayon 
etish,bir-biriga zid manzaralar chizish yo boshqa shu kabi bir-biriga zid ma’noli 
so‘zlar (antonimlardan) foydalanadi [2, 2010, 304-b]. Baytda shoir bir-biriga zid 
tushunchalar tashuvchi so‘zlarni qo‘llab,ta’sirchan obraz va lavhalar yaratadi. 
Tazodda manbasi bir bo‘lgan ikki narsa yoki tushuncha qarshilantiriladi va shoir 
tomonidan manbasi bir bo‘lgan ikki tushuncha ,jumladan, yaxshilik va yomonlik, 
to‘g‘rilik va egrilik, halollik va nopoklik kabi to‘qnashuvchi hodisalar vosita qilib 
olinadi. She’riyat paydo bo‘libdiki, u ezgulikka oshno, yovuzlikka raqib, adolatga 
tashna, zulmga qasoskor bo‘lib yashaydi. Adabiyotshunos olim Boqijon To‘xliyev 
“Qutadg‘u bilig” asarida qo‘llanilgan badiiy tasvir vositalari borasida shunday 
deydi: “Har qanday badiiy tasvir vositalarning mohiyati, uning badiiy funksiyasi 
ma’lum bir asarning g‘oyaviy mazmuni, uning ichki dunyosini ochishga 
nechog‘lik yo‘nalganligi bilan belgilanadi.” [3, 2010]. Darhaqiqat, Zavqiydek 
ma’rifatparvar adibning ham o‘z she’rida tazoddan shunchaki vosita sifatida 
foydalanmaganligini ko‘rishimiz mumkin.Shoir fikricha, kimki sergap bo‘lsa u el-
yurt ichida obro‘si to‘kiladi, rasvoyi olam bo‘ladi. Kamgap, har bir so‘zining 
salmog‘ini o‘ylab gapiradigan kishilarning so‘zining ham, o‘zining ham obro‘si 
bo‘ladi. Shoir xulosa sifatida kamgaplik insonning ijobiy fafzalatlaridan, sergaplik 
esa salbiy qusurlaridan biri, ekanligini ta’kidlaydi. 
Ikkinchi baytda Zavqiy kamtarlik borasida so‘z yuritar ekan, Bunda u 
o‘zining kamtarlik, xokisorlik kabi kishidagi fazilarlar borasidagi qarashlarini 
tabiatdagi hodisalar bilan muqoyasa qilishga harakat qiladi. Agar kamtar bo‘laman 
desang, g‘unchadan ibrat olgin. Chunki, g‘uncha gul bo‘lguncha barchaga yoqadi, 
o‘zining muattar hidini saqlaydi, gul bo‘lgach esa tezda xazonga aylanadi. Gul 
ochilib,zavolga yuz tutgani kabi sirlarni aytishi unsonni xarob qiladi, 


188 
obro‘sizlantiradi. Sir oshkor bo‘ldi-mi, u endi o‘z sirlik xususiyatini yo‘qotadi, 
barchaga ayon bo‘ladi, olamga oshkor bo‘ladi.Buni g‘unchani gulga aylanib xazon 
bo‘lishi tasviri bilan muqoyasa qilgan shoir baytda tashbeh hamda husni ta’lil 
san’atini mahorat bilan qo‘llaydi. 
Galdagi baytda odamiylik borasida so‘z yuritiladi.Bu borada Yusuf Xos 
Hojibning qarashlari haqida adabiyotshunosligimizda shunday fikrlar mavjud: 
”Shoit didaktikasida chuur gumanizm hamma vaqt ko‘zga tashlanib turadi.Uning 
to‘rtliklarida bashariyatning butun tarixi davomida intilgan ijobiy xususiyatlarni 
ko‘klarga ko‘tarish,insoniylikni,insoniy fazilatlarni targ‘ib qilishni ko‘rish 
mumkin: 
Kishilar ara ko‘r kishi ul bo‘lur,
Aningtek kishilar asig‘lar bo‘lur. 
Asig‘siz kishilar kishida qo‘rq, 
Asig‘lig‘kishiasru elka to‘lur. 
To‘rtlikda kishilarni yaxshilikka, boshqalar uchun jon kuydirishga da’vat 
etish kuchli. Hech kimga nafi tegmaydigan odam bo‘lib yashashdan qo‘rqishga 
chaqiriq bor” [3.2010,36-bet]. Ma’lumki, kishining fe’l-atvori, xulqi uning 
kimligini namoyon etuvchi ko‘zgudir. Qo‘qon adabiy muhitining ma’rifatparvar 
shoiri ijododa bu didaktizm qanday namoyon bo‘lgan. E’tibor qarataylik, Zavqiy 
ham Yusuf Xos Hojib singari kishilarni yomonlikdan tiyilib, ezgu fazilatli bo‘lib 
yashashga intilishlarini istaydi va ularni bunga da’vat qiladi:
Chamanda arg‘uvondek surat oro bo‘lmag‘ing xub yo‘q, 
Pisharda mevasiz sharmandadur, sirri ayon bo‘ldi. 
Shoir fikricha, arguvondek (qizil gullaydigan mevasiz daraxt) insonlarga nafi 
tegmay yashash odamiylikka ziddir. Arg‘uvon chamanga ko‘rk berib turgani bilan 
meva berish paytiga kelganda hosili yo‘qligidan, hech kimga nafi tegmasligidan 
sharmanda bo‘ladi.Shoir unga o‘xshab yashash ma’qullamaydi, kishilarni tashqi 
go‘zallikka emas, ichki botiniy go‘zallikka intilib yashashga chorlaydi. Bunda 
tashbehdan foydalanadi. Bunda tashbehdan foydalanadi. Tashbeh - adabiyotda 
keng qo‘llanadigan she’riy san’atlardan biri. Tashbehda narsa, belgi va harakat 
kabilar boshqasiga o‘xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o‘sha tushunchani 
anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbeh ikki narsani bir-biriga 
o‘xshatishdir. Keltirilgan baytda “arg‘uvondek” deyilganda kishining hech kimga 
nafi tegmasligini arg‘uvon daraxtning meva bermasligiga o‘xshatilgan. 
Tashbehning yuzaga kelishida to‘rt unsur ishtirok etishadi : a) o‘xshamish - 
tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (inson);b) o‘xshatilmish tasvirda 
qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha (arguvon daraxti); v) asos- nimaga ko‘ra 
o‘xshatishning yuzaga chiqqanligi (nafi taegmaslik); g) vosita - o‘xshatilish 


189 
belgisi (day). Bu mumtoz she’rshunoslikda mushabbah, mushabbahi bihi, vajhi 
shaboh, odoti tashbeh istilohlari bilan yuritilgan. 
Zavqiy kihilarga qadr-qimmatini bilishi, har bir narsaning me’yori borligini 
yodidan chiqarmasligini, agar me’yor buzilsa va muvozanat buzilsa, natijasi 
halokatli bo‘lishini aytib, pand-u nasihat qilishni davom ettiradi. Agar izzat 
tilamoqch bo‘lsang, kamnamolikni odat qil. Bozorda qaysi narsa ko‘payib ketsa, 
uning qadri tushadi, undan keladigan foyda o‘rniga ziyon yetadi.Shoir bu haqida 
shunday deydi: 
Birodar, ol meni(ng) pandimni, o‘z qadringni sindirma, 
Kishi uz izzatini bilmadi, oxir yomon bo‘ldi. 
Agar izzat talabsan kamnamolig‘orzusin qil, 
Qayu ajnos bisyor o‘lsa sudi yo‘q, ziyon bo‘ldi. 
Keyingi misrada ayrim sadaflarning og‘zini ochgani uchun uning ko‘ksi 
bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgani, ba’zilarini esa labini yopib olgani uchun qimmatbaho 
durga aylangani tasviri orqali kishilarni kamgaplikka, so‘zning qadrini baland 
tutishga odatlanishlarini uqtiradi. Foyda va ziyon, ko‘p va oz so‘zlaridan tazodni 
yaratadi. 
G‘azal maqtasida shoir o‘z xulosasini beradi. “O‘ziga murojaat qilib: og‘zingi 
kamroq och, ko‘zingni kattaroq ochib hayotga ibrat ko‘zi bilan qaragin. Axir, 
qo‘llaring bilan yoqangni ushlab yuradigan zamonlar bo‘ldi”, deb ta’kidlar ekan 
xalqona iboralardan mohirona foydalanadi.Og‘zini ochmoq, qo‘li bilan yoqasini 
ushlab yurmoq iboralari shoir fikrni yorqin ifodalanishiga xizmat qilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yosh avlodni ma’naviy yetuk, estetik 
jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda Zavqiy ijodidan foydalanish eng maqbul 
vosita bo‘la oladi. Shu bilan birga aytish mumkinki, Zavqiy she’rlaridagi didaktika 
o‘z mazmun mohiyati bilan qadimgi turkiy adabiyotga bog‘lanadi, desak o‘rinli 
bo‘ladi. Bu mavzu ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshishi uchun yangi bir mavzu 
bo‘lishiga ishonamiz. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin