O‘ZBEK VA JAHON HIKOYACHILIGI: ADABIY TA’SIR VA
O‘ZIGA XOSLIK
Gulnoz SATTOROVA,
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi.
(O’zbekiston)
Kalit so‘zlar: adabiy ta’sir, adabiy aloqa, o‘ziga xoslik, tarjima, jahon,
milliy.
O‘zbek adabiyoti turkiy, arab, fors tilida so‘zlashuvchi xalqlar adabiyoti
bilan qadimiy aloqada bo‘lib kelgan. Keyinchalik bu aloqa qamrovi kengayib rus
va G‘arb adabiyoti vakillari bilan ham uzviy aloqada bo‘lgan. Bugun ham bu
181
aloqalar kengayib, rivojlanmoqda. Garchand, bunday aloqa rivojlanishlar bugungi
kunga kelib kuchaygan bo‘lsada, tarixiy hodisa sanalib, turli davrlarda, turli
tarixiy sharoitlarda turlicha rivojlangan.
Keyingi yillarda jahon adabiyotining yirik vakillari ijodini o‘rganish, ular
asarlarini milliy tilimizga tarjima qilish an’anaga aylanib bormoqda. Bu hodisa
turli qit’alarda, turli davr va sharoitlarda ijod qilayotgan ijodkorlar asarlarida
umuminsoniy muammolar, holatlarni tahlil qilish imkonini bermoqda.
O‘zbek adabiyotining jahon adabiyoti bilan ijodiy aloqalarini o‘rganish
bilan birga, ulardagi o‘ziga xosliklarni aniqlash, dini, tili, millati bir-biriga
o‘xshamaydigan insonlarning turli qit’alarda, turli makonlarda yashab
kelayotgan xalqlarning badiiy tafakkuridagi ba’zi bir o‘xshash jihatlarni belgilash
adabiyotshunosligimizda bugun ehtiyojga aylangan hodisadir.
Rus adabiyotshunosi Aleksandr Dimaning ta’kidlashicha, qiyosiy
adabiyotshunoslikning asosiy maqsadi uch xil turdagi hodisalarni o‘rganish bilan
belgilanadi. Bular:
1)
adabiyotlararo to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar, tarjimalar, ta’sir,
o‘zlashmalar;
2)
genetik qardoshlikda bo‘lmagan, lekin ma’lum mavzu, mif, obraz,
janr, o‘xshash (yaqin) adabiy oqimlarni tadqiq etishda namoyon bo‘luvchi
genetik o‘xshashliklar;
3)
milliy adabiyotlarning o‘ziga xos jihatlari
10
.
Ayni shu fikrlarga hamohang ravishda V.Jirmunskiy badiiy asarlarni qiyosiy
o‘rganishning to‘rtta muhim shakli borligini ilgari suradi.
1.
Har qanday mukammal qiyosiy-tarixiy tahlilning asosini tashkil etuvchi
adabiy hodisalarni oddiy qiyoslash.
2.
Genetik jihatdan aloqada bo‘lmagan o‘xshashliklarni jamiyat
taraqqiyotining o‘xshash sharoitlari orqali izohlashga xizmat qiluvchi tarixiy-
tipologik qiyoslash.
3.
O‘xshash jihatlarning genetik qardoshliik mahsuli deb qarashga
asoslangan tarixiy-tipologik qiyoslash.
4.
Xalqlarning tarixiy jihatdan yaqinligi va ijtimoiy rivojlanish shart-
sharoitlaridan kelib chiqib, genetik aloqalarni adabiy hodisalar o‘rtasidagi
madaniy aloqalar ta’sir hamda o‘zlashtirmalar asosida belgilovchi muqoyasa
shakli.
11
Har ikkala olimimizning tasniflari ham bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini
saqlab qolgan.
Biz ushbu tadqiqotimizda bu tasniflarga asoslanib, o‘rni bilan har uchala
hollarda ham ayrim ijodkorlar ijodini qardosh va qardosh bo‘lmagan ijodkorlar
ijodi misolida g‘oyaviy-psixologik, personajlar tavsifi, kompozitsiya va syujet,
motivlar hamda badiiy asar asosini tashkil etuvchi komponentlar nuqtai
nazaridan tahlil etishga harakat qildik.
10
Дима А.Принципы сравнительного литератуоведения –М.;Прогресс, 1977. –С.121.
11
Жирмунский В.М. Эпическое творчество славянских народов и проблемы сравнительного изучения
эпоса.– М.:Изд-во АН СССР, 1958.– С.6-7.
182
Badiiy asar har bir millatning o‘z tilida yaratiladi. Unda o‘sha millat
udumlari, milliy turmush tarzi o‘z aksini topadi. Shunday bo‘lsa-da, ularning
barchasida insoniy tug‘ular - orzu-umid, sog‘inch, sevgi-muhabbat, erk, adolat,
ichki kechinmalar, ko‘ngil iztiroblari, mehr-oqibatni his qilish, ezgulik va
yovuzlik, tiriklik va o‘limga bo‘lgan munosabatlarida hamohanglik, mutanosiblik
holati bor. Ana shu insoniy tuyg‘ular yer yuzidagi barcha xalqlarni birlashtirib
turadi. Tuyg‘ular esa badiiy adabiyotdagi ifodasi orqali insoniyatning ildizi
birligini, mushtarakligini dalillaydi.
“Adabiyotshunoslikda ma’lum bir yozuvchi va shoir ijodini milliy va
xalqaro adabiy an’analar bilan qiyoslab o‘rganish muhim ilmiy-nazariy
ahamiyatga ega bo‘lib, yozuvchi ijodining o‘ziga xos qirralarini o‘rganishda va
anglab yetishda uni boshqa ijodkorning o‘xshash asarlari bilan qiyoslab tahlil
qilish yaxshi natija beradi. O‘xshashliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar mavjud
bo‘lmaganda ham namoyon bo‘lishi mumkin ”
12
Quyida biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqada bo‘lmagan xalqlar adabiyoti namunalarini tahlilga tortdik.
Jahon adabiyotining yirik namoyondalari Dino Bussati, Robindranat Tagor,
hamda o‘zbek adibi Said Ahmadning mazmun-mohiyati bilan bir-biriga yaqin
turuvchi “O‘liklar nega tirilmaydi”, “O‘likmi tirik”, “Sag‘ana” deb nomlangan
uchta hikoyasida biz yuqorida sanagan insoniy tuyg‘ulardan biri – tiriklik va
o‘limga bo‘lgan munosabat ko‘rsatib berilgan.
Biz tahlilga tortgan bu uch hikoyada qahramonlar taqdiri bir-biriga o‘xshash
bo‘lsa-da, Tagor asarida uning holati fojeaviy, D.Bussatida falsafiy, S.Ahmadda
esa hajviy yo‘sinda talqin qilinadi.
Tagor asar boshida asar qahramoni Kadomining hech kimi yo‘q ekanligini
ta’kidlaydi. Shunday bo‘lsa-da, u qayin og‘asining xotini vafotidan so‘ng uning
o‘g‘lini bor mehrini berib tarbiyalaydi. Yozuvchi “Xotin kishi birovning bolasini
tarbiya qildimi, garchi unga muhabbatdan boshqa hech qanday huquqi yo‘q”
deya ta’kidlaydi. Bu bilan Kadomining bu dunyoda hech qanday mehribon
kishisi yo‘q ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Kadomi to‘satdan vafot etadi.
Ma’lumki, hindlar urf-odftiga ko‘ra vafot etgan kishining jasadi kuydiriladi.
Jasadni kuydirish uchun yuborilgan xizmatkorlar o‘tin yo‘qligi uchun terib
kelishni bahona qilib qabristonga o‘likni tashlab ketadilar va ular qaytib
kelganlarida jasad joyida yo‘q ekanligining guvohi bo‘ladilar. Ammo ular na
jasadni qidiradilar va na birovga og‘iz ochadilar. Asar voqealarining rivoji
shundan boshlanadi. Asar qahramoni Kadomini aslida o‘lmagan, faqat ma’lum
muddatda yuragi urishdan to‘xtagan edi. Yurak o‘z faoliyatini davom ettirganda
Kadomini qabristonda ekanligini anglaydi va uning qimirlashidan qo‘rqqan
braxmanlar esa qochib ketadi. Chunki o‘lgan odamning tirilishi g‘ayrioddiy
hodisa bo‘lganligi sababli har qanday odamda vahima, qo‘rquv, hech
bo‘lmaganda seskanish tuyg‘usini shakllantirishi tabiiy holat. Ammo fojia
shundaki xizmatkorlar jasadning tirik yoki o‘lik ekanligi haqida uning yaqinlariga
hech qanday xabar bermaydi yoki o‘zlari ham uning qaerga ketganligi bilan
12
Қосимов А.А. Типологик ўхшашликлар ва ўзаро таъсирнинг назарий муаммолари (А.де Сет-
Экзюпери ва А.Камю ижоди мисолила):филол. Фанлари доктори дисс. ... автореферати Т., 2007.
183
qiziqmaydi. Yozuvchi shu o‘rinda tirikligida topmagan qadr-qimmatga ega
bo‘lmagan inson vafotidan keyin tiriklarning mutlaqo e’tiborlaridan qolishi
muqarrarligi haqida fikr yuritgandek bo‘ladi.
Kadomini o‘zining tirkligini anglasa-da, lekin uyiga qaytmaydi. Chunki
hamma uning o‘lganligiga ishonch hosil qilgan. Yozuvchi ta’biri bilan aytganda
“ularni o‘lim daryosi bir-biridan ajratib turadi”.
Dino Bussattining “O‘liklar nega tirilmaydi” deb nomlanuvchi hikoyasida
ham qahramon xuddi shunday holatga tushadi. Skrepkachi Toni Appasher vafot
etadi. Ammo u ham xuddi Kadomini singari tiriklar dunyosiga qaytib keladi.
Har ikkala yozuvchi qahramonlarining tirikligi haqidagi tasavvurlar “marhumlar”
do‘stlarining ichki sezgilari orqali shunday ifodalanadi. “Jagoyamaning ko‘ngli
qandaydir g‘ash edi, lekin buning sababini o‘zi ham bilmaydi... Kadomini
parishonroq ko‘ringan sari, uning yuragidagi dardini bilolmay, Jagomayaning
tobora jahli chiqaverardi”
13
. Bussatida esa “... kun bo‘yi allaqanday g‘alati bo‘lib
yuribman...
Nazarimda
xuddi
kechqurun
biznikiga
Appasher
kirib
keladigandek”
14
. Har ikkala asarda ham qahramonlarning tirikligi ular
atrofidagilarga sezilsa-da, ammo hech kim bu haqda tasavvur qilishni istamaydi.
Yozuvchilar tiriklar qalbida ana shu istakning yo‘qligini asarning asosiy nuqtasi
deb qaraydilar. Va bu fikrlarini tiriklar dunyosiga qaytgan qahramonlarni
ularning yaqinlari qabul qila olmagan o‘rinlari tasviri orqali ko‘rishimiz mumkin.
“Xizmatchi xotinlardan biri likobchada sagl olib kirdi, Kadominini ko‘rishi bilan
qo‘lidan likobcha tushib ketdi-da, qichqirgancha polga yiqildi. Tagor o‘z asari
qahramoni xarakterini yaratishda umuminsoniylik yo‘lidan boradi. U “muhabbat
o‘z huquqini hech qanday hujjat bilan isbot qilolmaydi. Zotan, muhabbat bunga
muhtoj ham emas, u o‘zining ishonchsiz sanamiga kun sayin zo‘rroq ehtiros bilan
xizmat eta beradi” deya ayolning farzandga bo‘lgan cheksiz muhabbati haqida
so‘z yuritadi. Ayni shu o‘rinda esa adib o‘z fikrlariga qarshi borib, “Kadomini
bolaga bo‘lgan mehrini sarf etib bo‘lgach, bir kechasi qo‘qqisdan o‘lib qoldi”
degan jumlalarni keltirib, onaning farzandga bo‘lgan mehri tugaganligini
ta’kidlaydi.
O‘lim va tiriklik dunyosida turgan Kadominii o‘z uyiga qaytib yaqinlarini
sarosimaga solishdan ko‘ra bu fojeadan xabardor bo‘lmagan eski do‘stining
uyiga borishni afzal biladi. Uning yaxshi kutib olinishi bilan adib do‘stga sadoqat
tuyg‘usini ifodalasa, erining dugonasiga bo‘lgan samimiy munosabatidan
Jagoyamaning ta’sirlanishini er va xotin o‘rtasidagi muhabbat, bu muhabbatning
nafratga aylanishini tasvirlaydi. “Siz qanaqa odamsiz... Siz erkaklar hammangiz
shunaqasiz” .(13 bet) Bunday holat Bussati asarida quyidagicha tasvirlanadi:
“Shu paytda nima qilib yuribsan?-deya Janna eshikni ochdi va issiqqina to‘shakka
qarab chopqillamoqchi bo‘ldi-yu Appasherning g‘alati qiyofasi uni hayratga
soldi.”
13
Тагор Р. Ўлимки, тирик. Т.: “Маънавият”, 1997 й., 12 бет.
14
Буццати Д. Ўликлар нега тирилмайди. Т.: “Маънавият”, 1997 й., 19 бет.
184
Ikki dunyo orasida turgan qahramonning omadsizligi uning o‘z tilidan
shunday tasvirlanadi: “... Sizlar odamsizlar. Meni sizlarga bog‘lab turgan narsa
nima”. Asardan ko‘zlangan maqsad ham shu savolga javob topishdir.
Ma’lumki, o‘lgan odamning qayta tirilishi haqidagi afsona va rivoyatlar
asrlar davomida kishilik jamiyatida mavjud hodisa. Ammo bunday holat badiiy
adabiyotda ham, hayotda ham g‘ayritabiiy hodisa sifatida qabul qilingan.
Yuqoridagi ikkala asarda ham do‘stining diydorini yana bir bor ko‘rish uchun
tayyor qahramonlar ularning “tirilib” qaytgandan so‘ng tiriklar odamiga qabul
qilishlari uchun ichki hadik, begonasirash yo‘l bermaydi. Tagor asarida tiriklar
olamiga qaytgan qahramon holati juda ayanchli tarzda beriladi. Ayol tiriklar
dunyosida sargardon kezar ekan, oilasiga qaytishni juda orzu qiladi. Oilaga uni
chorlaydigan asosiy narsa undagi onalik mehri, tarbiyasidagi ovsinining
bolasiga nisbatan bo‘lgan xavotir hissidir. U o‘z ahvolini unutib kasal bola haqida
qayg‘uradi. Ammo hech kim ayol o‘limi adashish, yoki tirikligi haqiqat ekanligi
haqida xayoliga ham keltirmaydi.
Adib bu bilan insonlar orasidagi mehr-oqibat rishtalarining naqadar mo‘rt
ekanligi, atrofdagilarga nisbatan bo‘lgan e’tiborsizlikning qanday fojiaviy
oqibatlarga olib kelishi Kadominining ayanchli o‘lim topishi bilan ko‘rsatib
beriladi, ya’ni qahramon tirikligini isbotlash uchun o‘zini o‘ldirishga majbur
bo‘ladi. Bunday holat tasviri Bussati asarida falsafiy talqin etiladi. Inson
o‘limidan so‘nggi marosimlar, ko‘z yoshi-yu armonlar insonning o‘zi oldida o‘zi
uchun niqob ekanligi, ikkiyuzlamachilik, ichki “men”ga qul bo‘lish odamzotga
xos xususiyat ekanligi Tamburlani obrazi orqali mahorat bilan ochiladi. Adib
uning qiyofasini shunday tasvirlaydi; “Tamburlani o‘tkir diplomat sifatida nom
qozongan, ehtiyotkor, o‘z ishiga pishiq odam edi; shu fazilati (yoki nuqsoni)
tufayli u jamiyatda kamtarona xizmatlari imkon bergan darajadan ko‘ra
yuqoriroq mavqeni egallagan edi”. Bunday holatlar asardagi Janna, hazrat
Raymardo obrazlarida ham uchraydi.
Yuqoridagi har ikki hikoyada tiriklik orasidagi tafovut insonlarning unga
munosabati qalamga olingan bo‘lsa, S.Ahmadning “Sag‘ana” hikoyasida
insonning o‘limga bo‘lgan munosabati hajviy tarzda bayon etiladi. Asar
qahamoni Boqi xalfani tiriklik paytidayoq o‘zi uchun o‘lim tadorigi aniqrog‘i
marosimlarni o‘tkazib qo‘yish haqidagi fikrlar bezovta qiladi. Buning birinchi
sababi atrofdagilar va yaqinlarga nisbatan ishonchsizlik bo‘lsa, ikkinchisi unga bu
olamda qilinayotgan munosabatlar u o‘lgandan so‘ng qanday bo‘lishiga
qiziqishdir. Bu qiziqishlar Boqi xaalfaning el orasida kulgi bo‘lishiga olib
keladi. Asar qahramonining o‘ziga motam marosimi uyushtirib insonning insonga
bo‘lgan ishonchsizligini anglatsa, uning “boshpurti”ni topshirib domovoydan
o‘chganligi qog‘ozbozlikning inson qadr-qimmatidan baland turishi bo‘lgan
holatlarni kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalantiradi.
Har uchala asarda ham inson tuyg‘ulari, qadr-qimmati ulug‘lanadi. Har
qanday jamiyat, tuzum, sharoitda onaning farzandga bo‘lgan mehri beqiyosligi
Kadomini obrazi orqali aks ettirilgan bo‘lsa, ikkiyuzlamachilik, “o‘lding-
o‘chding” qabilida yashovchilar Jagoyama, Tamburlani obrazlari orqali yoritiladi.
185
Har uchala asarning xulosasi shuki, mohiyatan o‘lim va tiriklik orasida katta bir
ko‘prik bo‘lmasa-da, o‘lim sari yuz tutgan odam tiriklar dunyosida qayta o‘rnini
topa olmasligi ifoda etiladi.
Milliy adabiyotdagi har bir hodisaning sababini tashqi omillardan emas,
avvalo ona zaminning o‘zidan, real vokelikdan, zamona ehtiyojidan izlamoq
darkor. Bu xususda yozuvchi N.Eshonqulning o‘zi shunday fikr bildiradi
:
«Adabiyot hech qachon yakka holda taraqqiy etgan emas. Jahon adabiyoti
dunyodagi yuzlab xalqlarning adabiyoti, shu jumladan ,bizning ham. U bizga
begona adabiyot emas. Shuning uchun jahon adabiyoti tushunchasiga cho‘chib,
xavotirlanib qarash noo‘rin. An’analar adabiyotdan adabiyotga o‘tadi. Kimda
nimaga ehtiyoj bo‘lsa, o‘shani oladi. Men ham o‘z ehtiyojimga yarasha
olganman...»
1
.
Yozuvchi
haq.
Zero,
adabiyot
umuminsoniydir.
Ana
shu
umuminsoniylikni nafaqat G‘arb va Sharq adabiyotida, balki, Sharqning ikki
ijodkori ijodida ham uchratish mumkin.
“Adabiyotshunoslikda ma’lum bir yozuvchi yoki shoir ijodini milliy va
xalqaro adabiy an’analar bilan qiyoslab o‘rganish muhim ilmiy -nazariy
ahamiyatga ega. Chunki shunday qiyoslashlar orqali yozuvchining ijodiy
mustaqilligi va uning milliy, jahonadabiyoti rivojidagi o‘rni anglab yetiladi.
Yozuvchi ijodining o‘ziga xos qirralarini o‘rganishda va anglab yetishda uni
boshqa bir ijodkorning o‘xshash asarlari bilan qiyoslab tahlil qilish muhimdir.”
15
O‘tgan asrning so‘nggi yillarida yaratilgan hikoyalarning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri insonning ichki “men”ini tadqiq etish, uning o‘ziga xos
olamini kashf etish asosiy tamoyillardan biriga aylandi. Inson tabiyaati,
ruhiyatidagi evrilishlar asarlarda aks eta bordi.
Dostları ilə paylaş: |