Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   431
Anjuman Boku (6)

Ключевые слова:
литература тюркских народов, традиционализм, 
следование, Навои, Физули, Матназар Абдулхаким, эстетическое явление, 
новаторство, слово, поэма. 
Badiiy adabiyotda an’ana - doimiy o‘zgarishdagi estetik hodisa hisoblanib, 
“an’anaviylik – Sharq adabiyotining o‘ziga xos xususiyati va harakat yo‘li, unda 
umumiy o‘xshashlik va takror ham, yangilik va kashfiyot ham bor. Shoirlarning 
maqsad va intilishlari, erishgan natija va muvaffaqiyatlari goho bir-biriga g‘oyatda 
monand”(I.Haqqulov)dir. Bu hol an’ananing o‘zlashtirish bosqichlari, ichki va 
tashqi tiplarining aloqadorligi ifodasi bo‘lib, adabiy tafakkur taraqqiyotining 
zaruriy sharti novatorlik-(tajdid)da zuhur topadi. Novatorlik an’anani yangicha 
qarashlar bilan boyitish, g‘oyaviy-badiiy mazmunda o‘ziga xoslikni ta’minlashga 


191 
xizmat qilar ekan, bunda takroriylik ijodkorni ilgari sinalgan shakllarda yangi-
yangi yutuqlarga boshlovchi omil vazifasini bajaradi. 
Adabiy an’ananing ushbu xususiyatlari – ijodkor va ijod takomilidagi o‘rni, 
yashovchanligi, san’atkor iste’dodi, tafakkur tarzi, novatorliqda ijtimoiy-estetik 
ideal va mohiyatning ifodalanishida Sharq, jumladan o‘zbek adabiyoti boy 
imkoniyatlarga ega. Qadim o‘tmishdan davom etayotgan folklor va yozma 
adabiyot an’analar hozir ham badiiy ijod asarlari uchun muhim manba va tayanch 
vosita bo‘lib kelmoqda. Tabiiyki, bu jarayonda ming yillik mumtoz adabiyotimiz 
an’analari ilhom va rag‘bat bag‘ishlamoqda. 
O‘zbek mumtoz she’riyatining ko‘p asrlik an’analari asosini daho ijodkorlar, 
favqulodda iste’dodlar asarlari tashkil etadi. Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Ogahiy 
asarlari bugungacha shoirlarni bahramand qilib kelmoqda. Ularning an’analariga 
izdoshlik asosan ikki yo‘nalishda namoyon bo‘lmoqda: 1) lirik asarlarga 
hamohanglik, xususan g‘azal, musammat va boshqa kichik janrlaridagi 
tajribalariga ergashib ijod qilish; 2) liro-epik asarlardagi (dostonchilik) tajribasini 
ijodiy o‘zlashtirish, mazmunan va shaklan boyitish. Bu o‘rinda avvalo “Xamsa” 
beshligiga talqinlar nazarda tutilmoqda.
Navoiyning ko‘p qirrali falsafiy-ta’limiy saboqlaridan fayz va ilhom olib, 
unga maslakdosh va sobit izdosh bo‘la olgan zamondosh shoirlarimiz o‘z asarlari 
bilan adabiy vorislikda ijodning uzviylik xarakterini, uning tub asosi – badiiy 
so‘zning maqomi, an’anasining boshlanish nuqtasini ko‘rsata olgan va 
izlanishlarida ifodalash sari dadil borayotgan ijodkor qiyofasida gavdalanadilar. Bu 
xususiyatlarni o‘ylaganda ularning ilk namunalari beixtiyor hayolga keladi. 
Binobarin yozma adabiyot janrlarining shakllanish va takomillashish jarayonida 
ularning o‘zaro ichki munosabatlari, biridan ikkinchisiga o‘tishi, ta’siri, ya’ni bir 
tomondan “qorishiq” xarakteri yuzaga kelsa, ikkinchi tomondan asarlar tarkibida 
nazira, tazmin, payrav, sharh, zullisonayn maktub, mushoira, shiru shakar kabi 
qismlar yaqqol ko‘rina boshladi va bularning munosabati, shartli ravishda, an’ana 
shakllanishining omillaridan biri bo‘ldi. Bu jihatdan birgina “so‘z” kalomining 
an’anadagi talqinlari ibratli misol bo‘la oladi. 
E’tiborli bir misol. “So‘z”ning ilk ta’rifiga oid fikrlardan biri X-XI asrlarda 
yashagan arab olimi, shoiri, savdogari Abu Mansur As-Saolibiyning “Tatimat al 
Yatima” asarida qo‘llanilgan. Lekin unda shoirlar asarlarida biridan ikkinchisiga 
o‘tishi uchrasa ham “tazmin” atamasini ko‘rmadik. Bu o‘rinda “uning so‘zi”, 
“mening so‘zim” iboralari ishlatilib, matn ma’nosi izohlanadi. Zero, har qanday 
yuksak mahoratli san’atkor ham so‘z atalmish mo‘‘jiza sirlarini egallash yo‘lidan 
boradi. Bu yo‘lda “kashfiyot”ning (I.Haqqul iborasi) voqe bo‘lishi mo‘‘tabar 
so‘zga mohir muallif harakatining natijasi ekanligini tarix qo‘rsatib kelmoqda. 
Navoiyning "Hayratul abror" dostoni buning yaqqol misolidir. Asar ustozning 


192 
nisbatan salmoqli, ancha batafsil o‘rganilgan dostonlaridan biri bo‘lib, hozirgacha 
adabiyotshunoslar va ijodkorlar diqqatini tortib kelmoqda. O‘tmish adabiyotda 
Tabibiy Navoiyga izdoshligini izhor etib,dostonini “Hayratul oshiqin” deb atagan 
edi. Bu an’ana bugungacha davom etib kelmoqda. Chunonchi, adabiyotshunos 
U.Jo‘raqulov Navoiy “Hayratul abror”ning xronotopini (olamning zamoniy va 
makoniy badiiy o‘lchamlari) tadqiq etdi[1]. S.Sayyid “Birinchi hayrat”, “Yuz, oh, 
Zahiriddin Muhammad Bobur” dostonlari bilan tazmin an’anasini boyitdi[2], 
Matnazar Abdulhakim esa “Ko‘chki”, “Ko‘prik” dostonlari, “Fasllar qo‘shig‘i” 
turkumi bilan liro-epik an’anaga muhim hissa qo‘shdi[3]. 
Adabiy jamoatchilik tomonidan donishmand shoir deya e’tirof etilgan 
Matnazar Abdulhakim Navoiyning chinakam muxlisi va bilimdoni edi. U 
Ustozning barcha doston va she’rlarini ko‘p mutoalaa qilar, mag‘zini chaqishga 
intilib, ulardan ilhomlanar edi. Uning “Xamsa” dostonlariga yuksak muhabbati bor 
edi, shu sababli bu sohadagi faol bardavomlikni ko‘ramiz. Bu hol dostonlarda ham 
ko‘rinadi. Masalan, Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni bilan “Ko‘prik” 
dostonida ayrim mushtarak va xos jihatlar namoyon bo‘ladi: 1) Har ikkala asarda 
ham epik ko‘lam kengroq bo‘lib, adolat, raiyatparvarlik va shafqat motivlari oldi 
ngi o‘ringa chiqarilgan; 2) Shoh Iskandar va Xonqa hokimi Muhammad Aminiddin 
obrazlarida realistik va qisman romantizm unsurlari tabiiy omuxtalanib, 
muxlislarda samimiyat uyg‘otadi; 3) Navoiy dostonida Iskandar talqinidagi
qistirma hikoyatlar shogird asarida ham saqlanib, Polvon kanali, suv, aqlli eshak 
kabi bir qancha xalqona rivoyat va hikoyatlar keltiriladi; 4) Ustoz dostoni 
masnaviy yo‘lida bir xil vaznda yozilgan bo‘lsa, Matnazar Abdulhakim an’anadan 
biroz chekinib, o‘z dostonini turli janr va vaznlarda, aruz va barmoq o‘lchovlarida 
yozgan. Zero, buni asar xarakteri va uslub taqozo etgan; 5) qistirma rivoyatlar 
nisbiy tugallikka ega bo‘lib, syujet tarkibida ikkinchi darajali atributlardir. Bular 
muallifning muayyan fikrlarini tasdiqlash, epik tasvirni kengaytirishga xizmat 
qilgan. Shuningdek, Matnazar Abdulhakim she’r va dostonlarida Navoiy dostonlari 
qahramonlari Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Mehnbonu, Bahrom, Dilorom 
nomlarining bot-bot tilga olinishida ham ma’lum ma’no-maqsad mujassami bor. 
Ma’lumki, so‘z uzoq va keng tarixiy hodisa bo‘lib, inson tafakkurining 
shakllaridan biridir. U mohiyatan falsafiy qarashga mansub, qiyosiy va aqliy 
bilimning nutqiy ifodasidir. So‘z zamonlar osha o‘zgarib borsa ham, uning ijtimoiy 
aloqadorlik mazmuni saqlanib qoladi. Akademik N.Karimov bu hodisaning 
ifodasini falsafiy-intellektual tafakkur sifatida baholar ekan, har bir davrga 
xosligini alohida ta’kidlaydi. Olim yozadi: “Shu narsa quvonchliki, XX asr oxirida 
XXI asrning dastlabki choragida yashab ijod qilgan Erkin Vohidov, Abdulla 
Oripov, Rauf Parfi, Matnazar Abdulhakim singari shoirlar falsafiy-intellektual 
she’riyat namunalarini yaratishda Asqad Muxtor bilan bir safda bo‘ldilar”[4]. Ijod 


193 
jarayonida uzviy davom etayotgan bu an’anada “so‘z” juda keng qo‘llanilib 
kelgan. Jumladan, mumtoz adabiyotda ehtiyojga ko‘ra “so‘z” o‘rnida she’r, nazm, 
roz, kalom, nutq, ibora kabi tushunchalarga murojaat etilganki, bu holni hozir ham 
uchratamiz. Matnazar Abdulhakim o‘z asarlarida bu usuldan qisman bo‘lsa ham 
foydalanadi. U so‘zni gavhar deb bilgan Navoiy hazratlaridan o‘rnak olgan holda 
zamonaviy talqinni ixtiyor etadi. 
So‘zga munosabat bildirmagan shoir yo‘q hisobi. Bu munosabat ikki xilda – 
mustaqil she’rlar yoki asarlar qatralarida ayrim bayt va bandlar shaklida 
qo‘llaniladi. Matnazar Abdulhakim she’riyatida bularning har ikkalasi ham 
mavjud. Shoirning “Bir so‘z” she’ri so‘z ta’rifiga bag‘ishlangan. U 7 to‘rtlikdan 
iborat bo‘lib, 11 hijoli barmoq vaznida yozilgan, so‘z qudrati va mas’uliyatidan 
bahs etadi. Muallif mahorati shundaki, u 8 bandda “so‘z” va unga qo‘shimchali 
shakli 11 o‘rinda turli ma’nolarni ifodalab keladi. Shu bois ularni turfa takrori 
g‘alati tuyulmaydi. Quyida ayrim misollarni keltiramiz: 
1)
“Bir so‘z topmadingiz”, “Bormi shunday so‘z”. 
2)
Izlaysan, izlaysan, o‘shal bir so‘z yo‘q. 
3)
Yhrakda mag‘izdek chotgan so‘z bilan 
4)
Bu bir so‘zni esa qanday bo‘zlayman. 
So‘z muallif tasavvurida serqirrali tushuncha: o‘rni bilan baxt, umid, visol, 
yurak bilan tabiiy bog‘liq jumboq ham, shu sabab shoirning quyidagi fikri so‘zning 
tub mohiyati yaxlit va badiiy umumlashtirilgan: 
So‘z o‘rniga umrim berayotir ro‘y, 
Aytilmagan so‘zdir qutlug‘ har lahza 
Dard chekkan tabibim, endi bilib qo‘y, 
Yo‘q men uchun so‘zdan og‘irroq narsa[5]. 
Bu to‘rtlikda shoir iste’dodining yana bir qirrasi aks etgan. To‘rtta misraning 
uchtasida “so‘z” uchraydi. Ikki qatorda “din”, “dan” qo‘shimcha. Bu hol mazmun 
talabiga dahldor bo‘lib, ulardan birini o‘zgartirish yoxud o‘rnini almashtirish
banddagi bir butunlik va ifoda yakdilligiga putur etkazadi. Boshqa bir to‘rtlikning 
uchtasida “so‘z”, “so‘zlayman” (ikki marta) va bir marta “so‘zni” shaklida 
qo‘llanib, ular takrori ma’no tarkibiga singib ketgan. 
Yuqoridagi satrlar Navoiyning “Hayratul abror”idagi monand misralarni 
beixtiyor yodga keltiradi. Ustoz shoir “so‘z” iborasiga takror san’ati asosida 
yondashib, uni ikki masnaviyda ham qo‘llaydi, faqat “ga”, “din” qo‘shimchalari 
mazmuniy urg‘u va ta’kid, fikr davomiga ishora qiladi: 
So‘z gavhariga erur oncha sharaf 
Kim bo‘la olmas anga gavhar sadaf. 
To‘rt sadaf gavharning durji ul, 
Etti falak axtarining burji ul[6]. 


194 
Shuningdek, Navoiyda “guhar”, Matnazar Abdulhakimda “ko‘ngil” 
kalomlarining “so‘z” o‘rnida faol iste’foda qilinishi har bir ijodkor badiiy didining 
individualligidan nishonadir.
Har bir ijodkorning ko‘p qo‘llaydigan obraz va tushuncha – so‘zi borki, u 
maqsadga ko‘ra ijobiy va salbiy ma’nolarda ishlatadi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, so‘z – fikr maydoni, izlanish imkoni. Har 
bir ijodkor o‘z iqtidoriga yarasha unda voqea va narsalarga estetik munosabatda 
bo‘ladi, muayyan so‘z va janr turiga moyillik bildiradi. Matnazar Abdulhakim 
tafakkurida ham “so‘z” ta’rifida an’ana bag‘rida yetilgan o‘ziga xoslik, betakrorlik 
ustivorlik qiladi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin