Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   431
Anjuman Boku (6)

Ключевые слова.
Диван, предисловие, хамд(восхваление Аллаха), 
наът (восхваление пророка), литературно- эстетические взгляды, традиция и 
новаторства, поэзия. 
Ozar xalqining shirinzabon shoiri Muhammad Fuzuliy Alisher Navoiyning 
munosib izdoshlaridandir. Uning Navoiyga e’tiqodi va payravligi debocha yozish 
salohiyatida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shoir turkiy va forsiy devonlariga 
debocha bitgan. Fuzuliy debochalari andoza va uslub jihatidan Alisher Navoiy 
yaratgan mumtoz debocha uslubiga juda yaqin. Fuzuliyning forsiy devoniga 
yozgan debochasi xuddi Navoiyning debochalari singari nasr va nazm uyg‘unligi 
uslubida yozilgan. Nasr va nazmning omuxtaligi bamisoli shiru shakar yoki 
gulbashakar singari yoqimli uslubga asos bo‘lgan. Debochaning mazmun-
mundarijasi aynan Navoiy debochalaridagi singari Ollohga hamd, Payg‘ambar 
Muhammad (S.A.V.)ga na’t, shoirning hasbi holi tasviri hamda adabiy-estetik 
qarashlarining badiiy tasviridan tashkil topgan. 
Debochadagi Ollohga hamdu sanolar uning muqaddas hadisi tufayli vujudga 
kelgan butun mavjudotga asos bo‘lgan so‘zning ta’rifu tavsiflari bilan uyg‘unlashib 
ketgan tarzda ifodalanadi. “Ollohim, maoniy, ya’ni ma’nolar shunday bir go‘zal 
xazinadirki, - deb yozadi Fuzuliy, - dunyo moddiyati ashyolari yaratilganidan beri 
shariat va tariqat sohiblari bir-birlari bilan to‘g‘ri-noto‘g‘ri narsalar xususida usul 
yoki tushuncha ixtilofiga tushganlarida, da’vo hamda istaklarining ifodasi uchun 
maoniyni tasarruf etadilar. (Tarjima bizniki – F.K.) Va so‘z shunday zo‘r 
xazinaning shodasidirki, u xazinaning injularini alohida-alohida bir shaklda ipga 
shunday teradiki, ma’no hech bir vaqtda so‘z ishtirokisiz o‘rtaga chiqa olmaydi”. 
Nasrdagi shunday go‘zal fikr-mushohadalardan keyin Fuzuliy ularga badiiy asos 
sifatida she’riy parchalar keltiradi. She’r: 


196 
So‘z ma’nodan, ma’no esa so‘zdan ayri holda bo‘lmas, bu xuddi tananing 
jondan (ruhdan) ayri (alohida) bo‘lolmagani kabidir
[1,89]. 
Shoir Olloh ijodining benazir samari bo‘lmish badiiy so‘zning moʻjizakor 
qudratini tavsiflashda davom etadi: “Ey buyuk Ollohim, ko‘ngil naqadar zo‘r 
g‘avvosdirki, davomli tarzda u so‘z va ma’no xazinasidan ma’rifat gavharlarini 
chiqarib, ibora silkiga teradi. Ko‘ngil shunday bir nozikfahm mavjudotki, mazkur 
inju tizmasini zamona go‘zali gardaniga marvaridlar shodasidek taqib, ham injular 
shodasining darajasini oshiradi, ham go‘zalning husniga husn qo‘shadi. She’r: 
So‘zga oddiy ko‘z bilan qaramasligimiz kerak
Chunki u yuksak Arshdan tushgan narsadir. 
Ko‘nglimiz so‘zga qay tarzda mayl etmasin, 
Mazkur injular shodasi ko‘nglimizni qondira oladi”[
1,89] . 
Har qanday holatda ham, - deya davom etadi Fuzuliy, - orzu va zavq 
shakkaristonida nutq to‘tisining so‘zlashga bo‘lgan rag‘batini orttiruvchi eng 
yaxshi so‘z Olloh kalomining nag‘masidirki, qudratini namoyon etuvchi mulk 
olamining shakllaridan maydonga kelgan iboralari bilan malakut (ruhlar) 
olamining ma’nolardan iborat mazmunlarini yaratgan san’at zanjirini shunday 
go‘zallik va nazokatli tuzmishdirki, suratlar olamining sayr etuvchilari mutolaa 
etarkanlar, hayrat dengiziga cho‘madilar va ma’no xilvat saroyining zavq sohiblari 
(so‘fiylar) uning mazmunini anglaganlarida lol qoladilar. She’r: 
Bu qanday bir go‘zal nazmdirki, mohir ustoz bo‘lmish nozim (yaratuvchi) 
go‘zal iboralar va mazmunlar ila unga nizom (tartib) bergandir. Har kishi uning 
bog‘i – mevalariga asir bo‘lgandir: shaklga qiziqqanlar – shaklga, ma’noga 
qiziqqanlar – ma’noga asir bo‘lgandir[1,89-90]. 
Fuzuliy nazdida ilohiy so‘z ko‘ngil g‘unchasining labiga tabassumlar 
qo‘ndirgan eng go‘zal qo‘shiqdirki, g‘aybning yashirin uyida ma’rifat 
javharlaridan bebaho xazinalarni o‘rtaga chiqaradi va insonlar u xazinani 
to‘xtovsiz ochib, nazm va nasr sahifalarini go‘zal gavharlar bilan boyitadilar 
hamda harflarning bir-biriga bog‘lamasi orqali har bir xazina uchun kalit 
yasaydilar. Va bu xazinalar vositasida Yaratuvchiga hamd aytadilar. Bu esa 
ezgulik yo‘lida so‘zlagan so‘zlarining ohangidir. She’r: 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin