199
Gʻazal bildirur shoiring qudratin,
Gʻazal ortirur noziming shuhratin.
Ko‘ngil garchi ash’ora cho‘q rasm vor,
Gʻazal rasmin et jumladin ixtiyor-
Ki, har mahfiling ziynatidur g‘azal,
Xiradmandlar san’atidur g‘azal.
Gʻazal deki,mashhuri davron o‘la,
O‘qumoq-da,yozmoq-da oson o‘la [2,21].
Gʻazalday lirik she’riyat namunasining nozik badiiy qirralarini kamdan-kam
shoirlar Fuzuliychalik aniq va yorqin bayon etib berganlar. U g‘azal
haqida
quyidagicha nodir nazariy fikrlar bayon etgan: “...Faqat qulay anglashiladigan
uslubga bo‘lgan rag‘batim va yaratilishidan nozik mazmunlarga nisbatan ko‘ngilda
tuygan ishtiyoq va sevgim, tabiatim doimo muammo va qasidaga mayl qilar edi.
Gʻazal yozmoq orzusi bir on xotiramga kelmas edi. Unga sohib bo‘lish ishtiyoqida
fikrim g‘avvosining hech ko‘ngli to‘lmasdi. Chunki g‘azal oshiqning ko‘ngil
dardini shafqatli sevgilisiga bayon qilishi va yo ma’shuqning sodiq oshiqiga
bildirishi uchun yoziladigan holatdir. Chunki g‘azal – oshiqning ko‘ngil dardini
shafqatli sevgilisiga ochishi va yoki ma’shuqning sodiq oshiqiga holini bildirishi
uchun qalamga olinadi. Bu she’r tarzi yangi yetarli xazinalar orasida ko‘rilajak va
yoki toza yurakli xazinalar qarindoshlik qilish hayajoni bilan maydonga kelar.
Gʻazal uslubida mubham mazmunlar yoki mug‘laq lafzlar
biror kishiga hayajon
baxsh etadi. Gʻazalning xususiy bir tili va ma’lum bir so‘z aytuvchi qahramoni
bo‘ladi. Zamon rivojining yordami sababi bilan rivojlanishdan dam urgan va
tasodifan mendan ilgari kelgan shoirlar har yuksak ong egasi va keng tushunchali
bir tabiatga sohib emishlar. Bular g‘azalda qo‘llaniladigan latif iboralar va nozik
tushunchalar shunday mahsullarini topganlarki, aslini olganda,
boshqalariga hech
bir narsa yaqinlashtirmaslar. Bir kimsa ularning butun so‘zlaridan va she’rlaridan
xabardor bo‘lishi lozimki, asarlari ularda o‘zidan oldin so‘zlangan so‘zlar va
ma’nolar tarkibi befoyda holga kelmasin”[1,95]. Fuzuliyning bunday qarashlari
g‘azalshunoslik nazariyasi uchun ham juda muhimdir.
Ulug‘ shoirning taxallus tanlashi sababi va uning jarayonlari, taxallusining
ma’nolari haqidagi fikrlari ham juda qimmatlidir. Biz maqola hajmi talabi
taqozosiga ko‘ra uning birgina qirrasi haqidagi fikrlarini keltirish bilan
kifoyalanamiz: “Ollohning madadi bilan zamonamning
butun ilm va fanlarining
barchasini o‘zimda to‘plash orzusida edim. Inshoolloh, bu orzuimga erishdim va
buni ifoda etuvchi Fuzuliy taxallusiga ega bo‘ldim. Chunki “ulum” va “funun”
so‘zlarining “ilm” va “fan” kalimalari ko‘pligi bo‘lgani kabi, “Fuzuliy” ham
lug‘atda “fazl”ning ko‘pligidir. “Fuzuliy”ning xalq orasida qo‘llanilgan boshqa
ma’nosi esa odobga uyg‘unsizlik deganidir” [1,95] . Bu fikrlardan anglashiladiki,
200
shoir “Fuzuliy” taxallusini tanlaganda har ikki ma’noni ham nazarda tutgan.
Taxallusning birinchi ma’nosi shoirning fozil, fazilatlarga boy inson ekanligini
anglatadi. Ya’ni shoir, o‘zi e’tirof etganidek, zamonasining
ilm-u fan yutuqlarini
o‘z tafakkurida mujassamlashtirgan. “Fuzuliy” so‘zining ma’nosi shuni aks
ettirishiga ishongan. So‘zning xalq tilidagi ikkinchi ma’nosidan esa shoir kamtarlik
ma’nosida foydalanmoqchi bo‘lgan. Goho xalq orasida bilimdon odamlarga
nisbatan mahmadono deb qarash holatlari ham bo‘ladi. “Fuzuliy” so‘zining shu
ikkinchi ma’nosi orqali esa shoir go‘yo mahmadonaligini tan olib, o‘ziga- o‘zi
malomat qilishni ko‘zlagan.
Xulosa qilib aytganda, Fuzuliyning forsiy
devoniga yozgan debochasi
shoirni anglash sohasida ham, adabiyotshunoslikning nozik qirralarini ochishda
ham qimmatli ma’lumotlarga ega noyob adabiy manbadir
Dostları ilə paylaş: