Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   431
Anjuman Boku (6)

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Muhammet Nur Do’g’an. Fuzulinin Poetikasi. – Anqara: 1989.
2. Фузулий. Девон.Асарлар. 2жилдлик, 1-жилд. – Тошкент: Ғафур Ғулом 
номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1968.
3.Алишер Навоий асарлари луғати. –Тошкент: Фан,1971. 
 
XOJA AHMAD YASSAVIY VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI 
 
Islombek MANNOPOV, 
Farg‘ona Davlat Universiteti
Falsafa fanlari doktori(PhD), doktorant 
Annotatsiya: 
Xoja Ahmad Yassaviyning she’riy ijodi ta’sirida tatar yozma 
xalq adabiyoti hamda turk xalq adabiyoti shakllandi. Turkman va qirg‘iz 
mumtoz adabiyotida ‘“Devoni hikmat” va Yassaviy izdoshlari asarlari o‘rtasida 
o‘xshashliklar mavjud. 
Kalit so‘z va iboralar:
yassaviylik adabiyoti, adabiy ta’sir, hikmat, ijodiy 
uslub, barmoq she’r tizimi, ishq mavzusi. 
Aннотация:
Татарская народная литература и тюркская народная 
литература сформировались под влиянием поэзии Ходжи Ахмеда Яссави. 
В туркменской и кыргызской классической литературе есть сходство 
между произведениями Девони Хикмат и последователей Яссави. 
Ключевые слова и фразы:
Литература Яссави, литературное 
влияние, хикмат, творческий стиль, силлабическая система стихосложения, 
тема любви. 


201 
Annotation:
Tatar folk literature and Turkic folk literature were formed 
under the influence of the poetry of Khoja Ahmed Yassavi. In Turkmen and 
Kyrgyz classical literature, there are similarities between the works of Devoni 
Hikmat and Yassavi's followers. 
Keywords and phrases:
Literature of Yasawi, literary influence, hikmat, 
creative style, syllabic system of versification, theme of love. 
Xoja Ahmad Yassaviy hazratlari o‘zbek tasavvuf adabiyoti hamda yassaviya 
tariqatining asoschisi, murshid va so‘fiy shoir, turkiy millatlarning ma’naviy va 
madaniy hayotida asrlar mobaynida o‘chmas iz qoldirgan takrorlanmas 
shaxslardan biridir. Shuning uchun u “Piri Turkiston”, “Xojai Turkiston” deb 
alohida hurmat bilan tilga olingan. 
Xoja Ahmad Yassaviy irfoniy-tasavvufiy mavzu va g‘oyalarni xalq she’riyati 
ohangi va uslubida tarannum etdi hamda o‘zining she’rlarini “hikmat” deb 
nomladi. Uning hikmatlari hayotligi paytidayoq mashhur bo‘lib ketdi. Shogirdlari 
va izdoshlari tomonidan yod olinib, zikr majlislarida maxsus ohangda o‘qiladigan 
bo‘ldi. 
Ahmad Yassaviydan so‘ng unga ergashib hikmat yozgan ijodkorlar safi ancha 
kengaydi. Ularning eng mashxuri uning uchinchi xalifasi Sulaymon Boqirg‘oniydir 
(vaf. 1186). Bizgacha yetib kelgan “Devoni hikmat”ning 180 dan ortiq qo‘lyozma 
nusxalari, shuningdek, “Boqirgon kitobi”dan saksondan ortiq Yassaviyga izdosh 
shoirlarning minglab hikmat, munojot, munozara, hikoyat va qissalari joy olgan. 
Yassaviylik adabiyoti XII asrdan XX asrgacha o‘nlab shoirlar ijodi bilan davom 
etdi hamda tatar, turk, ozarbayjon, turkman va boshqa turkiy xalqlar adabiyotiga 
o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 
“Devoni hikmat”ning ta’siri masalasi o‘tgan asrning boshlaridayoq 
yassaviyshunos olimlar e’tiborini o‘ziga tortgan edi. Mashhur turk olimi Fuot 
Ko‘pruli, birinchi o‘zbek yassaviyshunos olimi professor Abdurauf Fitrat, 
professor Abdurahmon Sa’diylar o‘z tadqiqotlarida fikr-mulohazalarini 
bildirishgan. 
Fuod Ko‘pruli turk xalq adabiyotining paydo bo‘lishi masalasiga alohida 
urg‘u berib, turk xalq tasavvuf adabiyotining Xoja Ahmad Yassaviydan 
ta’sirlanganini ilmiy asoslaydi. Xoja Ahmad Yassaviy ijodi ta’sir etgan hududlarni 
quyidagicha tasniflaydi: “1. Qipchoqlar, ya’ni bugungi shimol tarafidagi turkiylar 
(tatar, boshqird, qozoq va x,.k. ); 2. Turkmanlar hududi; 3. Ozariylar hududi; 4. 
G‘arbdagi turkiylar. ya’ni Anado‘li va
 
Rum (hozirgi Turkiya I. M.) hududi” [1, 
174]. 
Turk olimi prof. Fuod Ko‘pruli bir asr avval yozgan “Turk adabiyotida ilk 
mutasavviflar” deb nomlangan kitobida turk xalq adabiyotining paydo bo‘lishi 


202 
masalasiga alohida urg‘u berib, turk xalq adabiyoti O‘rta Osiyo turkiy tasavvuf 
adabiyotining davomi ekanligini qayd etgan edi. 
Ahmad Yassaviy ijodining turk mutasavvif shoiri Yunus Emroga ta’siri 
masalasini turk olimlari Kemal Eraslan, Mustafa Tatchi, Mehmed SHeker, Nejdet 
Yilmaz, Hasan Kamil Yilmaz va boshqa olimlar ham o‘z tadqiqotlarida 
yoritishgan. 
Bizgacha uning 400dan ortiq she’rni o‘z ichiga olgan «Devon»i, masnaviy 
shaklida yozilgan «Risolatun-Nushiyya” (O‘git risolasi) deb nomlangan so‘fiyona 
nasihat ruhida yozilgan asari yetib kelgan. U darveshona hayot kechirib, 
Ozarbayjon, Eron, Onado‘li hududlariga sayohat qilgan. 
X asrdan boshlab diniy-tasavvufiy asarlarga hikmat deyilganda poetik janr 
nazarda tutilmagan, balki didaktik-falsafiy mazmun e’tiborga olingan. Hikmat deb 
atalgan she’rlarning paydo bo‘lishi esa bevosita Xoja Ahmad Yassaviy shaxsi va 
faoliyati bilan bog‘liq. O‘zi aytgan she’riy pandnomalarni Yassaviy «hikmat» deb 
nomladi. «Hikmat» deb atalgan she’rlari xalqimizning adabiy, ma’naviy va 
ma’rifiy hayotida muhim rol o‘ynadi.
«Devoni hikmat»da hikmat- Ahmad Yassaviy tomonidan nazmga solingan 
pandnoma she’r ekanligini tasdiqlovchi misralar mavjud: 
Qul Xoja Ahmad qiyomatdin aydi muni, 
Hikmat qilib xaloyiqqa yoydi muni... [2, 114]
«hikmat qilib» deganda nazmga solinganini e’tirof etgan. 
Hikmatnavis shoirlar yassaviyona uslub va ruhda yozilgan she’rlarini 
an’anaga muvofiq ish tutib, «hikmat» deb nomlaydilar. O‘zlarining she’rlarini 
hikmat ekanligini e’tirof etadilar. Masalan, XVI asr hikmatnavis shoiri Ubaydiy: 
Hikmat ahlidek agarchi aytadur hikmat vale, 
Qul Ubaydiy bor durur sharmanda o‘z guftoridin [3, 356],
deya o‘z she’rlarini hikmat deya ataydi. 
Yunus Emro «Devon»ida «Manim turur bu jumla ish, hikmatlarimla yozu 
qish” degan misralar mavjud. U o‘z she’rlarini Ahmad Yassaviy va izdoshlari 
singari «Hikmat» deb atamoqda, doimo hikmat aytish bilan mashg‘ul bo‘lganini 
ta’kidlamoqda. 
Hikmatning janr xususiyatlaridan biri xalqona uslubda ifoda 
etilganidir. Ahmad Yassaviy o‘z hikmatlari orqali o‘zbek mumtoz adabiyotining
turkona uslubiga asos soldi. Turkonalik, ya’ni xalqonalik ma’rifat adabiyotining 
asosiy ijod uslubiga aylandi. Boborahim Mashrab, So‘fi Olloyor, Xo‘janazar 
Huvaydo, Ziyovuddin Xaziniy singari ijodkorlar she’riyatidagi xalqona uslub shu 
an’ana asosida vujudga kelgan. Ahmad Yassaviy she’riyatidagi ma’rifiy 
adabiyotning eng asosiy xususiyati – keng ommaga moslab yozilganligida. 
Hikmatlarda xalq she’riyati vazni va ohangining asos qilib olinishi, turkiy 


203 
so‘zlardan samarali foydalanish, xalq jonli tilida mavjud nutq birliklari, maqol va 
iboralarni qo‘llash, oddiy xalq kundalik hayotida uchraydigan voqea-hodisalarni 
tashbeh, tamsil sifatida tanlanishi va boshqalar turkona uslubni yuzaga chiqargan 
asosiy omillardir. 
“Devoni hikmat”da tez-tez uchraydigan “do‘stlar”, “ey, yoronlar”, “Qul 
Xoja Ahmad aytdi buni”, “Qul Xoja Ahmad so‘zin eshit” singari o‘quvchi va 
tinglovchiga qaratilgan xitoblar Ahmad Yassaviy hikmatlarida ijodiy usul 
darajasiga ko‘tarilgan. Yunus Emro she’riyatida ham Yassaviyga xos xitob 
san’atidan ta’sirlanish hodisasini ko‘ramiz: “Yunus Emro aytur buni”, “Eshiting, 
ey yoronlar”, “... xabarin aytdim, eshit”, “sharx ila aytdim, eshit” va h.k.
Ahmad Yassaviyga izdoshlik an’anasini ko‘rsatib turuvchi mezonlardan biri 
hikmatnavis shoirlar tomonidan yozilgan payrav hikmatlardir.
Yassaviy izdoshlaridan Qul Sulaymonning «Eshitgulik do‘stlar duo qilmish 
kerak», Ubaydiyning “ichinda”, «menga sen o‘q keraksan», «Ko‘ch ayladik, ey 
rafiq», «Haq ishqining telbasi», Miskiniyning “So‘finaqsh bo‘lding vale hargiz 
musulmon bo‘lmading”, Xudoydodning «Yo ilohim nechuk seni tobg‘oy mano», 
va boshqa hikmatnavislarning o‘nlab hikmatlari «Devoni hikmat»dagi she’rlar 
bilan bir xil vazn va shakl, mavzu va g‘oyada ifoda etilgan. 
Ahmad Yassaviyning “ichinda” radifli hikmati: 
Xoliqimni istaram tun kun jahon ichinda
To‘rt yonimdin yo‘landum kavnu makon ichinda. 
To‘rtdan yettiga yetdum to‘qqizni bir yer etdim, 
Ikkidan o‘nga yetdum charxi kayvon ichinda. 
Yunus Emro “Devon”ida “Devoni hikmat”dagi ayrim she’rlarga payrav 
bog‘lagani Yassaviy an’analarini davom ettirganini isbotlaydi: 
Jon bo‘lgil jon ichinda, qolma gumon ichinda, 
Istaganing topasan, yaqin zamon ichinda. 
Ruku, sajdada qolma, amalingga ishonma, 
Ilmu amal g‘arq bo‘lur, nozu niyoz ichinda. 
Yunus Emro o‘z ijodiy uslubi va qalamiga ega buyuk mutasavvif shoir 
bo‘lib yetishganiga qaramay, o‘z ijodida “Devoni hikmat” an’analarini davom 
ettirdi. Bu hodisaga izdoshlik an’anasining odobi sifatida qarash kerak. 
O‘zbek yassaviyshunos olimi professor Abdurauf Fitrat ham o‘z tadqiqotida 
Xoja Ahmad Yassaviy shaxsiyatining beqiyos ta’sirini e’tirof etadi : «Turk 
dunyosida o‘tkan shoirlar, adiblar, so‘filar orasida Yassaviy qadar o‘z ta’sirini 
kengaytkan bir kishini uchratib bo‘lmaydi. O‘rta Osiyoning shayxlari, eshonlari 
Yassaviyni o‘ziga pir, ustoz deb taniydirlar [4, 18-38] . 
Yassaviylik adabiyotining vujudga kelish omillaridan biri turkigo‘y so‘fiy 
shoirlarning “Devoni hikmat”dan ilhomlanib ijod qilishlari, ya’ni adabiy ta’sir 


204 
masalasidir. O‘zbek yassaviyshunosligida birinchi bo‘lib professor Abdurahmon 
Sa’diy bu masalaga e’tiborni qaratib, 1922 yili «Inqilob» jurnalining 2-sonidagi 
«Yassaviy kim edi?» maqolasida bu hodisani «Yassaviy adab maktabi» deb ataydi.
Yassaviydan so‘ng uning usulida hikmat aytadigan, yozadigan adabiy maktab 
vujudga kelganligini ta’kidlaydi [4, 10-17]. Olim maqolada Ahmad Yassaviyni 
umumturkiy xalqlar shoiri ekanligi, uning adabiy maktabi turkiy millatlarning 
madaniyati, tili va o‘zligini saqlab qolishda muhim rol o‘ynaganini ta’kidlaydi. 
Alisher Navoiy eski o‘zbek adabiy tiliga asos solgan bo‘lsa, Ahmad Yassaviy va 
uning izdoshi Sulaymon Boqirg‘oniy tatar adabiy tili, tatar adabiyotining 
shakllanishiga katta turtki bo‘lganini yozadi.
Darhaqiqat, Tatar xalqi va adabiyoti tarixida ham Ahmad Yassaviy va uning 
xalifasi Sulaymon Boqirg‘oniy alohida o‘rin tutadi. Tatar yozma adabiyotining 
rivoji, aniqrog‘i Qul Ali (XIII asr), Qul Sharif (XVI asr), Mavloquli (XVIII asr) 
singari tatar xalq shoirlari ijodida hikmatlarning ta’siri ochiq sezilib turadi. XIX 
asrning ikkinchi yarmida Qozonda nashriyot va kutubxonalar ochilgach, Yassaviy 
va Boqirg‘oniyning asarlari bir necha bor ko‘p nusxalarda bosilgan, XX asr 
boshlarigacha maktab va madrasalarda o‘qitilgan.
XVI asr tatar adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri Qul Sharifdir. U o‘z 
davrining taniqli shoiri, madaniyat va din arbobi bo‘lishi bilan birga Qozon 
xonligining elchisi bo‘lib xizmat qilgan edi. Shuningdek, Qozon xonligining shayx 
ul-islomi va sayyidlaridan bo‘lib, Qozon va Moskva o‘rtasida bo‘lgan diplomatik 
munosabatlarda ishtirok etdi. 1552 yilning 2 oktyabrida ruslar tomonidan bosib 
olingan Qozonni mudofaa qilishda qatnashib, o‘z vatani ozodligi yo‘lida jonini 
fido qildi. 
1896 yil Qozonda bosilgan “Boqirg‘on kitobi”, “Devoni hikmat”ning 
qo‘lyozma nusxalarida Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy va boshqa 
hikmatnavis shoirlar she’rlari bilan birga Qul SHarifning hikmatlari ham joy olgan. 
Bu hikmatlar mavzu va g‘oya, vazn va shakl, uslub va ohang jihatidan “Devoni 
hikmat” ruhida yozilgan.
«Devoni hikmat»dagi daryo, dengiz, g‘avvos, dur, gavhar singari so‘z, ibora 
va obrazlar munosabati asosida oriflik va oshiqlik haqidagi fikrlar bayoni 
Yassaviyga xos uslublardan biridir: 
Ishq gavhari tubsiz daryo ichra pinhon, 
Jondin kechmay ul gavharni olg‘oni yo‘q. 
Yoki 
Gavhar olur g‘avvos agar jondin kechsa, 
Shaydo bo‘lur shavq sharobin har kim ichsa. 
Qul Sharif ijodida o‘ziga xoslik emas, balki «Devoni hikmat» uslubi va
an’anasi ko‘proq namoyon bo‘lgan. Ma’rifatning daryo, dengiz, ummonga 


205 
qiyoslanishi, uning poyonsiz ekanligiga ishoradir. Daryoga cho‘mgan 
g‘avvosning dur- gavharlarni terishi zokirning ilohiy fayz, irfon ilmidan nasiba 
olishi demakdir. Bunda Qul Sharifning she’r qahramoni ham Yassaviy 
hikmatlari qahramonidek zikr bahriga «g‘avvos» bo‘lib “cho‘madi”,”botadi”, 
ma’rifat «dur»larini teradi: 
“Hu” bahriga cho‘marlar, g‘avvos bo‘lib botarlar, 
“Hu” durlarin terarlar, g‘ofil yurma “hu” tegil [5, 15]. 
Yuqoridagi misralarda istiora (dur, g‘avvos), tanosub (bahr, g‘avvos, dur) 
singari badiiy san’atlar qo‘llangan. 
XVI asr tatar adabiyotining taniqli namoyandasi bo‘lgan Qul SHarif 
yassaviylik adabiyotining yorqin vakillaridan biri edi. Tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatadiki, XVIII-XIX asrdagi tatar tasavvufiy she’riyati ham bevosita Yassaviy 
va Boqirg‘oniy adabiy maktabidan ilhomlangan. Bu davrning ilg‘or adiblaridan 
Abdurrahim Utiz Imaniy al-Bulg‘oriy (1756-1834) va Tojiddin Yolchigo‘lning 
(1768-1838) ijodlari ham bevosita yassaviya adabiy maktabi bilan bog‘liqdir [6, 
32]. 
XVIII-XIX asr turkman mumtoz adabiyotı vakillari Maxtumquli, Shaydoiy, 
G‘oyibiy she’riyatida Xoja Ahmad Yassaviy shaxsi va “Devoni hikmat”ning 
ta’siri seziladi. Bu shoirlar ijodining shakllanishida turkman xalq og‘zaki ijodi, 
xalq dostonlari qatorida hikmatlar ham asosiy omillardan biri hisoblanadi. 
Maxtumquli she’rlarining birida Xoja Ahmad Yassaviyni hurmat bilan tilga 
oladi va “Qudrat nurining tajalliysi” deya unga yuksak baho beradi: 
Qildi unga Haq rahmat, 
Nuri tajalliy qudrat, 
Xirqa kiygan Xoja Ahmad, 
Sayramdadir, Sayramda [7]. 
XVIII asrning oxirlarida yuzaga kelgan, asosan, XIX-XX asrlarda yashagan 
“zamonchi” yoki “qazalchil” deb atalgan qirg‘iz baxshilari ham Xoja Ahmad 
Yassaviy an’analarini davom ettirishga harakat qilganlar. Ularning ijro etgan 
asarlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari, uning xalifasi va izdoshi 
Sulaymon Hakim otaning “Oxirzamon kitobi” asari orasida o‘xshashliklar mavjud 
[8, 287]. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Xoja Ahmad Yassaviyning “Devoni 
hikmat” asari yetti-sakkiz asr davomida xalqimizning ma’naviy-ruhiy ehtiyoji 
uchun xizmat qildi. Uning ta’sirida hikmatnavislik an’anasi bilan boshlangan 
yassaviylik adabiyoti paydo bo‘ldi va birinchi navbatda turkiy xalqlar 
yashaydigan hududlarga yoyildi. Bu an’ana ta’sirida turkiy xalqlar adabiyoti, 
jumladan, tatar adabiy tili va adabiyoti, turk xalq adabiyoti shakllandi. Jahon 


206 
adabiyoti tarixiga nazar tashlasak, jahon adabiyotida hech bir asar adabiy ta’sir 
masalasida “Devoni hikmat” bilan tenglasha olmaydi. 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin