Tili, adabiyoti va folklori instituti, alisher navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, urganch davlat universiteti



Yüklə 7,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/431
tarix15.09.2023
ölçüsü7,91 Mb.
#143696
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   431
Anjuman Boku (6)

So‘z ilohiy fayz xazinasidir, qancha ishlatilmasin, hech bir zamon va hech 
bir vaqt tugamas. Zero u podshohlarning xazinasi kabi emasdirki, bir marta olmoq 
bilan ozaysa[1,90]. 
“Haqiqat shuki, har turli nuqsonlardan pok (munazzah) bo‘lmish Ollohga 
hamd bo‘lsinki,- deya hamdni davom ettiradi Fuzuliy, - uning uchun yozilajak 
qasidaning shohbaytiga qofiya bo‘ladigan shunday bir sultonning madhiga loyiq 
moʻjizaviy barmog‘ining harakat qalami osmon sahifasidagi oyni ikkiga bo‘lib, 
moʻjizalar zanjiri nazm matlasining ikki misrasini keltiradi. She’r: 


197 
U shunday bir shohdirki, quyosh eshigida yuzini yerlarga surmish, oy esa 
uning go‘zal yuzi ishqi aks etadigan maqomda zavq bilan o‘zining ko‘ksini 
yoradi[1,90].
Fuzuliy debochadagi Ollohga hamdu sanoni mana shunday yakunlaydi. Bu 
hamdning boshqa har qanday shoirning, hatto, Navoiyning debochalaridagidan 
ham farq qiladigan o‘ziga xos ko‘rinishidir. Uning Navoiy hamdi uslubidan asosiy 
farqi shundaki, Navoiyda olimona mutafakkirlik uslubi ustuvor bo‘lsa, Fuzuliy 
hamdi uslubida shoirlik ustuvor. Shundan so‘ng Fuzuliy Payg‘ambar madhiga 
o‘tadi. 
Shoir nazdida, 
“Ollohga hamdu sano manzumasining davomi sifatida 
shunday bir podshoh uchun aytiladigan salovot va salomlar munosibdirki, u 
podshohning rasul (payg‘ambar)ligiga tasdiq imonning aslidandir. Va xuddi 
she’rning ikkinchi misrasini birinchi misrasisiz tasavvur qilib bo‘lmagani 
(tugallovchi misra sifatida o‘zaro bog‘liq bo‘lgani) kabi, Rasululloh (s.a.v.) 
tavhidni tasdiqlovchi bo‘lib kelgandir. She’r: 
Oxirigacha mavjudsan, tavhid (birlik) yolg‘iz sening boshingga 
(gardaningga) tushmishdir, chunki imon fazilatining barqaror bo‘lishi 
payg‘ambarligingning tasdiqlanishi bilan bog‘liqdir” [1,91] . 
Ollohning hamdi va Payg‘ambarning na’tidan keyin Fuzuliy bevosita o‘z 
hasbi holi tasviriga o‘tadi. O‘zining o‘sib-ulg‘ayishi, ilmu hunar o‘rganishi, 
she’riyatning sehrli dunyosiga kirib kelishi sabablarini bayon etadi. 
“Ishlari 
nihoyasiga yetmay qolgan faqirul haqir banda, - deya xokisorlik bilan davom etadi 
u, - o‘z hasbi holini bayon etmakni istab arz etadiki, u bolalik paytlaridan dunyoda 
bo‘layotgan hodisalarga ibrat ko‘zi bilan qaragan. Unda hunar o‘rganishga 
ishtiyoq uyg‘onib, ko‘p hunarlarni o‘ziga asir etgan. Ilmu hunarga ishqu ishtiyoq 
asosida goh-gohida uning yaratilishida, ya’ni fitratida yashirin bo‘lgan dilni 
o‘rtovchi ehtiros va shiddatli orzu uning iste’dodi ro‘parasida she’r sevgisi, ya’ni 
nazmga bo‘lgan muhabbat eshiklarini ochgan. Ammo ilmu urfon qozonmoq 
orzusida g‘ayrat va himmat ko‘rsatish – ulug‘ bir dovonni bosib o‘tish bilan 
barobar edi.” [1,91] . 
“Bu go‘zal ish, ya’ni she’r yozish garchi jozib (o‘ziga tortuvchi) bo‘lsa ham, 
- deya davom etadi shoir, - ammo yuksak ilmlar qo‘lda osonlikcha bajarilsa, uning 
haqiqiy ish – amalligi yo‘qoladi. So‘zdan uzoq bo‘lish muddati oxiriga yetganida, 
bir kuni she’r ruhan shoir bir nasihati kabi, yolg‘izlik saroyimdagi odam (ya’ni 
shoirning ichki “men”i) huzurimga keldi va dedi. She’r: O‘zingning vujuding bilan 
maqtanma, zero yuksaklik xususidagi talab seni pastlatar, kamolot darajasini 
istash yo‘lida g‘ayratingni o‘ksuk tutma, bo‘lmasa aldanib qolasan. Bilgilki, she’r 
ayta olmoq (shoirlik) – avvalo, boshdan-oyoq bir ilmdirki, u kamolot 
bosqichlaridagi bir bo‘limdir. Buni inkor etganlar uning (she’rning) zavqiga 


198 

Yüklə 7,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin