305
ko’rursan.
Ayitti:
ne
qadar
sevdung
san
oni?
Ayitti: so’zga sig’maz hech
bayoni.
Ayitti: ko’rdungmi (ul)
kuntek
jamolin?
Ayittikim: bali, ko’rdum
xayolin.
Ayitti:
mihridin
bo’lg’aymusan
pok?
Ayittikim: magar bo’lsam
o’lub xok.
Ayitti: gar yo’luqsang
ko’rsa
seni?
Ayitti:
ko’zga
surgim
tuproqini.
Ayitti: gar ko’zungni
xasta
qilsa?
Ayitti: roziman tek ko’zga
ilsa.
Ayitti:
gar azin er
sunsa
ilkin?
Ayitti: tilgaman tosh birla
boshin.
Dedi:”Kuymay
kishi
topmas nishona”.
Dedikim:”Kuymagingni
ayla ma’lum!”
Dedi:”Andin erur joh ahli
mahrum”.
Dedikim:”Qay
chog’din
o’ldung ishq aro mast?”
Dedi:”Ruh
ermas
erdi
tang’a payvast”.
Dedi:”Bu ishqdin inkor
qilg’il!”
Dedi:”Bu so’zdin istig’for
qilg’il!”
Dedi:”Oshiqqa ne ish ko’p
qilur zo’r?”
Dedi:”Furqat
kuni ishqi
balosho’r”.
Dedi:”Ishq ahlining nedur
hayoti?”
Dedi:”Vasl ichra jonon
iltifoti”.
Dedikim:”Dilbaringning de
sifotin!”
Dedi:”Til
g’ayratidin
tutmon otin!”
Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki,
Alisher Navoiy ijodida,
xususan “Xamsa” dostonlarida an’anaviylik va ustoz-shogird munosabatlari aks
etgan o’rinlari talaygina. Bu o’rinlar mumtoz adabiyot namunalarini betakror
o’lmas merosga aylantirgani shubhasiz. Xususan, ayrim hikoyatlar misolida ham
buni ko’ramiz. Nizomiyning “Maxzan ul-asror” dostonida “G’isht
quyuvchi chol
hikoyati” bor. SHom viloyatida yashovchi bir keksa kishi g’isht quyish bilan kun
kechirar ekan. Bir yosh yigit unga o’z ishini yoshlarga topshirib, keksalar safiga
kirishni maslahat beribdi. SHunda chol birovlardan yordam kutgandan ko’ra, o’zi
mehnat qilib topganini afzal bilishini aytadi. Bundan yigitning ham ko’zlariga yosh
306
keladi. “Hayrat ul-abror” dostonida esa mashhur “Hotami Toy hikoyati” bor.
Uning qahramoni ham birovning himmatidan o’zining beminnat ishlab topganini
afzal deb hisoblaydi. Halol mehnat bilan kun kechiruvchi
timsollarning nutqida
ham bir-biriga o’xshashlikni ko’ramiz. Masalan, Nizomiyning timsoli
O’zga himmatiga cho’zmayin qo’lim,
Qo’l kuchidan rizqim topmog’lik yo’lim.
O’z rizqim mehnati kelmas hech malol,
Faqat mehnat ila topgan non halol[6, 119],
deya e’tiroz bildirsa, Alisher Navoiyning qahramoni Hotami Toyga
noroziligini shunday bildiradi:
Sen dog’i chekkil bu tikan mehnatin,
Tortmag’il Hotami Toy minnatin.
Bir diram olmoq chekibon dast ranj,
YAxshiroq andinki birov bersa ganj[2, 153].
Nizomiy va Navoiyning ko’pchiligimiz uchun yod bo’lib
ketgan hikmatli
so’zlarida ham ko’plab uyg’unlikni ko’rishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: