306
keladi. “Hayrat ul-abror” dostonida esa mashhur “Hotami Toy hikoyati” bor.
Uning qahramoni ham birovning himmatidan o’zining beminnat ishlab topganini
afzal deb hisoblaydi. Halol mehnat bilan kun kechiruvchi timsollarning nutqida
ham bir-biriga o’xshashlikni ko’ramiz. Masalan, Nizomiyning timsoli
O’zga himmatiga cho’zmayin qo’lim,
Qo’l kuchidan rizqim topmog’lik yo’lim.
O’z rizqim mehnati kelmas hech malol,
Faqat mehnat ila topgan non halol[6, 119],
deya e’tiroz bildirsa, Alisher Navoiyning qahramoni Hotami Toyga
noroziligini shunday bildiradi:
Sen dog’i chekkil bu tikan mehnatin,
Tortmag’il Hotami Toy minnatin.
Bir diram olmoq chekibon dast ranj,
YAxshiroq andinki birov bersa ganj[2, 153].
Nizomiy va Navoiyning ko’pchiligimiz uchun yod bo’lib ketgan hikmatli
so’zlarida ham ko’plab uyg’unlikni ko’rishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: