(O‘zbekiston)
Annotasiya:
Maqolada Muqimiyning Fuzuliy g‘azaliga muxammasi tahlil
etilgan. Adabiy ta’sir va ijodiy o‘ziga xoslik qirralari aniqlangan va badiiy mahorat
masalalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
g‘azal, muxammas, mahorat, an’ana, badiiy san’atlar, vazn,
bayt.
Aннотация:
В статье анализируется интерпретация Мукими газели
Физули. Определены аспекты литературного влияния и творческого
своеобразия, освещены вопросы художественного мастерства.
Ключевые
слова:
газель,
мухаммас,
мастерство,
традиция,
изобразительное искусство, вес, стих
.
Annotation:
The article analyzes Mukimi's interpretation of Fuzuli's ghazal.
Aspects of literary influence and creative originality are defined, and issues of
artistic skill are highlighted.
Keywords:
ghazal, muhammas, skill, tradition, fine arts, weight, verse.
Alisher Navoiydan keyin o‘zbek mumtoz adabiyoti vakillariga munosib ta’sir
ko‘rsata olgan ijodkorlardan biri Muhammad Sulaymon o‘g‘li Fuzuliydir. Fuzuliy
ijodi turkiy xalqlar adabiyoti taraqqiyotiga g‘oyat katta ta’sir ko‘rsatgan. O‘zbek
909
she’riyatida undan ilhom olmagan biror shoirni topish qiyin. Uning nomi Navoiy
nomi bilan hamisha yonma-yon kelgan. Fuzuliy devoni asrlar osha Navoiyniki
bilan bir qatorda maktab-madrasalarda o‘qitib kelingan. “Fuzuliyning otashin
she’riyati kirib bormagan xonadon yo‘q. Sharq xalqlari orasida asrlar davomida
qissaxonlik, hofizxonlik, navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, bedilxonlik mashhur
bo‘lgan”. [1.14]
Fuzuliy adabiy merosining o‘zbek adabiyotiga ta’sirini adabiyotshunos
T.Jalolov shunday izohlaydi.
Birinchisi—Fuzuliy tilining o‘zbek tiliga yaqinligi;
Ikkinchisi—Fuzuliyning xushlafz shirin zabonligi;
Uchinchisi—Fuzuliy asarlarining badiiy barkamolligi. [2.8]
XVIII-XIX asrlar davomida Qo‘qon adabiy muhiti, Xorazm adabiy muhitida
ijod qilgan bir qator ijodkorlar Fuzuliydan ilhomlangan, tatabbular, taxmislar,
ozarbayjoncha talaffuzdagi so‘z va iboralardan foydalanib g‘azallar bitgan.
Masalan, Qo‘qon adabiy muhitida ijod qilgan ijodkorlar shoh va shoir Umarxon
Amiriy, Nodirabegim, Uvaysiy, Gulxaniy, Shavqiy, G‘oziy, Hijlat, Muhammad
Ali (Xon), Muqimiy, Furqatlar ijodi misolida aytish mumkin.
Muqimiy ham ozarbayjon xalqining mashhur shoiri Fuzuliy ijodiga chuqur
hurmat bilan qaragan, uning qator g‘azallariga o‘xshatma tariqasida g‘azallar
yozgan. G‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. Muqimiy Fuzuliyning “Manga
bodi sabo ul sarv gulruxdin xabar vermaz”, “Bulbuli dil gulshani ruxsoring aylar
orzu”, “Garchi ey dil, yor ychun yuz verdi yuz mehnat sango”, “Aql yor o‘lsaydi,
tarki ishqi yor etmazmidim” misralari bilan boshlanuvchi to‘rt g‘azaliga
muxammas bog‘lagan. Nazariy jihatdan muxammasga berilgan ta’riflarga
to‘xtalganda, adabiyotshunos Y.Is’hoqovning muxammasga bergan ta’rifini aytish
o‘rinlidir. “Muxammasning har bir bandi besh misradan iborat. Birinchi bandining
misralari to‘liq qofiyalanadi, keying bandning oxirgi misralari dastlabki bandga
qofiyadosh bo‘ladi. Muxammas yozilish usuliga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega:
mustaqil muxammas, taxmis ya’ni, g‘azal baytlariga uch misradan qo‘shish yo‘li
bilan paydo bo‘ladigan muxammas. Taxmis bog‘lash shunchaki shaklbozlik emas,
balki mahorat sinovidir. …muayyan g‘azalni tanlashda shoirning dunyoqarashi,
sinfiy va estetik nuqtai nazari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Taxmis usuli har bir shoir
uchun mahorat sinovi, ilhomlantiruvchi kuch yoki biror muhim fikrni ro‘yabga
chiqarish vositasi bo‘lishi mumkin.” [2.127].
Muqimiyning Fuzuliy g‘azallariga bog‘lagan muxammaslarida uning
Fuzuliyga bir ustoz sifatida qaraganligi seziladi. Muqimiy muxammas bog‘lash
uchun g‘azal tanlaganda Fuzuliyning chuqur ijtimoiy mazmunli g‘azallarini oladi.
Fuzuliyning:
Manga bodi sabo ul sarv gulruxdin xabar vermaz,
910
Ochilmas g‘unchai baxtim, umidim naxli bar vermaz. [3.102]
matla’si bilan boshlanuvchi mashhur g‘azaliga Muqimiy taxmis bog‘lagan.
G‘azal vazni aruzning hazaji musammani solim bahrida yozilgan. (mafoiylun/
mafoiylum/mafoiylun/mafoiylun). G‘azalda chuqur falsafiy ma’nolar, hayot
haqiqatlarining shoirona ifodalari bayon etilgan. Muqimiy ham bu ma’nolarni
ijodiy rivojlantirgan.
Muqimiy Fuzuliyning ilk baytidagi tasvirni kengaytiradi, ya’ni shikoyat
mazmuni bilan boshlanuvchi “Mayin shabboda ul tik qomadli gulruxdan xabar
bermaydi. Baxtim ochilmaydi, umidim daraxti o‘smaydi” degan mazmundagi lirik
qahramon kayfiyatini to‘laroq va kengroq ochadi:
Duo bir umr qilsam ijobatdin xabar vermaz,
Qayon g‘am lashkari birla qadam qo‘ysam zafar vermaz,
Maoshim zahar agarchi talx komim nay shakar vermaz,
Manga bodi sabo ul sarv gulruxdin xabar vermaz,
Ochilmas g‘unchai baxtim, umidim naxli bar vermaz.[4.173]
Muqimiy ham baxti ochilmasligi, umid daraxti o‘smasligini yanada aniqroq,
bo‘rtdirib, duo qilsam ham ijobat bo‘lmaydi. Nima qilsam ham g‘alabaga
erishmayman deb lirik qahramon kayfiyatini ochib beradi.
Fuzuliy g‘azalining ikkinchi baytida “Sensiz ko‘z yosh to‘kib halok bo‘lishni
istayabman, lekin ko‘z yoshim seli girdob bo‘lib, ajalning o‘qini o‘tkazishga yo‘l
bermayabdi”, deya juda kuchli mubolag‘a qiladi. Muqimiy ham mana shunday
mubolag‘ali fikrni ijodiy va juda go‘zal tarzda muxammasning ikkinchi bandida
davom ettiradi.
Nigoro, nolishimdin besukundur gunbazi miyno,
Havodisdin yetar boshimg‘a yuz bing kulfatu savdo,
Tarahhum etmading hijron yukidin, garchi, qaddim yo,
To‘kib ko‘z yoshimi sansiz halokim istaram ammo,
Ajal paykina seli ashk girdobi guzar vermaz. [4.173]
Yorga murojaat qilib, “Nigorim mening nolishimdan gunbazning shishasi
mudom harakatda. Bu voqealardan boshimga yuz ming kulfat keladi. Rahm
qilmading hijron yukidin qaddim egildi”—deb oshiq holati ochib beriladi.
Fuzuliy g‘azalida ilgari surilgan fikrlar Muqimiy muxammasining keyingi
bandlarida yanada kengaytirilgan, natijada muxammasdagi har besh misra
mazmun jihatidan bir-biriga uzviy bog‘langan, go‘yo bu muxammasdan biron-bir
misra olib tashlansa, to‘liq bo‘lmay qolayotganday taassurot paydo bo‘ladi.
Hazar qil, ochma barge, g‘uncha, gulshan e’tiborindan,
Bukun xandon o‘lib andisha qilmazsan xazonindan,
Fuzun virdi sarikim, mast erur davlat sharobindan,
Qiyos et sham’dan, vahm ayla charxing inqilobindan,
911
Kim ul bosh olmog‘a qasd etmayincha toji zar vermaz. [4.173]
Muxammasning bu bandida an’anaviy g‘uncha, gulshan, charx, sham kabi
motiv obrazlarga murojaat qilingan. Va ijodkorning g’oyaviy-badiiy
xususiyatlarini ochishga harakat qilgan. Gulshan e’tiboriga ega bo’lay deb
ochilma, ochilib keyin xazonga aylanma. Shamdan qiyos et, ya’ni sham yonib
tugagungacha atrofni yoritadi. U bekorga erib tugamiydi. U foydali ish bilan halok
bo‘ladi. G‘uncha ochiladi so‘ng xazonga aylanadi. Bu bandda ilgari surilgan g’oya
keyingi bandda yanada ravshanlashadi.
Amiri husnsan juz ma’dalat qonunni soz etma,
Har ablaxni hariming‘a berib yo‘l shahri roz etma,
Qolib biz benavolar, g‘ayr ahlin sarafroz etma,
Ko‘zimda maskan et, xori mujamdan e’tiroz etma,
Guli xandona so‘rdim, xora yor o‘lmoq zarar vermaz. [4.173]
Husn amirasan o‘zga adolat qonunini soz etma. Har niyati yomonni yoninga
kelishiga yo‘l berib qo‘yib, keyin arz etma. Biz benavolar qolib g‘ayr ahlini
baxtiyor etma. Ko‘zimda maskan et, meni xor jismimdan o‘zingni olib qochma,
ochilgan guldan so‘radim, yor uchun xor bo‘lib o‘lmoqlik zarar bermaydi, dedi.
Yetti banddan tashkil topgan taxmis muxammasda g‘oyaviy niyat shuki, bu
dunyoning o‘tkinchiligi, o‘tib ketadigan hoyi-havaslarga berilib vaqtni
o‘tkazdirmaslik kerakligi aytib o‘tiladi. Aks holda g‘unchaning holiga tushib
qolish mumkin. Gulshanning e’tiborini o‘ziga tortish uchun g‘uncha ochiladi,
so‘ng xazonga aylanadi. Shamdan esa qiyos qilish kerakligi, ya’ni sham yonib
tamom bo‘lgunicha atrofga yorug‘lik tarqatadi. Yonib tugagani sari
ravshanlashadi. Inson bu olam bog‘ida g‘am birlan o‘tsa ham shukr qilishi
kerakligi aytiladi.
Fuzuliy g‘azali zohiran dunyoviy muhabbat tarannumiga bag‘ishlanganday
ko‘rinsa-da, botinan xarobot ahli bo‘lgan chin oshiqning ahvoli va uning
Yaratganga bo‘lgan mehri, bandalik majburiyatlarining sharhi sifatida namoyon
bo‘ladi. Muqimiy tomonidan kiritilgan misralar lirik qahramonning ana shu ruhiy
holati, komillik yo‘lidagi riyozatlarini yanada kengroq va to‘laroq ochadi.
“Bulbuli dil gulshani ruxsoring aylar orzu”, “Garchi ey dil, yor ychun yuz verdi
yuz mehnat sango”, “Aql yor o‘lsaydi, tarki ishqi yor etmazmidim” misralari bilan
boshlanuvchi g‘azallariga bog‘lagan muxammaslarda bularning isbotini
ko‘rishimiz mumkin. Fuzuliy she’rlaridagi to‘lqinlanuvchi kuch, o‘ynoqilik,
chuqur mazmun va dard o‘tining harorati Muqimiy she’rlarida ham o‘z izini
qoldirgan.
Muqimiy
o‘z
she’rlarining
mazmuni
bilan
ham,
dunyoga, atrofidagi muhitga munosabatini ko‘rsatishda ham, shuningdek badiiy
so‘z tizmalarini tuzish va hatto ayrim so‘z va ifodalarni ishlatishda ham
Fuzuliy yo‘li va uslubini qo‘llagan, Fuzuliyvor tarannum etishga uringan. Bu hol
912
Muqimiyning Fuzuliy g‘azallari ta’sirida yozgan g‘azallarida ham ayniqsa
ochiq ko‘rinib turadi.
Dostları ilə paylaş: |