186
Shu o‘rinda adabiyotshunos olim B.To‘xliyevning quyidagi fikrlarni keltirish
o‘rinli. “…Asarda bahor tavsifiga bag‘ishlangan qism mavjud. Qo‘qon
adabiy
muhitida ham bahor tavsifi bilan mashg‘ul bo‘lgan ijodkorlar kam emas”. “Yusuf
Xos Hojib hamda bu ikki ijodkor (Muqimiy va Furqat ta’kid bizniki) o‘rtasidagi
ayirma makon nuqtai nazaridan ham, zamon nuqtai
nazaridan ham juda katta
oraliqni tashkil etadi.Shunga qaramasdan ular orasida ko‘plab mushtarak jihatlar
ham mavjud” [1.2022, 163-b]. Adabiyotshunos olimning
qarashlarini Yusuf Xos
Hojibdan keyin ancha muddat uzoqlikda yashab ijod qilgan shoir Qo‘qon adabiy
muhitining sermahsul ijodkorlaridan biri Zavqiy ijodiga ham talluqli, deb bilamiz.
Darhaqiqat, shoir yoki yozuvchi ijodidagi mushtaraklik haqida so‘z borganda
makon va zamonning ahamiyati yo‘q. Ijodkorning o‘ziga xosligi uning so‘z
qo‘llash mahorati, badiiy tasvir vositalaridan qay darajada foydalanganligini tahlil
qilish orqali belgilanishini nazarda tutsak bu fikrlar nechog‘lik to‘g‘ri
ekanligiga
ishonch hosil qilamiz. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni tarkibidagi
to‘rtliklarida ifodalangan so‘zlash, sir saqlsh bilan bog‘liq pand-u nasihatlarni
Zavqiyning “Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi, asrori nihon bo‘ldi”
misralari bilan
boshlanuvchi g‘azalida ham etakchi mavzu sifatida qalamga olingan. G‘azal matni
quyidagicha:
Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi, asrori nihon bo‘ldi,
Kimiki so‘zladi ko‘p, bilki rasvoyi jahon bo‘ldi.
Nazokat orturay desang, misoli g‘uncha xomush bo‘l,
Nadinkim og‘zini to ochdi gul, bargi xazon bo‘ldi.
Chamanda arg‘uvondek surat oro bo‘lmag‘ing xub yo‘q,
Pisharda mevasiz sharmandadur, sirri ayon bo‘ldi.
Dema mashhur bo‘lmoq yaxshi, bug‘doy donasi pinhon,
Daraxti qildi javlon, sarg‘ayib oxir samon bo‘ldi.
Birodar, ol meni(ng) pandimni, o‘z
qadringni sindirma,
Kishi o‘z izzatini bilmadi, oxir yomon bo‘ldi.
Agar izzat talabsan kamnamolig‘ orzusin qil,
Qayu ajnos bisyor o‘lsa sudi yo‘q, ziyon bo‘ldi.
Sadaflar ko‘p og‘iz ochmak bilan ko‘ksi bo‘lur xoli,
Ki ba’zisi labin kam vo qilib durri yagon bo‘ldi.
Ey Zavqiy, xasta og‘zing kam ochib, ibrat ko‘zing ochg‘il
187
Ajabkim qo‘l yaqoda yurgudek turfa zamon bo‘ldi.
Mazkur g‘azal 8 baytli bo‘lib, mavzusiga ko‘ra
ijtimoiy-didaktik mavzuda
yozilgan, tuzilishiga ko‘ra esa yakpora g‘azallar sirasiga kiradi. Aruzning
Dostları ilə paylaş: