189
belgisi (day). Bu mumtoz she’rshunoslikda mushabbah, mushabbahi bihi, vajhi
shaboh, odoti tashbeh istilohlari bilan yuritilgan.
Zavqiy kihilarga qadr-qimmatini bilishi, har bir narsaning me’yori borligini
yodidan chiqarmasligini, agar me’yor buzilsa va muvozanat buzilsa, natijasi
halokatli bo‘lishini aytib, pand-u nasihat qilishni davom ettiradi. Agar izzat
tilamoqch bo‘lsang, kamnamolikni odat qil. Bozorda qaysi narsa ko‘payib ketsa,
uning qadri tushadi, undan keladigan foyda o‘rniga ziyon yetadi.Shoir bu haqida
shunday deydi:
Birodar, ol meni(ng) pandimni, o‘z qadringni sindirma,
Kishi uz izzatini bilmadi, oxir yomon bo‘ldi.
Agar izzat talabsan kamnamolig‘orzusin qil,
Qayu ajnos bisyor o‘lsa sudi yo‘q, ziyon bo‘ldi.
Keyingi misrada ayrim sadaflarning og‘zini ochgani uchun uning ko‘ksi
bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgani, ba’zilarini esa labini yopib olgani uchun qimmatbaho
durga aylangani tasviri orqali kishilarni kamgaplikka, so‘zning qadrini baland
tutishga odatlanishlarini uqtiradi. Foyda va ziyon, ko‘p va oz so‘zlaridan tazodni
yaratadi.
G‘azal maqtasida shoir o‘z xulosasini beradi. “O‘ziga murojaat qilib: og‘zingi
kamroq och, ko‘zingni kattaroq ochib hayotga ibrat ko‘zi bilan qaragin. Axir,
qo‘llaring bilan yoqangni ushlab yuradigan zamonlar bo‘ldi”, deb ta’kidlar ekan
xalqona iboralardan mohirona foydalanadi.Og‘zini ochmoq, qo‘li bilan yoqasini
ushlab yurmoq iboralari shoir fikrni yorqin ifodalanishiga xizmat qilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yosh avlodni ma’naviy yetuk, estetik
jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda Zavqiy ijodidan foydalanish eng maqbul
vosita bo‘la oladi. Shu bilan birga aytish mumkinki, Zavqiy she’rlaridagi didaktika
o‘z mazmun mohiyati bilan qadimgi turkiy adabiyotga bog‘lanadi, desak o‘rinli
bo‘ladi. Bu mavzu ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshishi uchun yangi bir mavzu
bo‘lishiga ishonamiz.
Dostları ilə paylaş: